Mavzu: Futbol sport turi boyicha togarak tashkil qilish Kirish Reja



Yüklə 149,33 Kb.
səhifə8/10
tarix28.11.2023
ölçüsü149,33 Kb.
#168543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
12 Futbol sport turi boyicha togarak tashkil qilish

Umumiy chidamlilikni tarbiyalash


Boshlang’ich ta’lim bosqichida umumiy chidamlilikni tarbiyalashga ko’proq e’tibor beriladi. Umumiy chidamlilikni tarbiyalash usullari turli sportchilar uchun umumiy bo’lib, ularni tanlash futbolchilarning ihtisoslashuvi, malakasi va individual hususiyatlariga bog’liq emas. 11-12 yoshli futbolchilar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlar umumiy chidamlilikni tarbiyalashning asosiy vositasi uzoq masofaga asta-sekin yugurishdir. Yugurish vaqti tumiz urish tezligi minutiga 140-150 marta bo’lgan holda asta-sekin 10 daqiqadan 30 daqiqagacha oshiriladi. Mashg’ulotning bu uslubi bir meyorli uslub deb ataladi. U bir qator afzalliklarga ega: birinchidan, organizmdagi barcha tizimlarning uyg’un va asta-sekin moyillik bilan ishlashiga qulay sharoit yaratadi; ikkinchidan, ortiqcha mashg’ulot qilish ehtimoli kamayadi. Bunda sportchining organizmi aerob rejimda ishlaydi.
Jiddiy mashg’ulot qilish bosqichida futbolchilarning umumiy chidamliligini tarbiyalash uchun trenirovkaning bir meyorli o’tkazuvchan uslubini qo’llash maqsadga muvofiqdir. Bu uslub yuklamaning sust yoki faol dam olish bilan almashinib turadigan bir necha “bolak”larga bo’linishi bilan harakterlanadi. Bu esa shug’ullanuvchilarning organizmiga ancha kuchli ta’sir etadigan jadal mashqlarni qo’llash imkonini beradi.
Bir meyorli o’zgaruvchan uslubda bajariladigan mashqlar futbolchilarda chidamlilik sifatini tarbiyalashga, tehnikani musobaqa sharoitiga yaqin bo’lgan sharoitlarda takomillashtirishga imkon beradi.bu uslub o’zining organizmga ta’sir etishiga ko’ra anaerob uslubdur.
Bir meyorli o’zgaruvchan uslub bo’yicha bajariladigan mashg’ulotni tegishli rejimda o’tkazish kerak. Masalan, 1000 m ga yugurishni bajarishda quyidagicha topshiriq beriladi: 200 m ga bir meyorda yugurish, 20-30 m shiddat bilan yugurish va hokazo.
Umumiy chidamlilikni tarbiyalash uchun trenirovkaning bir meyorli o’zgaruvchan uslubidan foydalanganda, bajariladigan ishning quyidagi asosiy haraktristikalarini hisobga olish zarur:

  1. Mashqlarni bajarish tezligi tahminan shunday bo’lishi kerakki, mashqni bajarish ohiriga tomir urushining tezligi minutiga 160-170 marta bo’lsin.

  2. Mashqlarning bajarilish davomiyligi 45-90 soniya oralig’ida belgilanadi.

  3. dam olish intervali 15 soniyadan 45 soniyagacha. Bunda pauzaning ohiriga kelib tomir urish tezligi daqiqasiga 120-140 gacha tushishi kerak.

  4. takrorlashlar soni shunday tanlanishi kerakki, barcha seriyalar nisbatan takror rejimda bajariladigan bo’lsin.

  5. mashg’ulotning har bir qismi o’rtasida passiv dam olinadi.


Yüklə 149,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin