Mavzu: Futbol sport turi boyicha togarak tashkil qilish Kirish Reja



Yüklə 149,33 Kb.
səhifə2/10
tarix28.11.2023
ölçüsü149,33 Kb.
#168543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
12 Futbol sport turi boyicha togarak tashkil qilish

Kuch va tezkorlikni chidamkorligi sportchilarni yosh sportchilarni juda extiyotkorlik bilan rivojlantirish zarurligi katta yuklamaga ega mashqlar bilan bu sifatlarni zo’rma-zo’raki o’stirishga intilish salbiy oqibatlarga olib kelish extimolidan xoli emasligi alohida ta'kidlab o’tilgan (A.R.Akromov, M.A.Godip, SH.T.Iseev, G.M.Sergeev, R.I.Nurimova, S.A.Savin va boshqalar).
Maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish masalalari ko’pgina tadqiqotchilar shularida va ilmiy adabiyotlarda o’z ifodasini topgan (Z.G.Gapparov, D.Jarnin, V.I.Samakov, G.M.Sergeev va boshqalar).
Ta'kidlash lozimki Jismoniy tarbiya va sportning ilmiy va ijtimoiy pedagogik xususiyatlari hamda uning tarbiyaviy mohiyatlarini yurtimiz olimlari tomonidan ijobiy ravishda mukammal asoslab bergan.
I-bob. Futbol sport turi boyicha togarak tashkil qilish.

  1. Tayyorgarlikni tashkiliy shakllari.

Futbolchilarni o’rgatish va takomillashtirishning asosiy shakli mashg’ulot hisoblanadi.
Futbol - jamoaviy o’yin, shuning uchun o’quv mashg’ulotlari asosan jamoaviydir.
Mashg'ulotga qo 'yiladigan talablar:

  • mashg’ulotda qo’yilgan vazifa bajarilishi lozim;

  • mashg’ulot intizom va mehnatsevarlikni tarbiyalashi lozim;

  • mashg’ulotni shunday rejalashtirish kerakki, futbolchilar harakat ko’nikmalari va sifatlarini ongli ravishda egallasinlar;

  • mashg’ulot yagona o’quv- mashg’ulot jarayonining bo’limi bo’lishi kerak;

Mashg’ulotning tuzulishi uch qisimdan iborat:
Mashg 'ulot qisimlarining vazifalari:

  • tayyorlov qism - organizmni asosiy ishga tayyorlash;

  • asosiy qism tehnik usullarni o’rgatish va takomillashtirishga, taktik harakatlarga, jismoniy sifatlarni rivojlantirishga, ruhiy tayyorgarlikni va ahloqiy va irodaviy sifatlarni yahshilashga qaratilgan bo’lishi kerak;

  • yakunlovchi qism organizmni mashg’ulotdan oldingi holatiga keltirish lozim.

Mashg’ulot jarayonida uyidagi prinspga amal qilish maqsadga muvofiqdir:

  • mashg’ulot yuklamasini (yuklamasini) sekin - asta oshirish, barqarorlashtirish;

  • bir meyorga yetkazish va kamaytirish.

Bunda organizmni ma’lum bir holatga keltiradigan mashqlararo dam olishlar (pauzallar) muhimdir. Bu dam olishlar (pauzallar) soni va davomiyligi yuklamalarni dozirovkalashga, mashqlarga o’zgartirishlar, hato va kamchililarni to’g’rilashga va keyingi mashqni bajarish uchun fikrni jamlasjga imkon beradi.
Mashg’ulotlar o’zining maqsadi, vazifasi va uslubiyati bo’yicha kompleks va tematik mashg’ulotlarga bo’linadi.
Kompleks mashg’ulot
Kompleks mashg’ulotlar yillik sikl mashg’ulotlarining hajmida birinchi o’rinda turadi. Bu mashg’ulotlar barcha tayyorgarlik turlari rivojlantirishini oshirish vazifalarini bajaradi.
Kompleks mashg’ulotlarda tayyorgarlik turlarining uyg’unligi:

  • jismoniy, tehnik, taktik;

  • jismoniy, tehnik;

  • tehnik- taktik;

Tematik mashg’ulot
Tematik mashg’ulotlar yillik sikl mashg’ulotlarining umumiy hajmida kamroq vaqtni qamrab oladi. Ammo ular tayyorgarlikning turli bosqichlarida o’z orniga ega bo’lishi lozim:

  1. jismoniy tayyorgarlik bo’yicha mashg’ulot. Mashg’ulot mazmuni umumiy va mahsus jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlardan iborat. Jismoniy tayyorgarlik mashg’ulotlarining ko’p qismi tayyorlov davrida o’tkaziladi.

  2. Tehnik tayyorgarlik bo’yicha mashg’ulotlar o’yinning barcha tehnik usullarini o’ziga qamrab oladi. Tehnik elementlarga o’rgatish va takomillashtirish bilan bog’liq mashg’ulotlar barcha tayyorgarlik davrlarda olib boriladi.

  3. taktil tayyorgarlik bo’yicha mashg’ulotlar individual, gurnhli va jamoaviy taktik harakatlarga o’rgatish va

takomillashtirishga yo’naltirilgan mashqlar yig’indisidan iborat bo’ladi. Taktik tayyorgarlik bo’yicha mashg’ulotar tayyorlov davrida (mahsus tayyorlov, musobaqa oldi) va musobaqa davrida o’tkaziladi. Taktik tayyorgarlikka o’rgatish bosqichida mashg’ulotlar maydonda harakat qilish va mashg’ulotning nazariy qismiga bog’liq hilma-hil mashqlarni o’z ichiga oladi, ammo taktikani takomillashtirish u uzluksiz o’yin tehnikasiga bog’liq mashqlardan iborat bo’ladi. Shunday qilib, takomillashtirish bosqichida taktika bo’yicha mashg’ulotda qiyin tehnik usullarni qo’llamasdan iloji yo’q, bundan mashg’ulotni tehnik-taktik deb atash mumkin.
Guruxli va yakka tartibdagi mashg’ulotlar
Futbol o’yinining jamoaviy harakteri o’yinchilarning o’zaro harakatlariga yuqori talablar qo’yadi. Shuning uchun futbolda mashg’ulotlar asosan, guruhli mashg’ulotlar shakliga ega. Guruhli mashg’ulotlarda o’zaro harakatlar, tehnik usullarni soddalashtirilgan va murakkab sharoitlarda, minimal va maksimal darajada o’yin sharoitiga yaqinlashtirilgan holda bajarish vazifalarini hal etildi. Guruhli mashg’ulotlarda musobaqa vazifalari samarali tarzda yechiladi, jamoaviy rux tarbiyalanadi.
Individual mashg’ulotlarda futbolchining mahorati va individual hususiyatlari takomillashadi. Individual mashg’ulot futbolchining tayyorgarligini nazorat qilishni osonlashtiradi.
Individual mashg’ulotlarining maqsadi - futbolchilar tayyorgarligida takomillashtirish sur’atini tezlashtirish.
Individual mashg’ulotning vazifalari:

  • harakat sifatlari va ko’nikmalarini takomillashtirishda

mutahasislikning individual hususiyatlarini hisobga olish;

to’g’rilash;

  • mashg’ulotlarda majburiy tanaffuslar oralig’ida yo’qotilgan sifatlami tiklash;

  • tehnik usullar va shahsiy sifatlami takomillashtirish;

  • bajarilishi qiyin bo’lgan tehnik elementlarni takomillashtirish.

Individual mashg’ulotning asosiy shakli murabbiy va shifokorning nazorati
ostida olib boriladigan o’quv mashg’ulot hisoblanadi.
Individual mashg’ulotlarni o’tkazish uslublari:

  • aylanma;

  • takroriy;

  • interval;

  • birgalikda.

Individual mashg’ulotlarda mahsus va yordamchi jihozlar bilan ta’minlanga maydoncha bo’lishi katta ahamiyat kasb etadi

  1. Futbolchilar tayyorlash uslubiyoti.

Ta’lim va mashg’ulot birligi.
Futbolchilarda ko’nikma va malaka sport tayyorgarligi jarayonida hosil qilinadi. Bunga esa mashqlarni qayta-qayta takrorlash orqali erishiladi, takroriylik, o’z navbatida, butun a’zo va sistemalar faoliyatiga ta’sir etadi. Sport tayyorgarligi - bu barcha omil (vosita, uslub, sharoit) lardan birgalikda izchil foydalanish bolib, futbolchining sport muvaffaqiyatlariga erishishdagi tayyorgarligini ta’minlaydi.
Sport tayyorgarligining butun jarayonini shartli ravishda ta’lim va mashg’ulotga bo’lish mumkin.
Ta’lim degada shug’ullanuvchilar bilim, malaka va ko’nikmalarining muayyan sistemasining boshlang’ich bosqichini egallab olishini tushunish kerak. Ta’limning asosiy mazmuni - o’yinning tehnik elementlarini, taktikadan oddiy individual va guruh harakatlarini egallab olish, harakat malakalarini shakllantirishdan iborat.
Mashg’ulot - bu olingan bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash va takomillashtirishga qaratilgan tayyorgarlikning keyingi bosqichi. Mashgulotning asosiy mazmuni- tehnik usullarni, taktikadan individual, guruh va jamoa harakatlarini takomillashtirishdan, jismoniy, axloqiy va irodaviy hislatlami rivojlantirishdan iborat. Sport mashg’ulotchisi bu boshqarish uslubi asosida sistemali tarzda sportchilarlar tayyorlashdir.
Ta’lim va mashg’ulot mahsus tashkil ko’p yillik yagona pedagog jarayon deb qarash zarur. Ularni bir-biridan keskin suratda ajiratib bo’lmaydi, chunki ta’lim bera turib, mashg’ulot qildiramiz va ayni chog’da mashg’ulot qildira turib ta’lim beramiz.
Ta’lim va mashg’ulotni tushuncha sifatida ajiratish tushuncha sifatida o’quv - mashg’ulot ishining o’ziga hos vazifalari borligini ravshanroq aniqlash imkonini beradi. Futbolchi tayyorlashning turli bosqichida ta’lim va mashg’ulotning salmog’I o’zgarib turadi.
Ta’lim va mashg’ulot jarayoni tarbiyaviy harakter kasb etishi darkor. Shunga ko’ra o’quv-mashg’ulot mashg’ulotlariga katta talablar qo’yilmoqda. Mashg’ulotlar shunday tartibda yurutilishi kerakki, bu mashg’ulotlar shug’ullanuvchilarni yuksak dunyoqarashi ruhida tarbiyalasin va ularda uzviy ravishda zarur malaka hamda ko’nikmalarni rivojlantirsin.
Ta’lim va mashg’ulot vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishi eng avvalo, murabbiyning shahsiga bog’liq, chunki u oquv-mashg’ulot jarayonida markaziy shahs hisoblanadi. Trener mahsus bilimlarini muntazam ravishda takomillashtirib, g’oyaviy-siyosiy saviyasini oshirib borishi, ilm-fan va amaliyotdagi ta’lim va mashg’ulot jarayonida joriy eta bilishi kerak.

Ta’lim va mashg’ulotning vazifalari.


Futbolda tashkil qilingan mashg’ulotlar jismoniy tarbiya tizimi oldida turgan vazifalarni hal qilishga qaratilgandir. Mashg’ulotning asosiy mazmuni kishini mutanosib kamol toptirish, uning ijodoy mehnat qilish va Vatanni himoya qilish uchun zarur bo’lgan ma’naviy hamda jismoniy qobilyatini har tomonlama rivojlantirishdan iborat bo’lishi kerak.
Biroq futbol amaliyotida ba’zan yuksak natijalar ketidan quvib, ta’lim va mashg’ulotning sog’lomlashtirishga yo’naltirilgandek tomoni, ya’ni tarbiyaviy harakter kasb etishi sedan chiqarib qo’yiladi. Mashg’ulotga bunday bir tomonlama yondashish, odatda nohush oqibatlarga olib keladi.
Futbolchining nihoyatta sog’lom, jismonan yahshi rivojlanganligi yuksak ahloqiy-irodaviy fazilatlari futbol mahoratini egallab olishda asosiy omil bo’lib hizmat qiladi.
Futbolchilarning ta’lim va mashg’ulot jarayonida quyidagi vazifalarni hal etishi lozim:

  1. sportchilar organizmining ( nafas olish, yurak qon-tomir, va boshqa sistemalar) funksional imkoniyatlarini kengaytirish;

  2. sportchining ishchanlik qobilyatini saqlash va oshirish;

  3. sport sohasiga oid bilimni kengaytirish hamda gigiena va o’z-o’zini nazorat qilish malakalarini hosil qilish;

  4. mehnatsevarlik, intizomlilik, onglilik, faollik hislatlarini tarbiyalash.

Mashg’ulot jarayonida bu vazifalarni izchillik bilan hal qilish yuksak sport natijalarga erishish uchun inson oganizmining g’oyat katta imkoniyatlaridan to’laroq foydalanish imkonini beradi.
Raqobatchi jamoalar mahorati darajasining uzluksiz o’sib borishi futbolchilar tayyorlashga bo’lgan talablarni yil sayin har tomonlama oshirib boorish zaruratini tug’dirdi. Futbolchilar tayyorlashga qo’yilayotgan yuksak talablarning to’la-to’lis bajarilishi mashg’ulotning pedagogic prinsplarini izchil amalgam oshirish va birinchi navbatda, uning jarayonlarini ilmiy boshqarish qonuniyatlariga og’ishmay amal qilish yo’li bilan ta’minlanadi.
Ta’lim va mashg’ulot vositalari.
Jismoniy mashqlar, gigiyenik omillar hamda tabiatning tabiiy kuchi ta’lim va mashg’ulotning vositalari hisoblanadi.
Malaka va ko’nikmalarni shakllantirish hamda takomillashtirish, asosan, jismoniy shakllarni uzviy ravishda bajarib turish bilan bog’liqdir. Mashqlar hilma- hil bo’lib, ular ta’lim va mashg’ulot jarayonida kelib chiqadigan vazifalarga qarab tanlanadi.
Jismoniy mashqlar harakatni kordinatsiya qilishni yahshilash, kuchni, tezkorlikni, chidamlilik va epchillikni oshirishga yordam beradi. Bunda yurak qon- tomiri, nafas olish va organizmning boshqa tizimlari faoliyati takomillashadi, natijada sportchining ishchanlik qobilyati oshadi, yuklamadan keyingi tiklanish jarayoni tezlashadi.har bir mashq u yoki bu sifat va malakalarga oz yoki ko’proq darajada ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham jismoniy mashqlar ko’proq ta’sir etishiga qarab tanlanadi.
Futbolchilarni mashg’ulotda qo’llandigan hamma mashqlarni shartli ravishda uch guruhga bo’lish mumkin: 1) musobaqa mashqlari, 2) mahsus tayyorgarlik mashqlari, 3) umumiy tayyorgarlik mashqlari.

Yüklə 149,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin