Infratuzilmani rivojlantirishing


-2016-yillarda namunaviy loyihalar asosida qurilgan



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix20.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#145597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
QISHLOQ XO’JALIGIDA IJTIMOIY INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISHING ZARURIYATI VA AHAMIYATI

2009-2016-yillarda namunaviy loyihalar asosida qurilgan 
uyjoylar 
Yillar
Massivlar soni
Uy-joylar soni
2009
42
847


2010
225
6 800
2011
355
7 400
2012
272
8 510
2013
352
10 000
2014
330
11 000
2015
293
12 000
2016
300
13000
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, qishloq joylarda namunaviy 
loyihalar asosida qurilgan uy-joylar soni 2009-2016-yillar mobaynida ortib borgan. 
2009-2016-yillarda 2169 ta qishloq massivlarida 69557 ta namunaviy loyihalar 
asosida uy-joylar qurilgan.
2009-2016-yillarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurish uchun 
yo’naltirilgan mablag’lar to’g’risidagi ma’lumotlar 3-jadvalda keltirilgan.
3-jadval
2009-2016-yillarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurish uchun 
yo’naltirilgan mablag’lar 
Yillar 
Qurilishning umumiy qiymati
mlrd.so’m 
shu jumladan, imtiyozli 
kreditlar, mlrd. so’m 
2009
50,7
31,4
2010
428,9
254,5
2011
576,5
365,0
2012
905,5
535,4
2013
1 385,4
740,3


2014
1 772,5
1 038,5
2015
2 071,4
1 229,1
2016
2600,0
 
1693,1
 
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2009-2016 yillarda 
namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi uchun 9790,9 mlrd. so’m mablag’ 
sarflangan, uning 5887,3 mlrd. so’mi imtiyozli kreditlardir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-
sonli qaroriga asosan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan 
namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uyjoylarning qurilishi uchun “tayyor 
holda topshirish” shartlarida shartnoma tuzgan barcha pudratchi tashkilotlar 
Pensiya jamg’armasidan tashqari soliqlarning barcha turlarini to’lashdan ozod 
etilganligi ham ularning faoliyatini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Hukumatimiz tomonidan namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uy-
joylarni yanada takomillashtirishga e’tibor berilmoqda. O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2010-yil 17-iyunda qabul qilingan “Qishloq joylarda namunaviy 
loyihalar asosida xususiy uy-joy qurilishini kengaytirishga oid qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, uy-joylarning namunaviy loyihalariga 
o’zgartirish va tuzatishlar kiritildi. Jumladan, qishloq joylarda har bir imorat 
quruvchiga shu paytgacha ajratib kelinayotgan 4 sotix o’rniga 6 sotix hajmida yer 
uchastkasi ajratish belgilandi. Davlatimiz rahbarining taklif va tavsiyalari asosida 
ilgari ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar “Qishloqqurilishloyiha” loyiha-qidiruv 
instituti tomonidan har tomonlama tahlil qilindi. E’tibordan chetda qolgan tabiiy 
omillar – shamol yo’nalishi, quyosh nurining tushishi kabi muhim imoratsozlik 
talablari yangi loyihalarda inobatga olindi. Shuningdek, xonalarning joylashtirilishi 
qayta ko’rib chiqildi, xonalar kengaytirildi, devorlar balandligi 3 metrdan 3,2 
metrga oshirildi. Takomillashtirilgan loyihada keksalar va bolalar uchun ham 
tegishli qulayliklar, darvozaxonada shaxsiy yengil mashinalar uchun maxsus joy 


nazarda tutilgan, xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, uyga taqab 
qurilgan suv isitish – qozonxona qurilmasi hovlining chetiga ko’chirilgan.
Mamlakatimizda qishloq infratuzilmasini rivojlantirish borasida ulkan 
bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bu mamlakatimiz agrar sohasi rivoji va 
aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qilishi muqarrardir.



Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin