Infratuzilmani rivojlantirishing



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix20.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#145597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
QISHLOQ XO’JALIGIDA IJTIMOIY INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISHING ZARURIYATI VA AHAMIYATI

 
Qisqacha xulosalar 
Infratuzilma – xizmat ko’rsatuvchi sohalar majmuidir. Infratuzilma jamiyat 
ishlab chiqarish kuchlarining bo’linmas qismi bo’lib, ishlab chiqarish jarayonining 
bir maromda kechishini ta’minlab beradi. Bundan tashqari, infratuzilmaning ayrim 
turlari aholining turmush farovonligini oshirish, ishchilarga munosib mehnat 
sharoiti yaratib berishda muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish infratuzilmasi 
ishlab chiqarish jarayonining tashkil etilishiga xizmat qiladi. Ijtimoiy 
infratuzilmaning asosiy vazifasi qishloq aholisining madaniy-maishiy sharoitlarini 
yaxshilash hisoblanadi. Ijtimoiy infratuzilma obyektlarini tashkil etish va ularning 
maqsadga muvofiq ishlab turishi ular joylashgan qishloq xo’jaligi korxonasining 
iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga bog’liq. Bozor infratuzilmasi esa jamiyatda 
bozor munosabatlarini barpo etish va uni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Mamlakatimizda infratuzilma sohalarini rivojlantirishga juda katta e’tibor 
berilmoqda. Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llabquvvatlash, ularning 
barqaror faoliyatini ta’minlashga va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan bir 
qator me’yoriy hujjatlarda qishloq xo’jaligida infratuzilma sohalarini rivojlantirish 
yo’nalishlari belgilab berilgan hamda bu borada ko’plab ishlar amalga 
oshirilmoqda.
 
 


 
Nazorat va muhokama uchun savollar: 
1.
Infratuzilmaning mohiyati nimadan iborat?
2.
Qishloq xo’jaligida infratuzilma qanday ahamiyatga ega?
3.
Qishloq xo’jaligida infratuzilma qanday xususiyatlariga ko’ra turkumlanadi?
4.
Qishloq xo’jaligida infratuzilma qanday turlarga bo’linadi?
5.
Ishlab chiqarish infratuzilmasining vazifalari nimalardan iborat?
6.
Ijtimoiy infratuzilmaning vazifalari nimalardan iborat?
7.
Qishloq xo’jaligida bozor infratuzilmasining mohiyati va vazifalari nimalardan 
iborat?
8.
Mamlakatimizda qishloq xo’jaligi infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha 
qanday tadbirlar amalga oshirilmoqda?



Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin