Infratuzilmani rivojlantirishing



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix20.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#145597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
QISHLOQ XO’JALIGIDA IJTIMOIY INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISHING ZARURIYATI VA AHAMIYATI

 
 
3-rasm. Qishloq xo’jaligida ijtimoiy infratuzilmaning tarkibi. 
 
Qishloq xo’jaligida ijtimoiy infratuzilma obyektlariga kommunal uy 
xo’jaliklari, tibbiyot muassasalari, ta’lim va maktabgacha tarbiya muassasalari, 
umumiy ovqatlanish tashkilotlari, sport-sog’lomlashtirish tashkilotlari, o’quv 
markazlari, mehnat muhofazasi bo’yicha xizmat sohalari, aholiga transport hamda 
aloqa xizmati ko’rsatuvchilar va boshqa shu kabilar kiradi.
Ijtimoiy infratuzilma ishchilarning mehnat jarayonida samarali faoliyat 
yuritishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga yo’naltirilgan sohalar majmuidir. 


Ijtimoiy infratuzilmaning asosiy vazifasi qishloq aholisining madaniy-maishiy 
sharoitlarini yaxshilash hisoblanadi. Ijtimoiy infratuzilma sohalari yakuniy 
mahsulot yaratishda bevosita ishtirok etmaydi, lekin ular ishlab chiqarish 
jarayonining normal davom etishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydilar. Bu 
o’rinda xalqimizning “Yaxshi dam - mehnatga hamdam” maqolini misol keltirish 
mumkin. Qishloq xo’jaligi mehnatkashlarining yashash sharoiti, madaniy dam 
olishi, ularga ko’rsatiladigan maishiy xizmatlar qanchalik yaxshi bo’lsa, ularning 
mehnat unumdorligi ham shunga yarasha bo’ladi.
Ijtimoiy infratuzilma bo’limlari nafaqat korxona ishchilari, balki ularning oila 
a’zolari kommunal-maishiy talablarini qondirish uchun ham shart-sharoitlarni 
yaratishda qatnashadi.
Mamlakatimizda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llabquvvatlash uchun 
qilingan xarajatlar to’g’risidagi ma’lumotlar 1jadvalda keltirilgan.
1-jadval 
Mamlakatimizda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy 
qo’llabquvvatlash uchun qilingan xarajatlar 
2018
2019
mlrd. 
so’m
xarajat
larga 
nisbatan 
foizda
mlrd. 
so’m
xarajatl
arga 
nisbatan 
foizda
Xarajatlar (maqsadli 
jamg’armalarsiz) - jami
7973
6,1
100,0
11800
8,6
148,0
shundan:
Ijtimoiy soha va aholini 
ijtimoiy qo’llab-quvvatlash 
xarajatlari
3902
6,9
48,9
63542
,3
79,7
shundan:
ta’lim
20631,9
25,9
33536,1
28,4
sog’liqni saqlash
9585,9
12,0
14977,4
12,7


Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda ijtimoiy 
soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari 2019yilda 2018-yilga 
nisbatan keskin oshgan. 2018-yilda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-
quvvatlash xarajatlari jami xarajatlar tarkibida 48,9 foizni tashkil etgan bo’lsa, 
ushbu ko’rsatkich 2019-yilda 79,7 foizni tashkil etgan.
Ijtimoiy infratuzilma qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining xususiyatlarini 
aks ettiradigan o’ziga xos jihatlarga ega. Ijtimoiy infratuzilma obyektlari qishloq 
xo’jaligi korxonalarining moliyaviy resurslari va tadbirkorlarning pul mablag’lari 
hisobiga yoki davlat investitsiyalarini qishloqlarda turar-joylar, bolalar bog’chalari, 
maktablar, poliklinikalar, aloqa tarmoqlari va boshqalar qurilishiga samarali 
sarflash orqali barpo etiladi. Qishloq joylardagi ijtimoiy infratuzilma sohalari 
nafaqat qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida band ishchilarga, balki qishloq 
xo’jaligi korxonasi hududida yashovchi aholining boshqa qismiga ham xizmat 
ko’rsatadi.
Ijtimoiy infratuzilma obyektlarining tashkil etilishi va maqsadga muvofiq 
ishlab turishi ular joylashgan qishloq xo’jaligi korxonasining iqtisodiy 
rivojlanganlik darajasiga bog’liq bo’ladi. Xo’jaliklar ijtimoiy infratuzilma 
bo’limlarini shakllantirishga zarur moddiy-pul va mehnat resurslarini ajratadilar. 
Qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga 
hukumatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda xizmat 
ko’rsatish tarmoqlari asosan shahar va tuman markazlarida ko’proq joylashgan 
bo’lsa, endi uni shahar atrofidagi aholi punktlari, qishloqlarda tashkil etish zarurati 
ortmoqda. Xizmat ko’rsatish sohalarining rivojlanganlik darajasi mamlakatning 
taraqqiy etganligi, jamiyatning rivojlanganligi va aholining turmush farovonligini 
ko’rsatuvchi muhim mezondir.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin