Infratuzilmani rivojlantirishing


Mamlakatimizda qishloq xo’jaligi infratuzilmasini rivojlantirish



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix20.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#145597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
QISHLOQ XO’JALIGIDA IJTIMOIY INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISHING ZARURIYATI VA AHAMIYATI

3. Mamlakatimizda qishloq xo’jaligi infratuzilmasini rivojlantirish 
bo’yicha amalga oshirilayotgan islohotlar. 
Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning 
muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada 
rivojlantirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Mazkur ustuvor vazifaga alohida 
e’tibor qaratishning bir qator sabablari mavjud.
Birinchidan, infratuzilmani rivojlantirish yangi korxonalarni joylashtirish va 
butun iqtisodiyotni taraqqiy ettirish uchun zarur qulay shart-sharoitlar yaratadi, 
mamlakatimizning boy mineral-xomashyo resurslarini o’zlashtirish imkoniyatlarini 
kengaytiradi.
Ikkinchidan, ishlab chiqarish infratuzilmasi, avvalambor, avtomobil va temir 
yo’llarning rivojlangan tizimi, ularning samarali faoliyati ishlab chiqarishdagi 
umumiy xarajatlarni kamaytirishning muhim sharti va omilidir. Bu esa, o’z 
navbatida, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va butun iqtisodiyotimizning 
raqobatdoshligini oshiradi.
Uchinchidan, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini toza ichimlik suvi, 
energiya bilan ta’minlash, ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish, pirovard natijada 
aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.
To’rtinchidan, infratuzilmani rivojlantirish ko’p mehnat talab qiladigan keng 
ko’lamli soha hisoblanadi. Bu yangi ish o’rinlarini tashkil etish, aholining, ayniqsa, 
yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlash, odamlarning daromadi va 
farovonligini oshirish imkonini beradi.
Bundan ko’rinadiki, mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash, 
iqtisodiyotning real sektorini yanada rivojlantirish ko’p jihatdan xo’jalik yurituvchi 
subyektlarning ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ta’minlanganlik darajasiga 
bog’liq.
Mamlakatimizda transport infratuzilmasini, birinchi navbatda avtomobil va 
temir yo’llarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Umumiy 
foydalanishda bo’lgan avtomobil yo’llarini rivojlantirish dasturining amalga 


oshirilishi bugungi kunda respublikamizning barcha mintaqalari o’rtasida yil 
davomida ishonchli transport aloqasini ta’minlamoqda. Buning natijasida 
mamlakatimizdagi korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish faoliyatining rivoji va 
uzluksizligi ta’minlandi.
Iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va xalqimiz farovonligini oshirishda 
mamlakatimiz hududlarida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish 
masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mustaqillikning ilk davridan 
mamlakatimiz hududi bo’ylab, qolaversa jahonning turli nuqtalari bilan 
tutashtiruvchi, qulay, samarali va eng muhimi, ishonchli avtomobil yo’llar 
tizimining barpo etishga alohida e’tibor berilmoqda. Shunga ko’ra, hozirda yuqori 
darajadagi xalqaro standartlarga javob beradigan, mamlakatimizning barcha 
hududlarini o’zaro ishonchli bog’laydigan va mintaqaviy hamda jahon bozorlariga 
chiqishni ta’minlaydigan O’zbekiston milliy avtomagistralini qurish va 
rekonstruksiya qilish bo’yicha keng ko’lamli dastur amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, mamlakatimizning barcha mintaqalarini yagona temir yo’l 
tizimi bilan bog’lash, jahon bozorlariga chiqish maqsadida temir yo’llar qurish, 
mavjudlarini rekonstruksiya qilish, elektrlashtirishga katta e’tibor berilmoqda.
“Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog’-Nukus” temir yo’li orqali shimoliy 
mintaqalarni mamlakatimizning markaziy hududlari bilan bog’lashga erishildi. 
Amudaryo uzra bunyod etilgan mahobatli ko’prik Qoraqalpog’iston va Xorazm 
vohasini mamlakatimizning boshqa viloyatlari bilan tutashtirishda muhim 
ahamiyat kasb etdi.
Mustaqillikning 16 yilligi arafasida qurib bitkazilgan “ToshguzarBoysun-
Qumqo’rg’on” temir yo’l liniyasi yagona milliy temir yo’l tizimini yaratish 
borasida amalga oshirilgan navbatdagi muhim bosqichdir. Qashqadaryo 
viloyatining Toshguzar qishlog’idan boshlanib Surxondaryo viloyatining 
Qumqo’rg’on tumani markazigacha davom etadigan, dengiz sathidan 1800 metr 
balandlikdagi Hisor tog’ tizmalarini kesib o’tgan bu yangi temir yo’lning loyiha 
qiymati 447 mln. AQSh dollariga teng bo’lib, uni rejalashtirish va amalga 
oshirishda Yaponiyalik hamkorlar yaqindan yordam berdilar.


Uzunligi 223 kilometrdan iborat bu temir yo’l qisqa davrda, hammasi bo’lib 
33 oyda, muddatidan ikki oy oldin ishga tushirildi va mazkur temir yo’l 
mamlakatimizning janubiy mintaqalari va poytaxtimiz orasidagi yuk va yo’lovchi 
tashish masofasini 170 kilometrga qisqartirdi.
Mazkur temir yo’lning mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun quyidagi ijobiy 
ta’sirlari bor:
-
respublikamizning janubiy mintaqasi – Qashqadaryo va Surxondaryo 
vohalarini boshqa hududlar bilan bog’laydi. Vatanimizning janubiy hududlarini har 
tomonlama keng qamrovli va ishonchli, mustahkam va samarali yo’l bilan 
bog’laydi;
-
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining chetda qolib kelayotgan boy 
gaz, rangli metall, ko’mir, kaliy tuzi, qurilish materiallari va boshqa foydali 
qazilmalarini o’zlashtirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi; temir yo’l 
qatnovining yo’lga qo’yilishi bu yerda iqtisodiyot boshqa sohalari va infratuzilma 
obyektlari rivojlanishiga imkon yaratadi. Tog’kon sanoati, qurilish va boshqa 
sohalarda yuzaga keladigan ijobiy o’zgarishlar hisobiga tegishli mintaqalarning 
ishlab chiqarish quvvatlarini izchil rivojlantiradi;
-
bunday ulkan loyihaning amalga oshirilishi shu mintaqada yashaydigan 
aholini ish bilan ta’minlashga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Temir yo’l transporti 
tizimida, uning korxona va tashkilotlarida, joylarda tashkil etilayotgan infratuzilma 
obyektlarida ko’plab yangi ish o’rinlari ochish imkoni yuzaga keladi;
-
bu yo’l O’zbekistonning chet davlatlarga, avvalo Transafg’on temir yo’l 
koridori orqali yaqin kelajakda to’g’ridan-to’g’ri Hind okeani, Janubiy va Janubiy-
Sharqiy Osiyo mamlakatlari portlariga chiqish va eksport imkoniyatini, shu bilan 
birga, yurtimizning tranzit rolini kengaytirish borasidagi salohiyatini keskin 
oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 18-iyundagi “Angren-Pop 
elektrlashtirilgan temir yol liniyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari 
to’g’risidaga”gi qarori asosida elektrlashtirilgan Angren-Pop temir yo’li qurildi. 
Mazkur temir yo’l belgilangan muddatidan 4 oy oldin, ya’ni atigi 32 oy ichida 


123,2 kilometrlik Angren-Pop temir yo’li va uning tarkibida 19,2 kilometrlik 
Qamchiq tunneli qurilib, foydalanishga topshirildi. “O’zbekiston temir yo’llari” 
aksiyadorlik jamiyati tomonidan bunyod etilgan mazkur temir yo’l liniyasi va 
Xitoylik hamkorlar bilan birgalikda qurilgan Qamchiq tunneli dunyo miqyosida 
noyob loyihalardan hisoblanadi. Ushbu qurilish obyektida jami 43 million kub 
metr tuproq, 16,3 million kub metr burg’ulash-portlatish ishlari bajarildi. Bundan 
tashqari 285 ta sun’iy inshoot va suv o’tkazish quvurlari, umumiy uzunligi 2,1 
kilometrlik 15 ta temir yo’l ko’prigi, 6 ta yo’l o’tkazgich, 4 ta stansiya, 4 ta 
razyezd va 2 ta vokzal qurib bitkazildi. Qurilgan ko’priklar orasida Markaziy 
Osiyoda yagona hisoblangan balandligi 57 metr, uzunligi 500 metrni tashkil 
etuvchi yoysimon ko’rinishdagi ko’prik ham mavjud. 123,2 kilometrlik temir yo’l 
to’liq elektrlashtirilib, 2 ta elektr tortish stansiyasi qurildi.
Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yol liniyasi qurilishi natijasida yurtimizda 
yagona milliy temir yol tarmog’i vujudga keldi.
Aholi turmush darajasini oshirish va farovonligini yuksaltirishda ijtimoiy 
infratuzilma xizmatlarining ham roli beqiyosdir. Shunga ko’ra, mamlakatimizda 
ushbu sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Keyingi yillarda 
respublikamizda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish borasida ahamiyatli yutuq va 
muvaffaqiyatlarga erishilmoqda.
Ma’lumki, 2008-yil 5-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
qabul qilinganligining 16 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan tantanali yig’ilishda 
2009-yil “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” deb e’lon qilindi. Mazkur 
yo’nalishlar bo’yicha choratadbirlarni izchil va tizimli amalga oshirish maqsadida 
“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi ishlab chiqildi hamda 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26-yanvardagi PQ1046 sonli 
Qarori asosida kuchga kiritildi. Ushbu dasturda amalga oshirilishi ko’zda tutilgan 
chora-tadbirlarning prinsipial ahamiyatga ega bo’lgan asosiy yo’nalishlaridan biri 
– qishloqlarda hayot sifatini tubdan yuksaltirish, qishloq joylarda infratuzilma 
tarmoqlarini yanada rivojlantirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga 
oshirish belgilab berildi.


Aholi turmush farovonligini oshirishning muhim ko’rsatkichlaridan biri 
sifatida uy-joylarni qurish va foydalanishga topshirish ishlarining jadallashuvi 
natijasida yillar davomida umumiy uy-joy fondi hajmi oshib bormoqda.
Qishloq joylarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va shu asosida 
qishloqlarimiz qiyofasini tubdan o’zgartirish maqsadida 2009yilning yanvar oyida 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
qishloqlarimizning 
zamonaviy 
arxitektura nuqtai nazaridan rejalashtirilishi, qishloq joylarda uy-joy va ijtimoiy 
obyektlar qurilishini loyihalashtirish va bunyod etish tizimini takomillashtirish, 
“Qishloqqurilishloyiha” institutini tashkil etish bo’yicha qarori qabul qilindi.
Qurilish ishlarini amalga oshirish maqsadida “Qishloq qurilish invest” 
injiniring kompaniyasi, ularni moliyalashtirish uchun zarur mablag’larni jalb etish, 
qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-
joy qurilishini uzoq muddatli imtiyozli kreditlash tizimini keng joriy etish 
maqsadida 2009-yil 30martda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga 
muvofiq “G’allabank” aksiyadorlik tijorat banki negizida “Qishloq qurilish bank” 
aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi.
Bunday keng ko’lamli ishlarni bajarish uchun mamlakatimizda 
ixtisoslashtirilgan qurilish-ta’mirlash tashkilotlari tuzildi va ular yuqori malaka va 
tajribaga ega bo’lgan mutaxassis kadrlar bilan ta’minlandi.
Qishloqdagi qurilish sarf-xarajatlarining bir qismi uy-joylarning bo’lg’usi 
egalari mablag’lari hisobiga, aksariyat qismi aholiga “Qishloq qurilish bank” 
tomonidan beriladigan uzoq muddatli (15 yilgacha) imtiyozli kredit hisobidan 
qoplanadi.
Shuningdek, qishloqlarda bolalar bog’chalari, umumta’lim va musiqa 
maktablari, sport inshootlari, tibbiyot muassasalari, maishiy xizmat obyektlari, 
ravon yo’llar, zamonaviy turar-joy mavzelarini kompleks barpo etish 
rejalashtirilgan.
Qurilish ishlarini o’z vaqtida va samarali amalga oshirish ko’p jihatdan 
qurilish materiallariga bog’liq. Shunga ko’ra, 2009-yilda qurilish materiallari 
ishlab chiqaradigan 31 ta ishlab chiqarish quvvati, jumladan, 2 million kvadrat 


metr zamonaviy tom yopish materiallari ishlab chiqaradigan 6 ta korxona, 
shuningdek, gips, alebastr, gipsokarton kabi qurilish va pardozlash materiallari
yig’ma konstruksiyalar tayyorlaydigan yangi korxonalar foydalanishga topshirildi. 
Shular qatorida yiliga 81 million dona g’isht ishlab chiqarish quvvatiga ega 
bo’lgan 12 ta yangi zavod ishga tushirildi.
 
Uy-joy qurilishi ishlarini jadallashtirish, ularni izchil amalga oshirish 
maqsadida xususiy qurilish uyushmalari faoliyatini tashkil etishni yo’lga quyish 
muhim tadbirlardan hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy 
fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va 
ta’mirlash bo’yicha pudrat ishlarini kengaytirishni rag’batlantirishga doir 
qo’shimcha choratadbirlar to’g’risida”gi 2009-yil 29-yanvardagi 1051-sonli 
qarorini bajarish yuzasidan aholiga hamda foydalanishga tayyor holda topshirish 
shartlarida uy-joy fondi obyektlarini rekonstruksiya qilish, qurish va ta’mirlash 
ishlarini amalga oshirayotgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlariga qulay sharoitlar 
yaratish, bozorni yanada kengaytirish hisobiga arzon narxlardagi qurilish 
materiallariga bo’lgan talabni qondirish maqsadida 2009-yil 28-martda 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Turar joy va kichik biznes 
obyektlari uchun qurilish materiallari sotish bo’yicha firma do’konlari tarmog’ini 
tashkil etish to’g’risida”gi 87-sonli qarori qabul qilindi. Mahalliy xomashyolardan 
sifatli va arzon qurilish materiallari ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etishga 
katta e’tibor berilmoqda. Shu asosda qishloq joylarda bajariladigan qurilish-
ta’mirlash ishlarining tannarxini arzonlashtirishga erishish, aholining ish bilan 
bandligini oshirish ko’zlangan.
2009-2016-yillarda namunaviy loyihalar asosida qurilgan uy-joylar 
to’g’risidagi ma’lumotlar 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin