Infratuzilmani rivojlantirishing


 Qishloq xo’jaligida infratuzilmaning turlari va ularning tashkil etilishi



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix20.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#145597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
QISHLOQ XO’JALIGIDA IJTIMOIY INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISHING ZARURIYATI VA AHAMIYATI

2. Qishloq xo’jaligida infratuzilmaning turlari va ularning tashkil etilishi. 
Qishloq xo’jaligi infratuzilmasi – tarmoqdagi korxonalarning samarali 
faoliyatini ta’minlash, qishloq xo’jaligining pirovard mahsulotini ko’paytirish va 
sifatini yaxshilashga yo’naltirilgan sohalar majmuidir. Qishloq xo’jalik 
korxonalarining faoliyatida infratuzilma sohalari, jumladan elektr energiyasi 
ta’minoti, transport xizmati, aloqa xizmati, mahsulotni saqlash joylari, ta’mirlash 
va texnik xizmat, moddiy-texnika ta’minoti tashkilotlari, muhandislik, 
zooveterinariya, agrokimyo xizmati, mahsulotlarni iste’molchiga yetkazib berishni 
ta’minlaydigan tashkilotlar va boshqa shu kabilarning rivojlanishi ham muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir darajasiga ko’ra qishloq xo’jaligi 
infratuzilmasi ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmalaridan tashkil topadi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish infratuzilmasi. 
Qishloq xo’jaligining 
ishlab chiqarish infratuzilmasi tarkibiga bevosita qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish 
jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar kiradi: ishlab chiqarishga yo’naltirilgan 


transport, yo’l xo’jaligi, ta’mirlash ustaxonalari, ombor xo’jaliklari, 
kommunikatsiya tizimi va telegraf, aloqa, elektroenergiya uzatish liniyalari, texnik 
xizmat stansiyalari, ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyalari, o’simliklar muhofazasi, 
veterinariya xizmati va boshqa shu kabi xizmatlar ko’rsatuvchilar kiradi (2-rasm).
 
2-rasm. Ishlab chiqarish infratuzilmasining tarkibi 
Ishlab chiqarish infratuzilmasining shakllanishiga ko’pgina omillar ta’sir 
etadi. Ularning ichida tuproq-iqlim sharoiti, hudud relyefi, suv bilan ta’minlanishi, 
yo’llar holati, korxonaning joylashishi, ishlab chiqarish obyektlarining joylashishi, 
qo’llanilayotgan 
texnologiyalar, 
ishlab 
chiqarish 
ixtisoslashishi 
va 
konsentratsiyalashish darajasiga alohida e’tibor beriladi.


Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish infratuzilmasini tashkil etishda 
agrosanoat majmuasining ham o’rni katta. Chunki agrosanoat majmuasining 
uchinchi bo’g’iniga qishloq xo’jaligiga turli xizmatlarni ko’rsatuvchi sohalar kirsa, 
to’rtinchi bo’g’iniga esa qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash, tayyorlash va 
qayta ishlash bilan shug’ullanuvchilar kiradi. Demak, qishloq xo’jaligi ishlab 
chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishda agrosanoat majmuasi faoliyatini 
takomillashtirish va unga kirivchi sohalar korxonalari bilan qishloq xo’jalik 
korxonalarining aloqalarini mustahkamlash ham muhim ahamiyatga ega.
Qishloq xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarish infratuzilmasi 
sohalarining ayrimlari davlat tasarrufida qolgan bo’lib, bular qatoriga elektr 
uzatish, yo’l xo’jaligi, aloqa va boshqa shu kabi tarmoqlar kiradi. Bu tarmoqlar 
rivojlangan davlatlardagi kabi davlat tasarrufida bo’lib qolishi maqsadga 
muvofiqdir. Chunki bozor munosabatlari sharoitida mazkur tarmoqlarda faoliyat 
yurituvchi yirik korxonalar soni kam bo’ladi va ular xususiylashtirilsa, yirik 
monopolistlar paydo bo’lishi mumkin.
Qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatida ishlab chiqarish infratuzilmasining 
bir turi bo’lgan aloqa xizmatining o’rni va ahamiyati juda muhimdir. Chunki, 
qishloq xo’jalik korxonalarida operativ hisobni yuritishda aloqa xizmati muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bunda xo’jalikning ichki tizimida bo’layotgan barcha 
jarayonlardan operativ hisob orqali xabardor bo’lib turish hamda yuzaga kelgan 
muammolarni o’z vaqtida hal etish imkoni yaratiladi. Bundan tashqari, 
yetishtirilgan mahsulotlarni sotishda bozor konyunkturasini o’rganish va 
baholarning o’zgarib turishidan xabardor bo’lish jarayonida ham aloqa xizmati 
zarur bo’ladi. Aloqa tizimining eng zamonaviy uskunalaridan foydalanish qishloq 
xo’jalik korxonasida ishlab chiqarish jarayonini to’g’ri tashkil etish va xarajatlarni 
tejashga ko’maklashadi.
Ishlab chiqarish infratuzilmasining asosiy sohalaridan biri yo’l xo’jaligidir. 
Qishloq xo’jaligida eng ko’p tarqalgan va asosiy tarmoq avtomobil yo’llari 
hisoblanadi. Tarmoqlararo xarakterga ega bo’lgan yo’llar qishloq xo’jaligida ishlab 
chiqarilgan mahsulotlarni iste’molchilargacha yetkazish kabi keng ko’lamli va 


salmoqli vazifalarni bajaradi. Xo’jalik ichidagi yo’llar mahsulot ishlab chiqarish 
bilan bog’liq bo’lgan barcha faoliyatlarga xizmat qiladi. Qishloq xo’jaligida 
yo’llarning joylashishi, asfaltlanganlik darajasi va tekisligi ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirishda o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish infratuzilmasining muhim turlaridan biri – temir yo’l 
transportidir. Temir yo’l transporti barcha davlatlar iqtisodiyotining asosiy qon 
tomiri hisoblanadi. Ayni vaqtda mamlakatimizda yuk tashishning qariyb 70 foizi, 
eksport va import uchun yuk tashish umumiy hajmining esa 80 foizi temir yo’l 
orqali amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda temir yo’l tizimini rivojlantirish 
bo’yicha ham izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ishlab chiqarish infratuzilmasining muhim sohalaridan yana biri elektr 
ta’minoti tizimidir. Xalq xo’jaligining barcha tarmoqlaridagi kabi qishloq 
xo’jaligida ham elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik va undan foydalanish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Qishloq xo’jaligida elektr energiyasi asosan yoritish, 
isitish, suv ko’tarib beruvchi nasos stansiyalarni elektrlashtirish, statsionar va 
ko’chma sug’orish agregatlarini elektrlashtirish, inkubatorlarda, issiqxonalarda 
hamda chorvachilik fermalarida mikroiqlim hosil qilish va boshqalar uchun 
ishlatiladi.
Elektr uzatish tarmoqlari va tarqatuvchi hamda ishlab chiqaruvchi obyektlar 
qurilishi qanchalik mustahkam va kafolatli darajada bo’lsa, nafaqat qishloq 
xo’jaligi, balki, xalq xo’jaligining barcha sohalari samarali faoliyat ko’rsatishi 
ta’minlanadi. Bu tarmoqning qishloq xo’jaligidagi o’rni juda muhimligi shundaki, 
u birinchidan, ekinlarni sug’orish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarda suv ko’tarish 
qurilmalari uzluksiz ishlashi, ikkinchidan, yetishtirilgan ayrim mahsulot turlarini 
omborxonalar va sovutgichlarda buzilmasdan saqlanishini ta’minlaydi. Bundan 
tashqari, elektr uzatish tarmog’i chorvachilik sohasi yoki parrandachilik 
tarmoqlarida elektr energiyasidan foydalanish jarayonida yetishtiriladigan 
mahsulot miqdori va sifatini oshirishda o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish jarayonini elektrlashtirish korxonalarning 
xo’jalik faoliyati keskin rivojlanishiga olib keladi. Qishloq xo’jaligi ishlab 


chiqarishini elektrlashtirish mehnat unumdorligini oshiradi, ishlab chiqarish 
xarajatlarini kamaytiradi. Masalan, g’allachilikda elektr energiyasidan foydalanish 
mehnat unumdorligini oshiradi. G’allani tozalashda «OS-1», «OS-3», «OB-10» 
markali g’alla tozalash mexanizmlaridan foydalanish mehnat sarfini 2025 foiz, 
mahsulot tannarxini esa 15-35 foiz kamaytiradi.
Chorvachilikda elektr energiyasidan foydalanish mehnat sarfini keskin 
kamaytirishga olib keladi. Elektr energiyasidan foydalanish fermadagi bir qator 
ishlar, shu jumladan, suv bilan ta’minlash, ozuqalarni hayvonlarga berish
sigirlarni sog’ish, yuklarni tashish, qo’y junlarini qirqish, sutga dastlabki ishlov 
berish, inkubatsiya va hokazo ishlarni mexanizatsiyalar yordamida bajarish 
imkonini beradi.
Yem-xashakni molga berish oldidan tayyorlash ishlarida elektr energiyasidan 
foydalanish mehnat sarfini 75-90 foizga kamaytiradi, ozuqa sifatini yaxshilaydi. 
Chorva mollarini sog’ishni elektrlashtirish katta ahamiyatga ega. Sigir sog’ish 
apparatlari yordamida sog’ilganda mehnat sarfigina tejalib qolmay, balki 
sog’uvchilarning mehnati ham yengillashadi. 1 sentner sut qo’lda sog’ilganda 4,4 
kishi-soat sarflangani holda, sog’ish apparati yordamida sog’ilganda 2,5 kishi-soat, 
sog’ish zalida sog’ilganda esa 1,8 kishi-soat sarflanadi. Chorvachilikda elektr 
energiyasidan foydalanish sut sog’ib olish mehnatini tejabgina qolmay, balki 
sog’iladigan sutning tozalik darajasini ham oshiradi.
Qo’y junini mexanizmlar bilan qirqish mehnat unumdorligini 3-4 barobar 
oshiradi. Qirqib olingan jun sifati ham ancha yuqori bo’ladi.
Parrandachilik fermalarini tunda elektr energiyasi bilan yoritish natijasida 
tovuq va o’rdaklardan olinadigan tuxum 25-30 foizga ko’payadi. Elektr 
energiyasidan xo’jalikdagi yordamchi tarmoqlarda, jumladan, ustaxona, tegirmon, 
yog’och arralash va hokazo ishlarda foydalanish katta iqtisodiy samara beradi.
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish infratuzilmasining yirik tarmoqlaridan 
yana biri transport xo’jaligi hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida transport xizmati 
yordamida korxonalar bir-biri bilan bog’lanib, ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz 
davom etishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Transport vositalaridan 


foydalanish mahsulot ishlab chiqarish va uni realizatsiya qilish uchun 
sarflanadigan xarajatlarni kamaytiradi, vaqtni qisqartiradi, mehnat unumdorligini 
oshiradi va pirovard natijada mahsulot tannarxini pasaytiradi.
Transport vositalaridan unumli foydalanish qishloq xo’jaligida yo’llar qurish, 
ularning yuk tashish qobiliyatini oshirish, ta’mirlash ishlarini muntazam ravishda 
olib borish, yo’l xo’jaligi ixtiyoridagi texnikani takomillashtirish va ulardan 
unumli foydalanishni talab etadi. Kuzatishlar avtomobilning yuk ko’tarish 
qobiliyati qattiq qoplamali yo’llarda qattiq qoplamasiz yo’llardagiga nisbatan 25-
80 foiz, tezligi 2-3 marta oshishini, yonilg’i sarfini esa 2 marta kamayishini 
ko’rsatadi. Shuning uchun xo’jaliklararo va xo’jalik ichidagi yo’llarni 
rekonstruksiyalash va o’z muddatida ta’mirlash, yo’l qurilishini kengaytirish va 
qishloq xo’jaligini yanada intensiv rivojlantirish uchun real sharoitlar yaratadi.
Qishloq xo’jaligida transport vositalaridan foydalanish xalq xo’jaligining 
boshqa tarmoqlariga nisbatan o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlarga 
quyidagilar kiradi:
-
qishloq xo’jaligi mahsulotlari keng hududda yetishtirilishi tufayli ularni 
tashish bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi;
-
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining mavsumiyligi tufayli yuk tashishni yil 
mobaynida bir me’yorda amalga oshirib bo’lmaydi, ayrim hollarda katta 
miqdordagi yuklarni qisqa vaqt ichida tashish zarurati paydo bo’ladi;
-
turli xil transport vositalari talab etiladi;
-
tashiladigan yuklar turi, hajmi, xususiyatiga ko’ra turlicha bo’ladi; - yuk 
tashish masofasi odatda uzoq bo’ladi.
Qishloq xo’jaligida transport vositalaridan foydalanishning bu xususiyatlari 
qishloq xo’jaligi mahsulotlari tannarxida transport xarajatlari miqdorining 
oshishiga olib keladi. Hisob-kitoblarga ko’ra, transport xarajatlari don mahsulotlari 
tannarxida 26 foizni, makkajo’xori tannarxida 15 foizni tashkil etadi.
Yetishtiriladigan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini iste’molchilargacha bo’lgan 
uzluksizligini ta’minlashga ishlab chiqarish infratuzilmasining yana bir yirik 
tarmog’i - mahsulotlarni saralash, tayyorlash, saqlash va sotish bilan bog’liq 


bo’lgan sohalar xizmat qiladi. Xo’jaliklarda mahsulot ishlab chiqarilgandan so’ng 
uni saralash va tayyorlash ishlari olib boriladi. Bu esa, o’z navbatida, mahsulotlarni 
saqlash uchun tayyorgarlik ko’rishga imkon yaratadi. Chunki saralash jarayonida 
mahsulotning pishish darajasi, navi va turiga qarab, saqlash dasturi ishlab 
chiqiladi. Mahsulotning bir qismini qayta ishlashga topshirish, ikkinchi bir qismini 
esa saqlash masalasi hal etiladi. Mahsulotlarni saralash ishlari olib borilmasa yoki 
saralash jarayonidagi e’tiborsizlik va kamchiliklar tufayli isrofgarchilikka yo’l 
qo’yilishi mumkin. Saralangan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlash ishlari 
ularning sifatiga katta ta’sir ko’rsatadi. Qishloq xo’jaligining ayrim mahsulotlariga, 
ayniqsa, meva va sabzavotlarga tez va soz xizmat ko’rsatilsa, ma’lum qismi 
tayyorlov tashkilotlariga sotilsa, nobudgarchilikka yo’l qo’yilmaydi. Qishloq 
xo’jaligi korxonalarida yetishtiriladigan meva, sabzavot va don mahsulotlarini 
saqlash, birinchidan, xo’jaliklar moliyaviy holatining yaxshilanishiga ta’sir 
ko’rsatsa, ikkinchidan, iste’molchilarning ushbu mahsulotlarga bo’lgan talabini yil 
davomida doimiy qondirish imkonini beradi. Chunki, ushbu mahsulotlar 
insonlarning oziq-ovqatga va turli vitaminlarga bo’lgan ehtiyojini qoplashda juda 
muhim ahamiyatga egadir.
Meva va sabzavotlarni saqlashda maxsus omborlarni tashkil etish muhim 
ahamiyatga ega. Omborlarda faol ventilyatsiya tizimi mavjud bo’lganda mahsulot 
yaxshi saqlanadi. Hozirgi paytda meva va sabzavotlarning gaz muhitini boshqarib 
saqlash Niderlandiya, AQSh,
Germaniya, Xitoy va boshqa shu kabi rivojlangan mamlakatlarda keng 
qo’llaniladi. Bundan tashqari, asrlar davomida ajdodlarimizning qishloq xo’jalik 
mahsulotlarini saqlash bo’yicha tajribalaridan ham unumli foydalanish maqsadga 
muvofiqdir.
Chorvachilik mahsulotlarining ko’pgina turlari ham tez buziluvchi bo’lib, 
ularni ma’lum muddat maxsus sovutiladigan inshootlarda saqlashni talab etadi. 
Masalan, sut, go’sht, tuxum va boshqa shu kabi mahsulotlarni maxsus inshootlarda 
saqlab, uni sotishni yo’lga qo’yish qishloq xo’jalik korxonasining daromadlari 
ko’payishiga xizmat qiladi. Chunki ularning tez buziluvchanligi sababli qishloq 


xo’jaligi korxonalari ushbu mahsulotlarni arzon baholarda bo’lsa ham tezroq 
sotishga harakat qiladi, ayrim hollarda esa ushbu mahsulotlarning sifati buzilishi 
katta miqdordagi zararlarni keltirib chiqaradi. Shu sababli chorvachilik tarmog’ida 
ham tayyorlash va saqlash xizmatini ko’rsatuvchilarga ehtiyoj mavjud.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin