Infratuzilmani rivojlantirishing


-rasm. Qishloq xo’jaligi infratuzilmasining turkumlanishi



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix20.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#145597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
QISHLOQ XO’JALIGIDA IJTIMOIY INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISHING ZARURIYATI VA AHAMIYATI

 
1-rasm. Qishloq xo’jaligi infratuzilmasining turkumlanishi. 
Qishloq xo’jaligida infratuzilma quyidagi to’rtta belgisiga ko’ra 
turkumlanadi:
-
ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir darajasiga ko’ra;
-
hududiy xususiyatiga ko’ra; - tarmoq xususiyatiga ko’ra; - funksional 
yo’nalishiga ko’ra.
Ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir darajasiga ko’ra qishloq xo’jaligi 
infratuzilmasi uch guruhga bo’linadi: ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor 
infratuzilmasi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarish jarayoniga 
xizmat ko’rsatuvchi sohalar majmuasidan iborat bo’lib, korxonada ishlab 


chiqarishning muntazam va bir maromda davom etishi hamda barqaror rivojlanishi 
uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beradi. Ijtimoiy infratuzilma korxonada 
xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratib berish hamda fuqarolarning 
madaniy, maishiy, ma’rifiy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan 
shug’ullanuvchi sohalardan tashkil topadi. Bozor infratuzilmasi esa jamiyatda 
bozor munosabatlarini shakllantiruvchi va uning rivojlanishi uchun shartsharoit 
yaratib beruvchi sohalar majmuidir. Butun jamiyat miqyosida, shu jumladan 
qishloq xo’jaligi tarmog’ida bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi 
uchun bozor infratuzilmasi yaxshi faoliyat yuritishi lozim.
Hududiy xususiyatiga ko’ra qishloq xo’jaligi infratuzilmasi uch guruhga 
bo’linadi: xalq xo’jaligi, mintaqaviy va mahalliy infratuzilmalar. Xalq xo’jaligi 
infratuzilmasi butun xalq xo’jaligining samarali ishlashiga xizmat qiladigan soha 
va xizmatlardan iborat. Unga energetika, transport, aloqa tizimlarini misol 
tariqasida keltirish mumkin. Mintaqaviy infratuzilma alohida iqtisodiy 
hududlarning rivojlanishi va mintaqaviy ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi sohalar 
majmui shakllanishi bilan bog’liq. Mahalliy infratuzilma esa alohida 
korxonalarning faoliyatiga xizmat ko’rsatuvchi sohalardan iborat.
Tarmoq xususiyatiga ko’ra qishloq xo’jaligi infratuzilmasi ikki guruhga 
bo’linadi: tarmoqlararo va tarmoq ichidagi infratuzilma. Infratuzilmaning ko’pgina 
sohalari tarmoqlararo xusuiyatga ega bo’ladi. Ular xalq xo’jaligining ko’pgina 
tarmoqlariga xizmat ko’rsatadi. Bular – transport, aloqa, elektr ta’minoti va 
boshqalar. Tarmoq ichidagi infratuzilma esa u yoki bu tarmoqning faoliyat 
yuritishi uchun xizmat ko’rsatuvchi sohalardir. Masalan, dehqonchilikda 
o’simliklarni kimyoviy himoyalash xizmati, chorvachilikda veterinariya xizmati va 
hokazo.
Funksional yo’nalishiga ko’ra qishloq xo’jaligi infratuzilmasi ikki guruhga 
bo’linadi: bevosita qishloq xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi va tayyor mahsulotni 
iste’molchilarga yetkzaib berishga xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma. Birinchi 
guruhga transport, texnik ta’mirlash, melioratsiya, suv ta’minoti, agrotexnik
veterinariya xizmatlari kabi bevosita qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi jarayoniga 


xizmat ko’rsatuvchi sohalar kiradi. Ikkinchi guruhga esa qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarini tayyorlash, ombor xo’jaligi, tashish, sotish kabi xizmatlarni 
ko’rsatuvchilar kiradi.
Infratuzilma subyektlarining samarali faoliyati iqtisodiy tizimning muhim 
tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, ular tomonidan ko’rsatiladigan turli yo’nalishdagi 
xizmatlar tufayli barcha tarmoq hamda korxonalarning o’zaro hamkorligi 
mustahkamlanadi.
Mustaqillikka erishilgandan so’ng barcha turdagi infratuzilma subyektlarining 
samarali faoliyat ko’rsatishini ta’minlash maqsadida davlat tomonidan iqtisodiy 
qo’llab-quvvatlash tizimi amaliyotga joriy qilinib, u davr talablariga muvofiq 
ravishda takomillashtirilib borilmoqda. Mamlakatimizda bevosita shakllangan 
ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma subyektlarini saqlab qolgan holda bozor 
munosabatlariga xos bo’lgan infratuzilma subyektlarini shakllantirish va 
rivojlantirish iqtisodiy islohotlarning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin