Infratuzilmani rivojlantirishing



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix20.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#145597
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
QISHLOQ XO’JALIGIDA IJTIMOIY INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISHING ZARURIYATI VA AHAMIYATI



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM 
 
 
 
MUSTAQIL ISH 
 
Mavzu:
 
QISHLOQ 
XO’JALIGIDA 
IJTIMOIY 
INFRATUZILMANI 
RIVOJLANTIRISHING 
ZARURIYATI 
VA 
AHAMIYATI
 
 
 
Guruh: 20-120 
 
Bajardi:
 
 
TURSUNOV VOHIDJON 
 
 
 
 
 


QISHLOQ XO’JALIGIDA IJTIMOIY 
INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISHING 
ZARURIYATI VA AHAMIYATI 
Reja: 
1.
Infratuzilmaning mohiyati va ahamiyati.
2.
Qishloq xo’jaligida infratuzilmaning turlari va ularning tashkil etilishi.
3.
Mamlakatimizda qishloq xo’jaligi infratuzilmasini rivojlantirish 
bo’yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar.
 


 
1. Infratuzilmaning mohiyati, ahamiyati va turkumlanishi.

Infratuzilma so’zi lotincha “infrastructure” so’zidan olingan bo’lib,


“infra” - quyi, asos va “structure” - tuzilish, joylashish kabi ma’nolarni 
anglatadi. Jahon tajribasida infratuzilma tushunchasi XX asr boshlarida birinchi 
bor “zarur yordamchi obyektlar va inshootlar majmuasi” sifatida muomalaga 
kiritilgan bo’lsa, 1940-yillarga kelib g’arb davlatlarida infratuzilma “ishlab 
chiqarish sohalarining faoliyatiga zaruriy shartsharoitlar yaratuvchi subyektlarning 
yaxlit bir tarkibi” sifatida qo’llanila boshlandi.
Infratuzilma subyektlari har qanday iqtisodiy tizimning asosiy tarkibi 
hisoblanib, ko’rsatayotgan turli yo’nalishdagi xizmatlari bilan barcha tarmoq va 
sohalarning iqtisodiy barqaror rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Infratuzilma subyektlari ishlab chiqarish, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni 
to’la qamrab olib, tashkiliy-iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, axborot, ekologik, 
boshqaruv va boshqa turdagi xizmatlar ko’rsatish faoliyatini o’z ichiga oladi, eng 
asosiysi ishlab chiqarish jarayoniga bevosita ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Infratuzilma tizimi mamlakatimiz iqtisodiyoti tayanadigan poydevordir. 
Iqtisodiyot tarmoqlari ishining uyg’unligi, ularning samaradorligi, shuningdek
chet el sarmoyalarini jalb qilish va o’zlashtirish imkoniyati infratuzilma tizimi 
rivojining holati va darajasiga bog’liqdir.
Infratuzilma 
sohalari 
mustaqil 
ravishda 
pirovard 
mahsulot 
ishlab 
chiqarmasada, ishlab chiqrish jarayoniga xizmat ko’rsatish orqali yakuniy 
natijalarga ta’sir ko’rsatadi.
Infaruzilma sohalarini ma’lum belgilari bo’yicha guruhlash muhim 
ahamiyatga ega. Infratuzilma sohalarini guruhlash quyidagi imkoniyatlarni 
yaratadi:
• 
infratuzilma 
alohida 
elementlari 
va 
sohalarining 
ijtimoiy 
ishlab 
chiqarishdagi o’rnini aniqlash;


• 
tarmoqlararo aloqalarni o’rganish va shu asosida asosiy ishlab chiqarish va 
unga xizmat ko’rsatuvchi sohalar o’rtasida optimal mutanosiblikni o’rnatish;
• 
tarmoqlarning boshqaruv jarayonini takomillashtirish va shu orqali yuqori 
samaradorlik darajasiga erishish.
Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining hajmi tarmoqning ishlab chiqarish 
fondlari, mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi bilan birga xizmat 
qiluvchi sohalarning rivojlanganlik darajasiga ham bevosita bog’liq. Infratuzilma 
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirish va samaradorligini 
oshirishning muhim omili hisoblanadi. Xomashyo, material va tayyor 
mahsulotning o’z vaqtida olib kelinishi xo’jalik aylanmasida bo’lgan resurs 
hajmini belgilaydi. Elektrlashtirish, kimyolashtirish, melioratsiya va ishlab 
chiqarishning boshqa asosiy omillari tez sur’atda o’sishiga nafaqat qishloq 
xo’jaligi uchun ishlab chiqarish mablag’larining miqdoran o’sishi hisobiga, balki 
mablag’ resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlaydigan xizmat tizimi tashkil 
etilishi hisobiga ham erishiladi. Bozor munosabatlari rivojlangan shart-sharoitda 
infratuzilmaning tarmoq va ishlab chiqarish vazifalari ham o’zgaradi.
Qishloq xo’jaligi infratuzilmasining asosiy maqsadi tarmoq korxonalarining 
ishlab chiqarish faoliyatiga shart-sharoit yaratish va qishloq aholisining turmush 
farovonligini yaxshilashga xizmat qilishdir. Infratuzilmaga kiradigan sohalar ishlab 
chiqarish jarayoniga bir xilda ta’sir ko’rsatmaydi va ishlab chiqarish jarayonida 
o’ziga xos o’rin egallaydi. Shu tufayli infratuzilma tarmoqlarini asosiy 
ko’rsatkichlari bo’yicha turkumlash muhim ahamiyatga ega. Infratuzilma 
turkumlanishi alohida elementlari bilan birga butun sohaning jamiyat ishlab 
chiqarish tizimidagi o’rinlarini belgilashga yordam beradi. U tarmoqlararo 
aloqalarni o’rganishga va asosiy ishlab chiqarish bilan xizmat ko’rsatish tarmoqlari 
orasida optimal muvozanatni belgilashda ko’maklashadi.
Qishloq xo’jaligi infratuzilmasining turkumlanishi 1-rasmda keltirilgan.



Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin