Fizika kafedrasi umumiy fizika fanidan



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə22/29
tarix20.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#164064
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
Uslubiy ko\'rsatma kimyo biologiya автовосстановление

ADABIYOTLAR

  1. Kalashnikov S.G.Umumiy fizika kursi. Elektr. Oliy ohquv yurtlarining fizika ixtisosi bo‘yicha arslik. "OHqituvchi", Toshkent, 1979, 615 bet.

  2. Sivuxin D.V. Kurs obo‘ey fiziki. T.III Elektrichestvo. Uchebnoe posobie dlya studentov fizicheskix spetsialg‘nostey vqsshix uchebnqx zavedeniy. "Nauka". M., M., 1977, 687 str.

  3. Savelhev I. V. Umumiy fizika kursi. II qism. Oliy texnika ohquv yurtlari uchun qohllanma. "OHqituvchi", Toshkent. 1976, 450 bet.

13-LABARATORIYA ISHI
LINZANING FOKUS MASOFASINI ANIQLASH
Ishning maqsadi: Qavariq va botiq linzalarning fokus masofalarini turli usullar bilan aniqlash, linzalar yordamida tasvirlar xosil qilish.
Kerakli asboblar: Optik taglik, chizg`ich, qavariq linzalar (№ 1;2) sochuvchi (botiq) linza (№ 3), elektr lampochka, ekran.

Nazariy malumotlar
Sferik sirtlar bilan chegaralangan shaffof muxit (xavo, suv, shisha) kismi linza deb ataladi. Linzalar optik asboblar deb ataluvchimikroskop, teleskop,binoklg, fotoaparat, spektroskop va boshqalarda qo`llaniladi. O`quv laboratoriyada Yorug`lik nurini yig`ib beruvchi; ikki yoqlama botiq va yassi - botiq linzalar o`rganiladi.
Linzani chegaralovchi sferik sirtlarning egrilik markazlaridan o`tuvchi to`g`ri chiziq linzaning bosh optik o‘qi deyiladi.
Yorug`lik optik markazidan o`tganda o`z yo`nalishini o`zgartirmaydi.
Yig`uvchi linzaning bosh optik o`qiga parallel tushayotgan Yorug`lik dastasi linzaning orqa tomonida optik o`qning biror nuqtasida yig`iladi, bu nuqta linzaning bosh fokusi deyiladi. Bosh fokus F-xarfi bilan belgilanadi (1-rasm).
A gar Yorug`lik dastasi sochuvchi linzaga uning bosh optik o`qiga parallel tushayot-gan bo`lsa, u linzadan o`tgan-dan so`ng sochilib ketadi (2- rasm) va bu sochiluvchi nurlarning davomi (2- rasmdagi punktir chiziqlar) optik o`qning biror nuqtasida kesishadi. Bu nuqta sochuvchi linzaning F mavxum bosh fokusini bildiradi.
Xar qanday linzaning optik markazidan xar ikki tomonda bir xil masofada optik o`qda joylashgan ikkita bosh fokusi mavjud bo`ladi.
Linzaning optik markazidan bosh fokusigacha bo`lgan masofa bosh fokus masofasi deb ataladi va uni odatda f xarfi bilan belgilanadi.
3. Linzaning bosh fokus masofasiga teskari kaggalik linzaning optik kuchi deyiladi va linzaning optik kuchi quydagi formula bilan aniqlanadi.
(1)
bu yerda R1 , R2 -linza sirtlarining egrilik radiusi, n - linza materialining sindirish kursakichi. Yig`uvchi linzalardagi nur yo`li quydagi 3 xolda o`rinlidir:
1. Yig`uvchi linzaning bosh optik o`qiga parallel tushayotgan nur singandan so`ng bosh fokusidan o`tadi (rasm 3, 1 - nur).
2. Yig`uvchi linzaning bosh fokusidan o`tgan nur singandan so`ng keyin bosh optik o`qqa parallel tarqaladi (rasm 3, 2- nur),
3. Linzaning optik markazidan o`tuvchi nur o`z yo`nalishini o`zgartirmaydi (rasm-3,3-nur).
Yig`uvchi linza yordamida tasvir xosil qilishda quydagi xollar kuzatilishi mumkin:
1.Buyum linzaning ikkilangan fokus masofasidan narida tursa, uning tasviri linzaning boshqa tomondagi bosh fokus bilan ikkilangan fokus masofasi oralig`ida bo`lib, u xaqiqiy teskari va buyumga nisbatan kichiklashgan bo`ladi (rasm 3).

2. Agar buyum 2F masofada turgan bo`lsa, uningtasviri haqiqiy va teskari bo`lib, linzaning boshqa tomondagi ikkilangan fokus masofada joylashadi (rasm 4), bu xolda tasvir va buyum kattaligi bir biriga teng bo`ladi.
Z.Agar buyum bosh fokus bilan ikkilangan fokus oralig`ida bo`lsa, uning tasviri xaqiqiy, teskari buyumga nisbatan kattalashgan, linzaning boshqa tomondagi ikkilangan fokus masofadan narida joylashadi (5-rasm).
Fokal tekisligidagi buyumning tasviri cheksizlikka uzoqlashadi, chunki bu
xolda linzadan o`tgan nurlar o`zaro parallel ketadi. (Buyumning tasvirini
yasash mumkin emas). (6 - rasm).

Agar buyum fokus bilan optik linza orasiga joylashgan bo‘lsa ,uning tasviri mavxum to‘g‘ri va buyumga nisbatan kattalashgan buladi. Bu mavxum tasvirni buyumtomonda kurish mumkin (7 – rasm ) (3 - rasm)da linzaning optik markazidan buyumgacha bulgan masofani - a ,optik markazidan tasvirgacha bulgan masofani - b bilan belgilab , geometrik shakldan (AOB va A’O‘B’ va COF va FA’B’ uchburchaklar o‘xshashligidan) qo‘yidagi bog‘lanishlarni olishimiz mumkin :
Bu formula linzaning fokus masofasini tajribada to‘ish imkonini beradi.
Linzaning chiziqli kattalashtirishi quydagi formula bilan aniqlanadi:
Linzani xarakterlovchi barcha kattaliklarni tajribada aniqlash mumkin.
1-mashq. YIG`UVCHI LINZADA TASVIR YASASH VA UNING FOKUS MASOFASINI TO‘ISH.



Elektr lampochka , linza №1 va ekran bitta optik o`qda yotadigan qilib o`rnatiladi (ularning markazlari bir to`g`ri chiziqda bo`lishi zarur) va buyum bilan ekran orasidagi masofa taxminan 50-60 sm qilib olinadi . Linzaning tag`likda u yoqdan bu yoqqa surish bilan buyumning aniq tasvirini ekranda xosil qilinadi va shu xoldagi buyum bilan linza xamda linza bilan ekran orasidagi masofa lineyka bilan aniqlanadi.
Kurish vosida tasvirning aniqligini baxolash juda xam aniq bulmasligini nazarda olib o`lchashni kamida besh marta takrorlash kerak .
Har bir o`lchashdan olingan a va v qiymatlarini (2) formulaga qo`yib hisoblab, linzaning f fokus masofasi aniqlanadi va to‘ilgan natijalarning o`rtacha qiymati topiladi.
Keyin shu tajribani takrorlab boshqa linzaning (2) xam fokus masofasi aniqlanadi.
Linzaning fokus masofasi aniqlangach, buyumni linzaga nisbatan 3-7 rasmlarda ko`rsatilgandek joylashtirib 1) a >2 f 2) a =2 f 3) f < a 4) a = f 5) a < f xollar uchun tasvirlar xosil kilinadi. Bunda tajribada olingan tasvir xolatlari 3-7 rasmlarda kursatilgan , tasvir zaziyatlari bilan solishtiriladi.




  1. Yüklə 1,01 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin