O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
Fizika-texnika fakulteti dekani
_____________S.Zaynolobidinova “___” ______________ 2023 yil
FIZIKA KAFEDRASI
UMUMIY FIZIKA FANIDAN
laboratoriya mashg‘ulotlari uchun
YO‘RIQNOMA
Farg‘ona-2023
O‘quv yo‘riqnoma fizika fani bo‘yicha 70540201 – Amaliy matematika(sohalar bo‘yicha) bo‘yicha birinchi bosqich bakalavriat talabalari uchun ishlab chiqilgan fan dasturi hamda sillabus asosida yozilgan bo‘lib, unda talabalarning umumiy fizika kursidan bajarishlari lozim bo‘lgan laboratoriya mashg‘ulotlarining mazmuni va bajarish uchun tavsiyalar berilgan. Yo‘riqnomaga umumiy fizika kursiga oid 15 ta laboratoriya mashg‘ulotlari kiritilgan. Har bir mashg‘ulotda ishning maqsadi, kerakli asbob va jihozlar, qisqacha nazariy ma’lumotlar, ish bajarish ketma-ketligi, rasm(sxema)lar, ish natijalarini tahlil qilish uchun jadvallar hamda mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari keltirilgan.
Tuzuvchilar: p.f.b.f.d(PhD) O.Dehqonova
o‘qituvchi A.Zokirov
Taqrizchi: f.-m.f.n., dotsent M.Nabiyev
SO‘Z BOSHI
Ushbu yo‘riqnomada fizikadan laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha o‘zbek tilida metodik ta’minot bilan ta'minlash, talabalarning fizik qonun, hodisa va jarayonlarni chuqurroq o‘rganishlariga, ularning tajriba o‘tkazish va o‘lchashlarning oddiy usullarini o‘zlashtirishlariga ko‘maklashish maqsad qilib qo‘yilgan. Umumiy fizika kursidan 17 ta laboratoriya ishidan iborat. Har bir laboratoriya ishi umumiy fizika kursining alohida mavzulariga bag‘ishlangan bo‘lib, vazifalarning hajmi bir xil emas. Laboratoriya ishida tegishli fizik kattalikni aniqlash yoki qonuniyatni o‘rganish talab etilsa, boshqa hollarda ayni bir qurilmada bir qator tajribalarni bajarish mumkin.
Yo‘riqnomani yozishda har bir amaliy mashg‘ulotning tavsifida qat'iy ketma-ketlikka rioya qilishga harakat qilindi. Dastlab ishning maqsadi, kerakli jihoz va qurilmalar ish to‘g‘risida aniq nazariy ma'lumot bayon etilgan hamda ishning bajarilish tartibi va nihoyat, laboratoriya ishining oxirida talaba o‘zining nazariy va amaliy bilimlarini tekshirib ko‘rish uchun sinov savollari keltirilgan. Ishning tavsifida uning nazariyasi yetarli darajada to‘la yoritilishiga harakat qilingan. Talaba ishni bajarishda bilishi zarur bo‘lgan nazariy bilimlarni bu qo‘llanmadan tashqari har bir laboratoriya ishi uchun tavsiya etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalardan foydalanishlari mumkin.
Talabalarning vaqtini tejash maqsadida qo‘llanmaning oxirida fizik kattaliklarning turli sharoitdagi qiymatlari jadvallari, ularning xalqaro sistemadagi o‘lchov birliklari ilova qilingan. Xatoliklarning turlari va ularni hisobga olish uchun zarur bo‘lgan nazariy va uslubiy ko‘rsatmalar, laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida talabalarga qo‘yiladigan talablar, tegishli xavfsizlik qoidalari qo‘llanmaning kirish qismida bayon etilgan.
Dostları ilə paylaş: |