Fizika kafedrasi umumiy fizika fanidan



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə6/29
tarix20.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#164064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Uslubiy ko\'rsatma kimyo biologiya автовосстановление

NAZARIY MA’LUMOT
Vaqt o‘tishi bilan jismning fazodagi vaziyatining boshqa jismga nisbatan o‘zgarishi mexanik harakat deyiladi. Harakat tekis notekis va tekis o‘zgaruvchan bo‘ladi. jism teng vaqtlar oralig‘ida bir xil yo‘l bosib o‘tadi. Bunday harakat tekis harakat deyladi. Aksincha teng vaqtlar oralig‘ida jism har xil yo‘l bosib o‘tsa bunday harakat notekis harakat deyiladi. Jismning istalgan teng vaqtlar orasidagi tezligi bir xil o‘zgaradigan bo‘lsa tekis o‘zgaruvchan harakat deb ataladi.
Vaqt birligi ichida tezlikning o‘zgarishiga son qiymat jihatdan teng bo‘lgan kattalik tezlanish deyiladi. Va u telik o‘zgarishining shu tezlik o‘zgarishi uchun ketgan vaqtga nisbati shaklida ifodalanadi.
(1)
Jismining harakat oxiridagi (1) ifodadan topiladi.
(2)
Boshlang‘ich tezlik, tezlanish va harakatlanish vaqti ma’lum bo‘lsa jismning bosib o‘tgan yo‘li quyidagicha bo‘ladi
(3)
Agar jism boshlang‘ich tezliksiz (2) harakat qilgan bo‘lsa u holda (3) tenglama quyidagi shaklga keladi. Ya’ni,
(4)
Demak, jismning olgan tezlanishi (4) dan topiladi.
(5)
Ko‘rinib turibdiki jismning bosib o‘tgan yo‘li va uni o‘tish uchun ketgan vaqt ma’lum bo‘lsa u holda shu jismining harakat tezlanishini topish mumkin.

2-rasm. Ishga tegishli qurilma


Ishni bajarish tartibi:

  1. Novni qiyalikni rostlash sistemasi yordamida yoki uning tagiga yog‘och brusoklar qo‘yib gorizontga nisbatan qiya qilib o‘rnating

  2. novning quyi uchiga metal yoki yog‘och silindr o‘rnating.

  3. Novning yuqori uchidan sharchani qo‘yib yuboradigan nuqtani belgilang.

  4. o‘lchov tasmasi yoki chizg‘ich yordamida sharcha dumalatilib qiya tekislikdan o‘tishi kerak bo‘lgan s masofani o‘lchang.

  5. Sharni qiya tekislik yoki novda dumalatib sekundomer yordamida uning s masofani bosib o‘tish vaqtini aniqlang.

  6. Formula (5) dan foydalanib tezlanishni hisoblab toping.

  7. Formula (2) dan foydalanib tezlikni aniqlang.

  8. s=f(t) funksiya koordinatalarida s yo‘lning vaqtga bog‘lanish grafigini chizing.

  9. Xatolikni hisoblang.

  10. Tajriba natijalarini quyidagi jadvalga kiriting:

O‘lchash tartibi

















































































































































11. Tezlanish qiymatini ko‘rinishda yozib qo‘ying.
12. Novning qiyaligini o‘zgartirib uch marta takrorlang.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin