Ishni bajarish tartibi: Mayatnik uzunligini 40-50 sm qilib olib, l1 o‘lchab olinadi (u ip osilgan nuqtadan sharcha markazigacha bo‘lgan masofa). Sharchani muvozanat vaziyatida kichik burchakka og‘dirib qo‘yib yuboriladi.
Sharchaning to‘liq n1marta tebranishi uchun ketgan t1 vaqt o‘lchab olinadi va T1 = t1/n1 bo‘lgan tebranish davri hisoblab topiladi. Bunday o‘lchashlar 60 s, 90 s, 120s, va 180s vaqt oraliqlari uchun bajarilib, T1 tebranish davrining o‘rtacha qiymati topiladi.
Mayatnik uzunligini 20 - 30 sm ga o‘zgartirib, T2 tebranish davri aniqlanadi. Bu tajriba mayatnik uzunligining 3 - 4 ta qiymati uchun takrorlanadi.
Har bir tajriba uchun (5) formula bo‘yicha tajriba o‘tkazlgan joydagi og‘irlik kuchining tezlanishi hisoblab topiladi.
O‘lchash va hisoblash natijalari jadvalga yoziladi :
№
l, m
t, s
n
T,s
To‘r, s
g, m/s2
go‘r, m/s2
|g| m/s2
(g)o‘r m/s2
1.
2.
3.
4.
5.
Nazorat savollari: 1. Matematik va fizik mayatnikka ta’rif bering?
2. Fizik mayatnikning tebranish davri nimalarga bog‘liq?
3. Fizik mayatnikning keltirilgan uzunligi nima?
4. Shteyner teoremasini tushuntirib bering?
5. Nima sababdan mayatnikning burchakli amplitudasi 50 dan ortmasligi kerak?
6. Erkin tebranishlar deb nimaga aytiladi?
7. Qanday tebranishlar izoxron deb ataladi?
Adabiyotlar:
A.V.Sivuxin, Umumiy fizika kursi. 1t. 39, 41 §§
S.P.Strelkov, Mexanika, 24, 52, 124 §§
M.Rahmatullaev, Umumiy fizika kursi. Mexanika. 57 §.
2-LABORATORIYA ISHI TEKIS TEZLANUVCHAN HARAKAT QILAYOTGAN JISMNING TEZLANISHINI ANIQLASH Ishning maqsadi: 1. Tezlanuvchan harakatda tezlanish tushunchasini tajriba asosida mustahkamlash. 2. Tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jismning tezlanishini aniqlashni o‘rganish.
Kerakli asbob va qurilmalar: Po‘lat va plastmassa sharchalar. Silindrsimon metallar va yog‘och go‘lachalar. O‘lchov tasmasi yoki chizg‘ich. Elektron sekundometr. Turli qalinlikdagi brusoklar. Metalldan yoki yog‘ochdan yasalgan qiyalik burchagi rostlanadigan qo‘shnovli qiya tekislik.