O‘lchashlarning yozilish tartibi va bajarilgan laboratoriya ishi to‘g‘risidagi hisobot O‘lchanayotgan fizik kattaliklar ikki va undan ortiq bo‘lib, ulardan faqat bittasi funktsiya rolini, qolganlari esa argument vazifasini o‘taydi. Xullas, ular orasidagi funktsional bog‘lanish tenglik yoki tenglama ko‘rinishida beriladi. Shu tenglikning chap tomonidagi kattalikning qiymati uning o‘ng tomonidagi kattaliklar qiymatini hisoblash orqali quyidagi tartibda topiladi.
1. Tenglikning o‘ng tomonida qatnashuvchi barcha kattaliklarning qiymatlari etarli darajada aniq o‘lchanadi va uning chap tomonidagi kattalik (funktsiya) ning qiymati berilgan tenglik yordamida hisoblanadi.
2. O‘lchash natijalarinn hisoblab chiqishda ulardan avvalo eng ishonchlilari olinadi. Noaniqroq bo‘lgan natijalar tashlab yuborilib, o‘lchash takrorlanadi. Har bir o‘lchash natijasining o‘rtacha arifmetik qiymati, uni aniqlashdagi o‘rtacha absolyut xatolik va nisbiy xatolik topilib, natija quyidagicha yoziladi:
1-LABORATORIYA ISHI
OG‘IRLIK KUCHINING TEZLANISHINI MATEMATIK MAYATNIK YORDAMIDA ANIQLASH
Ishning maqsadi:
matematik mayatnikning tebranish qonuniyatlari bilan tanishish, uning yordamida yer tortish maydonidagi erkin tushish tezlanishini aniqlash. Fizik mayatnik xossalarini o‘rganish va tajribada erkin tushish tezlanishini aniqlash
Kerakli asboblar :
po‘lat sharcha, cho‘zilmaydigan ingichka ip, sekundomer, o‘lchash lineykasi, fizik mayatnik.
NAZARIY MA’LUMOT
Fizikada qaytaruvchi kuch ta’sirida qo‘zg‘almas o‘q yoki tayanch nuqtasi atrofida tebranayotgan qattiq jism mayatnik deb yuritiladi. Matematik mayatnik
Muvozanat (OA) vaziyatda mayatnik vertikal holatda bo‘lib sharchaning mg og‘irlik kuchi 0 osilish nuqtasi orqali o‘tadi (kuch elkasi va bu kuchning aylantiruvchi momenti nolga teng). Mayatnik muvozanat vaziyatdan chiqarilib, burchakka og‘dirilganda sharchaga ta’sir qiluvchi
1-rasm aylantiruvchi moment hosil bo‘ladi,
bu yerda l sin - mg - kuchning yelkasi " - " ishorasi bilan burchak muvozanat vaziyatdan boshlab o‘lchashni, aylantiruvchi moment esa mayatnikni muvozanat vaziyatiga qaytarishi hisobga olingan. Aylanma harakat dinamikasining asosiy tenglamasini bu xolda
(1)
ko‘rinishda yozish mumkin. Bu yerda : J = ml2- sharchaning inersiya momenti, sharchaning burchakli tezlanishi.
(1) formulani ml 2 ga bo‘lib
(2)
ifodani hosil qilamiz.
Kichik og‘ish burchaklarida sin deb hisoblash mumkin (bunda radianlarda o‘lchanishi zarur). U xolda (2) formula
(3)
ko‘rinishga keladi. Bu differensial tenglamaning echimi
(4)
bo‘lib garmonik tebranishni ifodalaydi, bu yerda :
A - tebranishlar amplitudasi.
- boshlang‘ich faza.
-xususiy terbanishlarning siklik chastotasi,
- ekanligini hisobga olsak (0 va T0 -mayatnik xususiy tebranishlari chastotasi va davri), matematik mayatnikning xususiy (erkin) tebranishlari davri uchun
(4)
ifoda hosil buladi.
og‘ish burchagi yetarilicha katta bo‘lganda (2) tenglamaning echimiga mos kelgan tebranishlar davri
ko‘rinishda bo‘ladi. Tebranishlar A amplitudasi kichik bo‘lganda bu formula (4) ko‘rinishga keladi. (4) formuladan
(5)
munosabat kelib chiqadi.