Physics uzb 211024 indd



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix12.10.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#154186
vFQYXuRkN0hPq591yvF5uRRDENZNB9aMeeSFDdPj



7-Laboratoriya ishi.
 
Mavzu: «Linzaning fokus masofasi
va optik kuchini o‘lchash».
Ishning maqsadi:
Linzaning fokus masofasi va optik 
kuchini аniqalashni o‘rganish.
Kerakli jihozlar:
Nuqtaviy yorug‘lik manbai, yig‘uvchi (ikki tomonlama) 
qavariq linza, ekran, chizg‘ich.
Texnika xavfsizligi:
Jihozlarni ish stoliga shunday joylashtiringki, ular o‘z joyidan 
siljib yoki tushib ketmasin. Buning uchun metal plastina va magnit taglik ko‘rinishidagi 
maxsus ish maydonidan foydalaning. Linza va ekran shishadan tayyorlangan, shisha 
esa mo‘rt materialdir. Ularni ishlatish vaqtida ehtiyot bo‘ling. Agar linza yoki ekranda 
yoriq yoki singan joylarni ko‘rgan bo‘lsangiz, bu haqida o‘qituvchingizga xabar bering.
Video va boshqa 
materiallar
Ishni bajarish tartibi:
1. Linzani ko‘zgu va ekran orasiga ekranda 
biror buyumning aniq tasvirini olish mumkin 
bo‘ladigan darajada joylashtiring.
2. Linzadan olingan tasvirgacha bo‘lgan 
masofani o‘lchang. Linzaning fokus masofasi 
deb linzaning optik markazi orqali o‘tadigan 
yorug‘lik nurlarining kesishgan nuqtasiga 
qadar bo‘lgan masofaga (fokusiga) aytiladi. 
Bu masofa (taxminan) linzaning 
F
fokus 
masofasidir. Olingan natijani santimetr va 
metrlarda ifodalang.
3. 
Linzaning 
D
optik kuchini hisoblang. Linzaning optik kuchi uning fokus masofasiga teskari 
proporsional va quyidagi formula bilan aniqlanadi:
4. 
1
D = ---
F
. dioptriyalarda [dptr] o‘lchanadi.
Hisoblash namunasi:
1. Linzaning fokus masofasi: 
F = 15 sm = 0,15 m.
2. Linzaning optik kuchi: 
1
D = --- = 10,67 = 6,7 dptr. 
F
Xulosa:
Ishni bajarish davomida biz linzaning fokus masofasi va optik kuchini aniqlashni o‘rgandik.
1-rasm. 
9-sinf 7-Laboratoriya ishi.


Nazorat savollari va javoblari:
1. Qavariq linzaning optik o‘qida yotuvchi va linzaning fokusi deb ataluvchi nuqta 
qaysi jihati bilan e’tiborni o‘ziga tortadi?
2. Yig‘uvchi linza nechta fokusga ega? Bu fokuslar linzaga nisbatan qanday 
joylashgan?
3. Sochuvchi linzalarda ham fokus mavjudmi?
4. Agar bir linzaning fokus masofasi ikkinchi linzanikidan uzunroq bo‘lsa, unda bu 
linzalardan qaysi biri ko‘proq yaqinlashtirib ko‘rsatadi?
9-sinf 7-Laboratoriya ishi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin