Ishning bajarish tartibi: 1.Berilgan ingichka sim diametri mikrometr yordamida bir necha marta o`lchanadi va yozib olinadi. Olingan natijalardan simlarning diametri to‘iladi.
2.Simni to`g`irlab, mikroskop stolchasiga obektiv ro`parasiga joylashtiramiz. So`ngra mikroskopni sozlab sim aniq ko`rinadigan qilib olamiz.
3.SHundan so`ng shtativga masshtabli lineyka gorizontal vaziyatda maxkamlanadi va mikroskopga nisbatan, aniq ko`rish masofasiga (25 sm) ga shunday joylashtiramizki, okulyar ustiga o`rtasidan siri ko`chirilgan 45° burchak ostida taglikka o`rnatilgan ko`zguni qo`ysak, kattalshgan sim va uning ko`ndalang bo`lib joylashgan lineykasining tasviri baravariga yaniq ko`rinsin. Bunday ko`zguga tushirilgan lineyka shkalasi yordamida mikroskopda ko`rilgan sim tasvirining diametri o`lchab olinadi.
4.Topilgan qiymatlarni, ya’ni sim diametri S2 va sim diametrining mikroskopda olingan tasvirini diametri S3 ni (2) formulaga qo`yib, mikroskopning kattalashtirishi Um ni topamiz.
5.Soch tolasi yoki boshqa simni olib, yuqoridek yo`l bilan yana mikroskopning kattalashtirishi aniqlanadi.
Nazorat savollari: 1.Mikroskopningtuzilishi va nur yo`li (chizib ko`rsatilsin).
2.Mikroskopning kattalashtiriyayshi.
3.Mikroskop kattalashtirishining chegaraviy qiymati va uning cheklanganligi sabablari.
Adabiyot: 1.V.Savelgev. Umumiy fizika kursi. TZ, 1976, § 146, 52-54 bet.
2.F.K-Korolev. Kurs fiziki. 1976.
3.Fizikadan praktikum. Prof.V.I.Ivanova taxriri ostida. 1960. 72 vazifa3-mashq, 489-500 betlar.
15-LABARATORIYA ISHI FOTOMETRIYA QONUNLARINI O‘RGANISH
Kerakli asboblar: fotometriya qonunlarini o`rganish uchun asbob,mikroampermetr, past kuchlanishli voltmetr, linza,yoritgich, doiraviy tirqishning yuzi 6 sm bo‘lgan diafragma.
Nazariy ma’lumotlar Ko`zgi yoki qandaydir qabul qiluvchi apparatga Yorug`likning ta’siri eng avvalo ularga Yorug`lik to‘lqini tomonidan olib o`tilgan energiyaning uzatilishidan iborat. SHuning uchun, optik xodisalarning qonuniyatlarini o‘rganishdan oldin Yorug`likni o‘lchash - fotometriya xaqida ma’lum tasavvurga ega bo‘lish kerak.
F otometriyada Yorug`lik olib o`tilgan energiya yoki energiyaga bog`liq bo`lgan muayyan kattaliklar o`lchanadi. Avvalo o`lchash jarayonida ishtirok etuvchi kattaliklarni aniqlashtirish zarur. Bu kattaliklarni tanlash ularni bevosita sezuvchi qabul qilish asboblarning xususiyatlariga xamda ular uchun etalonlar imkoniyatlari bilan belgilanadi.
I.Yorug`lik KUCHI. O`lchamlari o`zidan kuzatish nuqtasigacha bo`lgan masofaga nisbatan xisobga olmaslik mumkin bo`lgan darajada kichik bo`lgan Yorug`lik manbasi nuqtaviy manba deyiladi. Nuqtaviy manbani xarakterlash uchun Yorug`lik kuchidan foydalaniladi. Birlik doiraviy burchakka to‘g`ri keluvchi nurlanish oqimi Yorug`lik kuchi deb ataladi va ℑ bilan belgilanadi : ℑ (1) Bu yerda, kattalika doiraviy burchak buyicha nurlanuvchi Yorug`lik oqimi. Yorug`lik kuchi yo‘nalishga bog`liq bo`lmagan izotrop manbalar uchun ℑ = 4πℑ, ℑ = (2)bo‘ladi ( F - manbadan barcha yo`nalishlar bo‘yicha nurlanuvchi Yorug`likning to‘liq oqimi).
Yorug`lik kuchining SI dagi birligi "Kandela" asosiy birlik xisoblanadi: Temperagurasi 2042,5°K (platinaning normal bosimda temperaturasi) (1/60 sm yuzadan o`tuvchi Yorug`likning kuchi 1 kandela deb qabul qilingan. Yorug`lik kuchi yo`nalishga bog`liq bo`lib, bu bog`lanish nurlanish yo`naluvchanligi diagrammasi bilan xarakterlanadi.
2. Yorug`lik oqimi. Bu fotometrik kattalik Yorug`lik nurlanishining, ko‘rish sezgisi orqali baxolanadigan, quvvati sifatida aniqlash mumkin. Yorug`lik oqimining SI dagi birligi lyumendir (lm). Birlik kuchi I kandela (kd) bo‘lgan manbadan I steradian (sr) fazaviy burchak ichi bo`ylab yuborilgan Yorug`lik oqimi I lyumen deb olinadi: F =ℑ dΩI lm = I kd I sr (3)
3.Yoritilganlik. Qandaydir sirtning unga tushayotgan Yorug`lik tomonidan yoritilish darajasi (4) kattalik bilan xarakterlanadi va yoritilganlik deb yuritiladi.(dFtushmanbadan dS yuza elementiga tushuvchi Yorug`lik oqimi).
Yoritilganlik - birligi lyuksdir (lk). Yuzasi I m2 bo`lgan sirtga tushuvchi I lyumen (lm) Yorug`lik oqimi tomonidan xosil qilingan yoritilganlik I lyuks (lk) deb olinadi: