Tayyor mahsulotlar – bu mazkur korxonada qaytadan ishlashni talab qilmaydigan, standartlar va texnik shartlariga to‘liq javob beradigan, texnik nazorat bo‘limi (TNB) yoki maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan va korxona omboriga topshirilgan yoki buyurtmachi tomonidan qabul qilingan buyum va mahsulotlardir.
Omborlarda mahsulot harakatining miqdor ko‘rsatkichlaridagi hisobi varaqlarda yuritiladi. Varaqaga har bir kirim va chiqim hujjatlari asosida mahsulot harakati bilan bog‘liq operatsiyalar yozib boriladi. Tayyor mahsulotning ombordagi hisobi operativ buxgalteriya usulida tashkil qilinadi, ya’ni har bir buyum nomenklatura raqamiga ombor materiallari hisob kartochkasi ochiladi (№ M-17) tayyor mahsulotning kelib tushishi va chetga borilishi bilanoq ombor xodimi hujjatlar asosida ularning sonini kartochkalarga yozib qo‘yadi va har bir yozuvdan keyin hisoblab qo‘yiladi. Buxgalter har kuni tugagan sutka uchun ombordan hujjatlarni qabul qilib olishi kerak (qabul qilish-topshirish nakladnoyi, buyruq-nakladnoy, tovar-transport). Ombor hisobining to‘g‘ri yuritilganligi ombor hisobi kartochkasiga buxgalterning imzosi bilan tasdiqlanadi. Moddiy javobgar shaxs ombor hisobi kartochkalari asosida har oyda tayyor mahsulot nomenklaturasi, o‘lchov birligi soniga tayangan holda tayyor mahsulotning qoldiq hisobi vedomostini to‘ldiradi. Bu yerda hisob baholari bo‘yicha qoldiqlar taksirovka qilinadi va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtiriladi.
Tayyor mahsulotni jo‘natishni hisobga olish. Ombordan tayyor mahsulot xaridorlarga korxonaning sotish bo‘limi buyrug‘iga asosan jo‘natiladi. Mahsulotni sotish xaridor korxonalar bilan tuzilgan shartnoma va jo‘natish grafigiga muvofiq amalga oshiriladi. Sotish rejasini bajarishda xaridorlarga jo‘natilgan mahsulot hisobini to‘g‘ri tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Buni mahsulot ortib jo‘natishdan tortib to uning uchun xaridorlardan pul kelib tushgunicha bo‘lgan Tovar mahsulotining harakatini doimiy ravishda kuzatib turish kerak. Bunday nazorat har bir dastlabki hujjat bilan jo‘natilgan mahsulot bo‘yicha alohida yuritilib, shu mahsulotning qachon va kimga jo‘natilganligi, uning yo‘ldagi harakatiga qancha vaqt ketishi kerakligi va haqiqatda qancha vaqt ketganligi, qanday xaridorlar mahsulotni qachon qabul qilib olganliklari va qachon pulini to‘lash kerakligi, qanday xaridorlar ularga jo‘natilgan mollar uchun pul to‘lamagan va nima uchun to‘lanmaganligini, xullas, yo‘ldagi barcha tovar mahsulotning taqdiriga doir masalalar haqida xabardor bo‘lib turish imkonini beradi.
Mahsulotning sotilishi korxona mablag‘lari aylanishining yakunlovchi jarayonidir. Bu jarayon korxona tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotning xalq xo‘jaligi iste’molida o‘z o‘rnini topganligini anglatadi. Hozirgi paytda korxona ishini baholashda mahsulot sotilishi asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Xalqaro hisobda mahsulot, tovarlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan tushumni belgilashning ikki usuli mavjud:
Kassa usuli-bunda sotuvdan olingan tushum, yuklab jo‘natilgan mahsulot uchun haq sifatida pul kelib tushishiga qarab e’tirof etib boriladi.
Yuklab jo‘natish usuli- bunda mahsulot xaridorlarga jo‘natilib,
T/r
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
Debet
Kredit
1
Savdo korxonalarining asosiy va yordamchi ishlab chiqarishdan qayta ishlash jarayonida olingan tayyor mahsulot kirim
qilish
2810
2010,
2310
2
Mahsulotni sotishdan olin-gan daromad aks ettirildi
Mahsulotlar xaridorlarga jo‘natilganda jo‘natilgan tovar qiymatiga quyidagicha provodka beriladi:
9110
2810
5
Ishlab chiqarishdan omborga tayyor maxsulot o`tkazildi
2810
2010
6
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomad, agar aybdor
shaxs aniqlanmagan bo‘lsa
5910
2810
7
Inventarizatsiya natijasida moddiy javobgar shaxs aybi bilan
aniqlangan kamomad
4730
2810
6-11. Mehnat va ish haqi hisobi Mehnat va ish haqi hisobi - hisob ishlarining aniq va operativ ma’lumotlar talab qiluvchi eng muhim hamda qiyin sohalaridan biridir. Unda xodimlar sonining o‘zgarish ish vaqtining sarflanishi, mehnatga haq to‘lash fondi, to‘lov turlari va xodimlar toifa bo‘yicha hamda mehnatga haq to‘lash fondidan tashqari amalga oshiriladigan boshqa to‘lovlar korxonaning har bir xodimi bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Bu ma’lumotlar asosi mehnat unumdorligi mehnat resurslaridan foydalanish, xodimlar soni, ish fondining sarflanishi va boshqalar bo‘yicha reja topshiriqlarining bajarilishi ustidan nazorat ana shu ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan korxonaning buxgalteriya xizmati oldida mehnat me’yori va unga haq to‘lashni hisobga olish, nazorat qilish vazifalari ham belgilanadiki, bu esa:
• ishbay ishlovchilar va boshqa xodimlarning ish sifatini to‘g‘ri va o‘z vaqtida hujjatlar bilan rasmiylashtirishni, shuningdek, ish haqini hisoblash va uni belgilangan muddatlarda to‘lashni;
• hisoblangan ish haqi summalarini va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalarni ishlab chiqarish xarajatlariga kiritish uchun xarajatlarning yo‘nalishlari bo‘yicha aniq taqsimlashni;
• ish haqidan byudjetga majburiy to‘lovlarni, shuningdek qurilish tashkilotga yetkazilgan moddiy zararni ayrim tashkilotlar va jismoniy shaxslar foydasiga to‘g‘ri va o‘z vaqtida ushlab qolish va o‘tkazishni;
• xodimlar soni va ish vaqtidan foydalanishni nazorat qilishni ta’minlashi
kerak.
Mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir. Respublikamiz korxonalarida mehnatga haq to‘lash tizimi tarifli va tarifsiz mehnatga haq to‘lash tizimlari asosida shakllanadi.
Tarif tizimi – bu mehnatning murakkabligi va sharoitlaridan, ishlarni bajarishning tabiiy-iqlim sharoitlaridan, mehnatning tezkorlikligi hamda tavsifidan kelib chiqqan holda, mehnatga haq to‘lashni tabaqalashtirishga yordam beradigan me’yorlar jamalamasidir.
Mehnatga haq to‘lashning tarif tizimini tashkil qiluvchi asosiy omil bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- tarif stavkasi va setkasi;
- tarif-malakay ma’lumotnomalari;