Debet
| | | |
Kredit
| | | |
1
|
Mol yetkazib beruvchilardan materiallar olindi
|
1010-1090
|
6010
|
2
|
Asosiy vositalarni tugatish natijasida kelib tushgan
materiallarning qiymati
|
1090
|
9210
|
3
|
Ta’sischilardan ularning ulushi hisobidan turli xil
materiallarning kelib tushishi
|
1010-1090
|
4610
|
4
|
Ajratilgan bo‘linmalar, sho‘ba va qaram xo‘jalik
jamiyatlaridan materiallarning kelib tushishi
|
1010-1090
|
6110,
6120
|
5
|
Boshqa shaxslardan materiallarning tekinga olinishi
|
1010-1090
|
8530
|
6
|
Materiallar kirim qilingandan keyin aniqlangan yaroqsizlik
(defekt) bo‘yicha mol yetkazib beruvchiga bildirilgan da’vo
|
4860
|
1010-
1090
|
7
|
Transport-tayyorlov xarajatlarining materiallar tannarxiga
kiritilishi
|
1010-1090
|
1510
|
8
|
Yaroqsiz mahsulotdan qolgan materiallarning kirim qilinishi
|
1090
|
2610
|
9
|
Materiallarning haqiqiy tannarxi bo‘yicha kirim qilinishi
(1500 schyot qo‘llanilganda)
|
1010-1090
|
1510
|
10
|
O‘zida ishlab chiqarilgan materiallarning kirim qilinishi
|
1010-1090
|
2310
|
11
|
To‘lovi inkor etilgan oldin bildirilgan da’vo summasining
hisobdan chiqarilishi
|
1010-1090
|
4860
|
12
|
Asosiy, yordamchi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatuvchi
xo‘jaliklarga materiallarning chiqarilishi
|
2010, 2310,
2510, 2710
|
1010-
1090
|
13
|
Ma’muriy ehtiyojlar uchun materiallarning berilishi
|
9420
|
1010-
1090
|
14
|
Yaroqsiz mahsulotni tuzatish uchun materiallarning
sarflanishi
|
2610
|
1010-
1090
|
15
|
Mahsulotlarni sotish uchun idishlarning sarflanishi
|
9410
|
1060
|
Moliyaviy hisob predmeti va usullari
Moliyaviy hisobning predmeti- korxonaning xo`jalik mablag`lari va ularning tashkil toppish manbalarini ularni xo`jalik jarayonlari natijasida o`zgarib borishlarini yoppasiga , uzluksiz, qonun qoidalarga asosan hujjatlarda to`liq , aniq va to`g`ri aks ettirish.
Moliyaviy hisob usullari :
2 yoqlama yozuv
Hujjatlashtirish
Baholash
Kalkulyatsiya
Inventarizatsiya
Buxgalteriya balansi
Hisobot
Schyotlar rejasi
Hisob kitob schyotidagi pul mablag’lari hisobi
Yuridik shaxs sifati faoliyat ko’rsatayotgan va mustaqil balansiga ega bo’lgan korxonalar tijorat banklaridan birida o’zlarining hisob–kitob schyotini ochadilar. Markaziy Bank yo’riqnomasiga binoan korxona o’zi tanlagan bankda pul mablag’larini saqlash, barcha turdagi hisob-kitoblarni, kredit va kassa operatsiyalarini amalga oshirish uchun so’mda va talab qilib olgungacha valuta depozit schyotini ochishlari mumkin.1 Тalab qilib olgungacha bo’lgan so’mdagi depozit schyotlarini ochish uchun yuridik shaxs – rezidentlar bankka quyidagi hujjatlarni topshiradilar:
yuqorida keltirilgan yo’riqnomaning 1 – ilovasida keltirilgan shaklda schyot ochish uchun ariza;
statistika organlari tomonidan korxonalar, tashkilotlarning yagona davlat ro’yxatiga kiritilganligi to’g’risidagi notariusda tasdiqlangan guvohnomaning ko’chirmasi;
yuqori organ yoki ta’sischilar majlisida tasdiqlangan ustav yoki nizomdan notariusda tasdiqlangan ko’chirma, davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risida hujjat:
notariusda tasdiqlangan ko’chirma yoki qonunchilikda belgilangan tartibda ro’yxatga oluvchi organ tomonidan tasdiqlangan ko’chirma. Davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi hujjat faqat mazkur obyekt uchun qonunchilikda nazarda tutilgan bo’lsa topshiriladi;
soliq organida ro’yxatdan o’tganligi va idensifikatsiyalashgan soliq to’lovchi raqami berilganligi to’g’risida notariusda tasdiqlangan guvohnoma ko’chirmasi yoki shaxs soliq to’lovchi subyekt emasligi to’g’risida ma’lumot;
imzo namunalari va muhrning izi tushirilgan kartochka;
yuqorida aytib o’tilgan yo’riqnomada belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Ochilgan hisob–kitob schyotida bo’sh pul mablag’lari va mahsulot (ish va xizmat) lar sotishdan tushgan pul, bankdan olingan uzoq va qisqa muddatli kreditlar hamda boshqa tushumlar saqlanadi.
Hisob–kitob schyotidan korxonaning olingan materiallar, asosiy vositalar uchun mol yuboruvchiga to’lanmalari, budjetdan, ijtimoiy sug’urtadan bo’lgan qarzni to’lash, ish haqi berish uchun kassaga olingan pul va boshqa zaruriyatlar uchun to’langan pul mablag’lari aks ettiriladi.
Odatda bank tomonidan har qanday pul o’tkazib berish yoki naqd pul berish korxona yoki hisob–kitob schyotini tasarruf etuvchining buyrug’i yoki u bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Lekin bank quyidagi hollarda korxona roziligini olmay boshqa tashkilotlarning hujjatlari bo’yicha uning hisob–kitob schyotidan pulni majburiy o’tkazib beradi: moliya va soliq organlarining buyrug’i bo’yicha to’lanmagan soliq va yig’imlar, shuningdek ular bo’yicha jarima va boqimandalar summasini; qondirilgan da’volar summasini – ijro varaqalari, xo’jalik sudining bo’yrug’i bo’yicha; kreditdan foydalanganligi uchun foiz summasini, muddatida to’lanmagan kredit summasini; bank tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar summasini.
Hisob-kitob schyoti bo’yicha sodir bo’ladigan operatsiyalarni hisobga olish uchun korxonada 5110 - «Hisob-kitob schyoti» ochiladi. Bu schyot aktiv bo’lib, uning debetida hisob-kitob schyotiga tushgan barcha tushumlar, kreditida esa - hisob-kitob schyotidan barcha sarflangan pul mablag’lari aks ettiriladi. Bu schyotning debet saldosi hisob-kitob schyotida pul mablag’larining qolgan qoldig’ini ko’rsatadi. Bu schyotda boshqa aktiv schyotlar kabi kredit qoldiq bo’lmaydi.
Uzoq muddatli investitsiyalar hisobi
Investitsiya inglizcha investment so’zidan olingan bo’lib, sarmoya qo’yish degan ma’noni anglatadi. O’zbekiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati to’g’risida»gi Qonunining 2- moddasiga binoan, investitsiyalar - iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar.
Dostları ilə paylaş: |