Tarif stavkasi – ish vaqti uchun to‘lanadigan mehnat haqimiqdorini pul ko‘rinishida ifodalanishidir.
Tarif setkasi - bu razryadlar va ularga tegishli bo‘lgan tarif koeffitsiyentlari ko‘rsatiladigan hujjatdir.
Oddiy ishbay shaklida ishchilar mehnat haqlarining ko‘payishi ularning ishlab chiqargan mahsulot miqdoriga bog‘liq bo‘lib, unda har bir ishlab chiqarilgan mahsulot uchun haq bir xil bahoda baholanadi.
Ishbay-mukofot shaklda mahsulot sifati yoki ishchilarning ishlab chiqarish faoliyatini boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha mukofot, ishbay ish haqi summasidan tashqari hisoblanadi.
Akkord - barcha ishlarni bajarilish muddati va summasini ko‘rsatib ularni kompleksi baholanadi.
Ishbay-progressiv shaklda belgilangan norma doirasida ishlab chiqarilgan mahsulot uchun haq to‘g‘ri( o‘zgarmas) bahoda to‘lanadi, normadan ortiqcha ishlab chiqarilgan mahsulot uchun haq belgilangan shkala bo‘yicha oshirilgan bahoda, ammo ishbay bahoning ikki hissasidan oshmagan miqdorda to‘lanadi.
Vaqtbay shaklda mehnatga haq to‘langanda ish haqi hisoblash uchun asos bo‘lib ishchining sarflagan vaqti va tarif stavkasi xizmat qiladi. O‘z navbatida, mehnatga haq to‘lashning vaqtbay shakli oddiy-vaqtbay va vaqtbay-mukofot tizimlariga bo‘linadi.
Oddiy-vaqtbay - ish haqi bevosita ishlagan vaqt miqdoriga bog‘liq.
Vaqtbay-mukofot- ishning sifati, material, yoqilg‘ilarni iqtisod qilinishi, bekor turishlarini qisqarishi, mashina va uskunalarning to‘xtovsiz ishlashi va boshqa ko‘rsatkichlarga qarab mukofot, oddiy vaqtbay tizimi bo‘yicha to‘langan ish haqiga qo‘shimcha ravishda hisoblanadi.
Asosiy ish haqi, bu ishchining ishlagan vaqti, bajargan ishining miqdori va sifatiga asosan hisoblangan ish haqidir: ishbay ishlagani uchun hisoblagan ish haqi, tarif stavkalari, okladlar, mukofotlar, asosiy ish vaqtidan tashqari ishlagan ish vaqtiga hisoblangan qo‘shimcha ish haqi, ishchi aybiga bog‘liq bo‘lmagan holda turib qolishlarga hisoblangan ish haqi.
Qo‘shimcha ish haqi, bu mehnat qonunchiligida ko‘zda tutilgan ishchining ishlamagan ish vaqti uchun hisoblangan ish haqidir.