Xo’jalik hisobi turlariga ta’rif bering Xo’jalik mablag’lari va -www.hozir.org
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagi turlari mavjud: • Real investitsiyalar;
• Moliyaviy invstitsiyalar;
• Intellektual investitsiyalar.
Real investitsiyalar - bu korxona asosiy vositalarini vujudga keltirish va takror ishlab chiqarishga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo’shiladigan investitsiyalardir. Buxgalteriya hisobida bu turdagi investitsiyalar kapital qo’yilmalar sifatida e’tirof etiladi.
Moliyaviy investitsiyalar - daromad olish (xuddi foizlar, royalti, dividendlar va ijara haqi singari) va asosiy kapital qiymatini ko’paytirish maqsadida uning tasarrufida bo’lgan korxona aktivlaridir.
Intellektual investitsiyalar - bu korxonaning intellektual boyliklarni xarid qilishga sarflagan mablag’laridir.
Moliyaviy investitsiyalar muddatiga ko’ra qisqa muddatli va uzoq muddatli bo’ladi.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar - bu uzoq muomala muddatiga ega (12 oydan ortiq) aktivlarning sotib olinishiga oid investitsiyalardir.
Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar - o’zida muomala muddati 12 oydan oshmaydigan, engil sotiladigan moliyaviy aktivlarning xarid qilinishiga oid investitsiyalardir.
Hosilaviy qimmatli qog’ozlar - bu shartnomalar bo’lib, ular bo’yicha bir tomon qimmatli qog’ozlarning ma’lum bir miqdorini ma’lum muddatda kelishilgan narxda sotib olish yoxud sotish huquqi yoki majburiyatini oladi. Ularning quyidagi turlari mavjud:
• optsion;
• varrant;
• fyuchers.
Optsion (lotincha optio so’zidan olingan bo’lib, tanlov degan ma’noni anglatadi) - bu bitimda ishtirok etayotgan tomonlarning biriga qimmatli qog’ozlar ma’lum bir miqdorini muayyan vaqt mobaynida belgilangan narxda sotib olish yoki kontragentga sotish huquqini beruvchi shartnomadir. Kontragent esa, mukofot evaziga ushbu huquqni amalga oshirish majburiyatini o’z zimmasiga oladi.
Varrant (nemischa warrant so’zidan) - bu uning egasi ma’lum muddat davomida yoki ma’lum bir kunda varrantlar emitenti tomonidan dastlabki chiqarilgan qimmatli qog’ozlarni xarid qilish huquqini olganligi tasdiqlovchi hujjat.
Fyuchers (inglizcha future so’zidan olingan bo’lib, kelajak ma’nosini anglatadi) kelishilgan miqdordagi qimmatliklarni ma’lum vaqt mobaynida bitim tuzish vaqtida belgilangan narxda etkazib berish to’g’risidagi shartnomalarni o’zida namoyon qiladi.