Tovar-moddiy zaxiralarni uzluksiz hisobga olish tizimidan foydalanilganda tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish schyotlarida ularning kelib tushishi va chiqib ketishi bo‘yicha operatsiyalar batafsil aks ettirib boriladi. Natijada butun hisobot davri mobaynida quyidagilar aniq bo‘ladi: ma’lum bir tovar-moddiy zaxiralarning mavjudligi va sotilgan zaxiralarning tannarxi. Sotilgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi, sotishning borishiga qarab «Sotilgan mahsulot tannarxi» schyotida aks ettiriladi.
Tovar-moddiy zaxiralarni davriy hisobga olish.Davriy hisobga olish tizimi qo‘llanilganida yil davomida tovar-moddiy zaxiralarni batafsil hisobi yuritilmaydi. Tovar-moddiy zaxiralarning haqiqatdagi mavjudligi ularni inventarizatsiya natijalari bo‘yicha aniqlanadi. Sotilgan tovar- moddiy zaxiralarning tannarxi ularni inventarizatsiyasi yakunlanishiga qadar aniqlanishi mumkin emas.
Moliyaviy hisobot transformatsiyasi.
Hisobotni MHXSga muvofiq tuzilgan hisobotga transformatsiya qilinishi bu – BHXS bo’yicha tuzilgan hisobot ma’lumotlari asosida quyidagilarni o’zgartirish asosidaMHXSga muvofiq hisobot tuzish jarayonidir:
Tan olish (tasniflash va baholash) va
MHXS talablariga muvofiq holda, buxgalteriya hisobining ob’ektlari haqidagiaxborotni ochish
2 xil usulda amalga oshirilishi mumkin:
Kompaniyaning o’zi tomonidan;
Tashqi mutaxassislarni jalb etgan holda.
Tashkilot MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotini tayyorlayotgan sanadan kuchga kirib bo’lgan xamma MHXSlarni qo’llashi kerak.MHXSga o’tish quyidagilarning shakllanishini o’z ichiga oladi:
1. Hisobot sanasida barcha standart talablariga javob beradigan hisob siyosatiningshakllanishi;
2. O’tish sanasida MHXS bo’yicha kirish balansi.
3. MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobot tayyorlangan sanadan hech bulmaganda bir yil oldingi yil uchun kiyosiy ma’lumotlar;
4. MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobot;
5. MHXSga o’tishning ta’sirini tushuntiradigan qo’shimcha ma’lumotlarni ochish.
Hisobot transformatsiyasi jarayoni (transformatsiya bosqichlari yoki shakllari) standartketma-ketlikka ega.Biroq, transformatsiya bosqichlarining mazmuni ko’plab omillarning uyg’unlashuviga bog’liq.
Transformatsiya jarayonlarining mazmunini aniqlaydigan omillar:
1. Kompaniyaning moliyaviy-xo’jalik faoliyati xususiyatlari
2. Tashkilot buxgalteriya hisobining o’ziga xos xususiyati
Birinchisi, tuzatishlarning yo’nalishini aniqlab beradi;
Ikkinchisi, axborotni yig’ish texnikasini
Transformatsiya hisoboti