Jamoa shartnomasi- korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir.
Jamoa kelishuvi- muayyan kasb, tarmoq, hudud xodimlari uchun mehnat shartlari, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi majburiyatlarni o‘z ichiga oluvchi normativ hujjatdir.
Jamoa shartnomalari va kelishuvlari xodimlar bilan ish beruvchilarning mehnatga oid munosabatlarini shartnoma asosida tartibga solishga va ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirishga yordam berish maqsadida tuziladi.
Unumli va ijodiy mehnat qilishga bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini tasarruf etish va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanish har kimning mutlaq huquqidir. Ixtiyoriy ravishda ish bilan band bo‘lmaslik javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lolmaydi.
Har kim ish beruvchiga bevosita murojaat qilish yoki mehnat organlarining bepul vositachiligi orqali ish joyini erkin tanlash huquqiga egadir.
Buxgalteriya balansi va uning tuzilishi
Buxgalteriya balansi 15-son BHMS asosida tartibga solinadi 2002-yil 27-dekabrda Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan.
Korxonalaming ma’lum bir davrga moliyaviy holati qay darajada ekanligini, ular mablag`larining joylashishi, ishlatilishi qanday olib borilayotganligini va umuman korxona xo‘jalik faoliyatiga baho berish, nazorat etish, tekshirib borish zarur. Bu zaruriyat korxonaning boshqaruv xodimlariga hamda ichki xodimlariga, yuqori tashkilotlariga, bank, soliq inspeksiyasiga, kreditorlarga, investorlarga kerakdir. Ulaming bu masala yuzasidan talabini korxonaning balansi qondiradi. Balans moliyaviy hisobotning birinchi shakli bolib, oylik, choraklik, yarim yillik va yil oxirida bo’lishi mumkin.
Buxgalteriya balansi korxonalaming ko‘zgusi bo’lib, unda korxonaning mablagiari va ularning kelar manbasi haqiqiy holati aks ettiriladi.
Balans ikki qismdan iborat bo’lib, bir tomoni aktiv, ikkinchi tomoni passiv deb yuritiladi va unda xo‘jalik yurituvchi subeyktning mablagiari hamda ulaming shakllanish manbalari to‘g‘risidagi axborotlar jamlanadi.
Dostları ilə paylaş: |