Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yordamchi tarix fanlari


Sap daraxt - mevali daraxt va uzumlar uchun to‘lanadigan soliq, pul shaklida olingan; Dudi -



Yüklə 5,12 Mb.
səhifə68/91
tarix20.09.2023
ölçüsü5,12 Mb.
#145931
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   91
erdamchi-tarih-fanlari

Sap daraxt - mevali daraxt va uzumlar uchun to‘lanadigan soliq, pul shaklida olingan;

  • Dudi - tutun solig‘i, har bir uy yoki hovlidan o‘z ehtiyojlari uchun tayyorlangan o‘tindan foydalanganligi uchun soliq, mahsulot shaklida, keyinchalik esa pul shaklida olingan;

  • Avariz - favqulotda soliq, shaxar yoki qishloq ahalisidan urush chiqimlari va saroyda o‘tkaziladigan bayramlarni qoplash maqsadida olingan;

  • Uloq - davlat xizmatidagi odamlarga beriladigan ot;

  • Mir xazaron - ma’lum bir joyda yashovchi aholidan shu еrdagi qo‘shinni ta’minlashda olinadigan soliq.

    Amir Temur pul siyosatini olib borgan holda, bu siyosatni Movarounnahrni iqtisodiy rivojlanishi bilan mutanosiblashtirishga katta ahamiyat bergan. Shuning uchun u kuchli bo‘lmagan soliq siyosatini olib borgan. Ayrim hollarda dehqonlar xarj solig‘idan butunlay ozod etilganlari haqida tuzuklarda shunday deb yozilgan: “Agar dehqon yangi ochilgan еrda ekin eksa yoki tashlab qo‘yilgan еrni obodonlashtirsa, u birinchi yil soliq to‘lashdan butunlay ozod etilgan, ikkinchi yil qancha hohlasa shuncha soliq to‘lagan, uchinchi yil esa umumiy soliq to‘lash qoidasi bo‘yicha soliq to‘lagan”.
    Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida qayd etilganki, Amir Temur fazilatlaridan biri - davlatga va fuqarolariga g‘amho‘rligi, hayotining asosiy qonuni esa – “Kuch-adolatda” shiorida bo‘lgan. Bu qonun iqtisodiyoti va madaniyati rivojlangan, fuqarolarning hayot darajasi yuqori bo‘lgan kuchli, birlashgan, mustaqil davlatni qurish kerakligini anglatardi. Amir Temurning pul-moliya siyosati ham shu g‘oyaga qaratilgan edi.
    Temuriylar davri tangalari. Muhammad Sulton, Muhammad Jahongir va Xalil Sulton tangalari. Amir Temurning to‘rt o‘g‘li bo‘lib, to‘ng‘ichi Mirzo Jahongir Temur hayotligidayoq 1376 yili vafot etgan.
    Ikkinchi o‘g‘li Mirzo Umarshayx Fors hokimi bo‘lib, u ham Temur hayotligidayoq 1394 yili Kurdistondagi jangda o‘q tegib o‘lgan.
    Uchinchi o‘g‘li Mirzo Mironshoh 1366 yili tug‘ilib, 14 yoshidan boshlab Temurning Xurosonga qilgan harbiy yurishlarida ishtirok etgan. U Eron, Ozarbayjonning hokimi bo‘lib turgan paytda 1396 yili otdan yiqilib, aqli bir oz zaiflashib qolgan. U TabrizyaqinidagiturkmanlashkarboshisiQora Yusufbilanbo‘lganjangda o‘ldirilgan.
    To‘rtinchio‘g‘li Mirzo Shohruh 1387 yilitug‘ilgan, Amir Temuruni 1396 yili Xurosonhokimietibtayinlagan.
    Mirzo Jahongirningo‘g‘li MuhammadSulton Amir Temurningengsevimlinabirasibo‘lib, otasiJahongirvafotqilganidankeyin Temurunio‘ziningvorisietibtayinlagan. Muhammad Sulton 1374 yili tug‘ilgan bo‘lib, 24 yoshida 40 ming lashkarga boshchilik qilib, hozirgi Qirg‘izistondagi Ashpara shahri uchun bo‘lgan janglarda qatnashib, g‘olib chiqqan. 1399 yili TemurHindistonga yurishqilganvaqtda MuhammadSultonniSamarqandninghokimietibtayinlagan. U 1401-1402 yillardagi shimoli-g‘arbiy Eron va Kichik Osiyodagi urushlarda, Turkiya sultoni Boyazidga qarshi janglarda qatnashib, qaytib kelayotgan vaqtda to‘satdan kasalga chalinib, 1403 yil 13 martda vafot etgan. ShahzodaningjasadiSamarqandga dafnqilingan. Go‘ri AmirmaqbarasiAmir Temurningnabirasi MuhammadSultonnomibilanbog‘liqdir. 1405 yili Amir Temurvafotetganidanso‘nguni MuhammadSultonjasadiyoniga dafnetganlar. Bu maqbara qurilishi faqat Ulug‘bek davriga kelibgina tamomlandi va Temuriylar avlodining xilxonasiga aylantirildi. Bu еrda Mironshoh, Shohruhva Ulug‘bekhamdafnqilingan. Amir Temur o‘zining bu nabirasidan bevaqt judo bo‘lganligiga qattiq qayg‘urib, uning nomini mangu yod etish maqsadida Muhammad Sulton nomi bilan tangalar zarb etgan.
    ButangalarningaversidaQur’ondankalima va uningto‘rtburchagiga birinchito‘rthalifaningnomi, boshqa burchaklariga esa tangalarnizarbqilganshaharsanasiyozilgan.
    Samarqand 1402-03 yil. Reversdaesa
    - Sulton Mahmud Amir Temur Ko‘ragon Amir MuhammadSulton.
    - Sulton Mahmudxon Amir Temur Ko‘ragonvali al’-ahdifizomon MuhammadSulton. Sultoniya.
    - Alo a’zam Sulton Mahmudxon alo Amir Temur Ko‘ragon vali al’ ahdi amirzoda Muhammad Sulton xalidolloh mulikixu, zarb. Tabriz.
    Muhammad Sulton Amir Temurdan oldin vafot etganligidan, Temur yana bir boshqa nabirasi, Mirzo Mironshohning o‘g‘li Xalil Sultonni toj-taxt vorisi deb e’lon qiladi. XalilSulton 1384 yilitug‘ilganbo‘lib, uniSaroymulukxonimtarbiyaqilganedi. U 15 yoshidanboshlabbobosibilanharbiyyurishlarda qatnashganbo‘lib, harbiyva siyosatishlaridanboxabaredi. Amir Temur Xalil Sultonni Xitoyga qarshi yurishda (1404 yili) o‘ng qanot askarlarning qo‘mondoni qilib tayinlagan edi. U Amir Temurvafotidanso‘ng, bir oyo‘tgach, Samarqandtaxtiniegalladi. MuhammadSultonningbalog‘atga еtmagano‘g‘li MuhammadJahongirnomigagina sultondebe’lonqilindi. Nima uchun Xalil Sultonni hukmdor deb e’lon qilmadi. Uning asosiy sababi bunday edi: ““Xalil Sultonni ilgari Temurning jiyani amirzoda Alining qizi Jahon Sulton begimga uylantirib qo‘ygan edilar. Xalil Sulton qonuniy xotini bo‘la turib amir Hoji Sayfuddinning cho‘risi sohibjamol Shodimulkni yoqtirib qoladi va uni hojasidan tortib olib yashirincha nikohiga o‘tkazadi. Amir Temur buni eshitib darg‘azab bo‘ladi va yasovulboshini chaqirtirib, shahzodani qayda bo‘lsa ham tutib keltirilsin va mahdi ulyo Bayon og‘a turgan qasrga qamab qo‘yilsin, behayo Shodimulkni esa g‘ulomlardan biriga xotin qilib berib yuborilsin”, deb farmon beradi. Lekin amirlar Sohibqironning kayfiyati durustroq paytni poylab uning ko‘nglini yumshatishga erishadilar. Ammo Amir Temuro‘zboshimcha nabirasininggunohidano‘tsada, univaliahdqilishniyatidanqaytganedi”.
    Amir Temur vafotidan so‘ng Xalil Sulton kuch bilan hokimiyat tepasiga chiqqandan so‘ng, zarb qilgan kumush va mis pullarga o‘z nomi bilan birga Muhammad Jahongirning nomini “xon” so‘zini qo‘shmay zarb qildiradi. Tangalarning oldtomoniga: Qur’ondankalima va uningto‘rtburchagiga birinchito‘rt xalifa nomiva tangalarni (mirlarni) zarbqilganshahar, yillaryozilgan. Orqa tomonida: Sulton MuhammadJahongir omon az-zamon amirXalilSulton xaldollohmulikixu. 1404 - 05 yil.
    - Muhammad Jahongir al-jalil aldiyon amir Xalil Sulton xaldolloh mulikixulzarb fi sanai ashara sa-manmia, zarb 1407- 08 yil.

    Yüklə 5,12 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   91




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin