As-Sulton al-a’zam, Abulg‘oziSultonHusaynbahodir xaldollohta’olo mulikixuva sultanaxu, zarb Astrobod, 897/1491
As-Sulton al-a’zam Abulg‘oziSultonHusaynbahodir xaldollohtaolo mulikixuva sultanaxu, zarb Mashhad, 874/1469
As-Sulton al-a’zam AbultoziSultonHusaynbahodir xaldollrhtaolo mulikixuva sultanahu, zarbHirot, 890/1485 yil).
SultonHusaynBoyqaro 70 yilyashabumrining, oxirgiyillarida sholkasaliga mubtalo bo‘libqoldi. Uning 14 o‘g‘libo‘libengkattasiBadiuzzamonedi. O‘g‘illaridan еttitasi otasi hayot vaqtida vafot etgan bo‘lsada, qolganlari
otasidan keyin qolib, o‘zaro taxt uchun kurash boshladilar. 1506 yili Husaynning vafot etganini va uning o‘g‘illari o‘rtasidagi o‘zaro ittifoqsizlikni ko‘rgan Shayboniyxon otini Hirot tomon burdi. Shunday jiddiy bir paytda Abusaidning nabirasi (Umar Shayxning o‘g‘li) Zahiriddin Muhammad Bobur Hirotga borib Sulton Husayn o‘g‘illarini ittifoqlashtirib Shayboniyxonga qarshi kurashga chaqirdi. GarchiBoburniSultonHusayno‘g‘illaridanBadiuzzamonva Muzaffarlarjuda iliqkutib olganbo‘lsalarham, lekinularbirlashibketolmaganedilar. Ana shundaybirpaytda ShayboniyxonBalxniegallaganligihaqidagi xabarHirotga еtibkeladi.
Zahiriddin Muhammad Bobur Sulton Husayn o‘g‘illari bilan bir umumiy ittifoqqa kela olmaganligi orqaga qaytib, Qobulga ketadi. Shayboniyxon hujum qilib kelayotganligi
uchun u еrda ham turolmay, Hindistonning Agra shahriga chekinib,
bu еrda Boburiylar sulolasiga asos soladi. Bu saltanat Hindistonda XIX asrga qadar hukmronlik qiladi.
1507 yili Badiuzzamon bilan Muzaffarlar Shayboniyxonga qarshi kurashgan o‘g‘illari esa har tomonga qarab qochib o‘z jonlarini saqlab qolishga harakat qiladilar. 1507 yili Shayboniyxon qarshilikka uchramay osonlik bilan Hirotning saltanat taxtini qo‘lga kiritadi va o‘sha yili Hirotdagi jamoa macjidlaridan birida o‘z nomiga xutba o‘qittirib tangalar zarb qildiradi. Ana shu xutba Temur va Temuriylar avlodining Xurosondagi hukmronligiga o‘qilgan janoza fotihasi ham edi. Shunday qilib, 170 yil hukmronlik qilgan Temuriylar
hukmronligi tugatilib, uning o‘rniga yangi Shayboniylar sulolasi hukmronligi boshlanadi.