Tarixning o‘rganishda maxsus tarixiy fanlar (yordamchi tarix fanlari)nio‘rni va ahamiyati
Tarixning mazmun va mohiyatini o‘rganishda tadqiqotchi asosiy manbalar bilan birga qator maxsus va yordamchi tarix fanlarini. Jumladan, xronologiya, numizmatika, metrologiya, paleografiya, toponimika, tarixiy geografiya, sfragistika, geneologiya kabifanlarini chuqur bilishi zarur. Ushbu sohalar alohida o‘z ilmiy yo‘nalishiga ega bo‘lib, bir-biri bilan uzviy bog‘langan va manbashunoslikni tashkil etadi va tarixni chuqur o‘rganishga qaratilgan. Mazkur fanlarni an’anaviy tarzda “Yordamchi tarix fanlari” deb ataymiz. Yordamchi tarix fanlariga nisbatan “Maxsus tarixiy fanlar” iborasi ham qo‘llaniladi. Demak, Yordamchi tarix fanlari o‘zaro bog‘liq holda bir-birini to‘ldirsa-da, ularning har bir sohasining o‘z predmeti, maqsad va vazifalari, yo‘nalishi, tadqiqot metodlari mavjud. Bugungi kunda yuqorida qayd qilingan fanlar alohida mustaqil rivojlanmoqda.
Yordamchi tarix fanlari tarix fanini o'rganishda yordamchi manbalar hisoblanadi. Bu fan tarix fanining yordamchi sohalari bo'lmish; poleografiya, diplomatika, genalogiya geroldika, sfragnetika, epigrafika, numizmatika, metrologiya va xronologiya buyruqlariga tayanadi. Shular asosida tarixiy voqea va hodisalarni mohiyatini haqqoniy, holisona yoritishga ko'maklashadi. Quyida shu yordamchi sohalarning vazifasi, maqsadi haqida to'xtalib o'tamiz.
Xronologiya, numizmatika, metrologiya, paleografiya, tarixiy geografiya, tarixiy metrologiya, sfragistika, geneologiyatoponimika.
Xronologiya (Yunon. Yunon. Xronos - vaqt, logos - tushuncha bilim; vaqt haqida tushuncha) qadimiy xalqlar va mamlakatlarda amalda bo'lgan yil hisobi va taqvim (kalendarlar) ni o'rganuvchi soha.
Numizmatika(лотинча. Numizma - танга) qadimiy pullarning kelib chiqishi, tarixi, material turi, shakli, vazni, yozuvlari va zarb etilgan joyi, vaqtini o'rganadi.
Paleografiya (Yunon. Paleo - qadimiy, grafo - yozaman: qadimiy yozuv) qadimgi qo'lyozma asarlarning qog'ozi muqovasi, siyohi, yozuvi va yozish usullarini tekshiradi.