Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yordamchi tarix fanlari



Yüklə 5,12 Mb.
səhifə3/91
tarix20.09.2023
ölçüsü5,12 Mb.
#145931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
erdamchi-tarih-fanlari

Diplomatika (Yunon. Diploma - ikki buklangan kog'oz, hujjat) rasmiy hujjatlarni o'rganish va tahlil qilishbilan shug'ullanadi.

  • Genealogiva (Shajarashunoslik) «Yunoncha» urug'dosh, inson nasablarini kelib chiqishini tahlil qilish, o'rganish bilan shug'ullanadi. Shajara-arabcha (daraxt) inson nasablari va qon - qarindoshlik aloqalarining majmui.

  • Geraldika (lotin. Gerold - gerb, belgi, nishon qadimiy gerblar) turli-tuman nishonlar va belgilarni ( masalan qadimiy turkiy qabilalarning tamg'alarini o'rganadi.)

  • Sfragistika (Yunon spragis - muhr) qadimiy muhrlar, podsholar, xonlar, amirlar va qozilarning muhrlari va ularning yozuvlarini tekshiradi.

  • Epigrafika (Yunoncha epi - ustida, teppasida, grafo - yozuv, biron predmet ustidagi yozuv) tosh, metall buyumlar, yog'och va boshqa qattiq predmet ustiga uyib bitilgan qadimgi yozuvlarni o'rganadi.

  • Metrologiya (Yunon. Metron - o'lchov, logos - tushuncha bilim : o'lchovlar haqida tushuncha, o'tmishda turli mamlakat va xalqlar orasida amalda bo'lgan ogirlik, masofa va satih o'lchovlarini o'rganadi.

  • Toponimika – qadimgi va tarixiy joy nomlarini, ularning ma'no-mazmunini tadqiq qiluvchi fan sohasi.

  • Kartografiya – qadimiy, tarixiy, siyosiy, iqtisodiy, tabiiy, harbiy, dengiz, mahfiy va turli xaritalarni va xaritashunoslik tarixini o’rganuvchi fan sohasi.

  • Onomastika - (Yunoncha so'z bo'lib «onoma-ism, nom» ma'nosini anglatadi.) tarixiy ismlar, tarixiy joy atamalari, qadimgi havonlar nomlari, osmon jismlarining nomlari, xadolar nomlari va boshqalarni o’rganuvchi soha.

  • Lingvistika –qadimgi va tarixiy xalqlar, elatlar, millatlar tillarini o’rganuvchi fan sohasi.

  • Kriptografiya – mahfiy (yashirin) yozuvlarni o’rganuvchi fan sohasi.

  • Etnografiya – qadimgi va tarixiy xalqlar, millatlar va elatlarning kelib chiqishi, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, an'ana va marosimlarini o’rganuvchi fan sohasi.

    Barcha tarix ma’lumotlari moddiy – arxeologik yoki ma’naviy manbalarda ya’ni hujjat, yilnoma, solnoma va boshqa yozma yodgorliklarda ham yozilavermaydi. Shuning uchun Yordamchi tarix fanlari tarix fanini tо‘ldirishda, aniqlashtirib chuqurlashtirib о‘rganishda yordamga keladi. Lekin uni о‘z nomi bilan yordamchi fanlar deyish emas, balki maxsus tarixiy fanlar deyilishi maqsadga muvofiqdir.


    Yordamchi tarix fanlari bir-biri bilan о‘zaro bog‘liq bо‘lib, bir-birini tо‘ldirib, bir butunlikda tarix fanini chuqur о‘rganishda manba bо‘lib xizmat qiladi. Jumladan, tarixiy voqelikning qachon sodir bо‘lganligini xronologiya, qadimiy xalqlar va mamlakatlarda amalda bo'lgan yil hisobi va taqvim (kalendarlar)ni, vaqtni, sanalarni aniqlashda yordam bersa, о‘sha davr tangalaori esa tarixiy xujjatlarga kirmay qolgan tarixiy haqiqatdan xabar beradi, Numizmatika esa qadimiy pullarning kelib chiqishi, tarixi, material turi, shakli, vazni, yozuvlari va zarb etilgan joyi, vaqtini va shu orqali esa tarix fanidagi yozma manbalarda ma’lumot berilmay yoki tashlab ketilgan qiziqarli qо‘shimcha ma’lumotlarni beradi. Shuningdek, qо‘shimcha lekin tarixgni mukammal о‘rganishda boshqa tarix sohalarining ham о‘zaro bog‘liqligi va tarixni mukammal yoritishda roli benihoya kattadir. Bu sohalarni alohida о‘rganib, bir butunlikda tо‘ldirish maqsadga muvofiqdir.

    Yüklə 5,12 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin