Ulug‘bekningSamarqandsaltanatiga kelishiva uningtangalari.MirzoUlug‘bek Amir Temurning nabirasi va Shohruhning o‘g‘li bo‘lib, u 1394 yil 22 martda G‘arbiy Erondagi Sultoniya shahrida tug‘ilgan. OnasiGavharshod og‘a Chig‘atoyturk amirlaridanG‘iyosiddin Tarag‘ayningqizibo‘lgan. Uning asl ismi Muhammad Tarag‘ay bo‘lib, lekin bobosi uni yoshligidan beklarning ulug‘i deb erkalatgani uchun unga Ulug‘bek nomi ism bo‘lib qolgan. 1409 yildekabrda uSamarqandsaltanatiga o‘tirgan. Ulug‘bekSamarqandsaltanatida 40 yil (1409-1449) hukmronlikqilgan. Musulmon olamida Ulug‘bekdanboshqa bironpodshohbuqadarilm-fanda dovrug‘taratmagan. Ulug‘bekSamarqandniilm-fanmaskaniga aylantirdi, falakiyotfanirivojiga ulkanhissa qo‘shdi. Ulug‘bek davrida Movarounnahrda ilm-fan va madaniyat gulladi, savdo-sotiq ravnaq topdi.
Shohruh Mirzo o‘limidan keyin (1447 yil), Movarounnahrning yagona hukmdoriga aylangan Ulug‘bek, o‘z nomi tushirilgan kumush tangalarni chiqaradi. Ulug‘bek tangalaridan, 1448-1449 yilida Hirot shahrida chiqarilgan va 853-1449 yilda Samarqand shahrida chiqarilgan tangalar ma’lum, bundan kelib chiqadiki, bu tangalar Mirzo Ulug‘bek o‘limidan ikki yil oldin chiqarilgan.
Ulug‘bek mis tangalari Buxoro, Qarshi, Samarqand, Termiz, Shahrisabz, Shohruhiya va Andijon shahrida chiqarilgan. Keyinchalik eski tangalar muomaladan chiqarilib, yangiga almashtirilgan va bu tangalar avvalgisidan farqli o‘laroq markazlashgan holda chiqarila boshlagan.
Ulug‘bektomonidanpulmuomalasinitartibga solganchuqurislohoto‘tkazilgan. U nafaqat ko‘zga ko‘ringan olim, balki qobiliyatli moliyachi bo‘lgan. ShuninguchunUlug‘bektangalari XV1 asrningboshlarigacha muomalada bo‘lgan.
Islohotlar quyidagicha edi: 1428 yilda bu vaqtga qadar chiqarilgan kichik qiymatli mis tangalarini ishlatish ta’qiqlangan, ularni bir muncha vaqt davomida yangi, kattaroq qiymatga ega bo‘lgan tangalarga almashtirish mumkin bo‘lgan, shu yili Movarounnahrning ko‘p shaharlarida yangi tangalar chiqarila boshlangan. Almashtiruv muddati o‘tgandan keyin Buxorodan tashqari hamma shaharlardagi pul zarbxonalari yopilgan. Mis tangalar faqat Buxoro shahrida ko‘p yillar mobaynida chiqarilgan va Ulug‘bek hayotligida ham va uning o‘limidan keyin ham savdoni bir xil sharoitda rivojlanishini ta’minlagan.
Pul islohotlarini o‘tkazish o‘sha davr uchun xos bo‘lmagan va o‘z davri uchun juda kam uchraydigan ish bo‘lgan. Lekin Ulug‘bek buyuk ajdodi ishlarining davomchisi sifatida ichki va tashqi savdo-sotiqni rivojlantirish va ular uchun qoniqarli sharoit yaratish kerakligini yaxshi tushungan.
Samarqand va Buxoroda zarb qilingan kumush tangalarni Ulug‘bek o‘z nomi bilan emas, balki padari buzrukvori Shohruhning nomi bilan chiqardi. U o‘z nomidan kumush pullarni faqat otasi Shoxruh vafotidan keyingina zarb qilishga kirishdi. UningnomibilankumushpullarniSamarqandva Hirotda zarbqilishishlarifaqatgina ikkiyilu еtti oydavometdi. Shuning uchun ham Ulug‘bek nomi bilan zarb qilingan kumush tangalar kam uchraydi va noyob hisoblanadi, Shoxruhning kumush tangalarida Amir Temur tangalariga xos tamg‘a va Temurning nomi yo‘q. Ulug‘bek tangalarida esa Temur davlatining tamg‘asi bilan uning nomi esga olinadi. Masalan: “Temur Ko‘ragon himmatidin Ulug‘bek Ko‘ragon so‘zim, zarb Samarqand, 1449 yil”, deb yozilgan bo‘lib Ulug‘bekdan boshqa bironta avlodi o‘z nomi bilan Amir Temurning nomini qo‘shib zarb qilmagan. Buso‘zlarva Temurnomiboshqa hechqaysiTemuriylartangalarida yo‘qedi. Ulug‘bekshundaytangalarni 1447 yili Xorazmda, 1448 yiliesa Hirotda zarbqilgan.
Mirzo Ulug‘bek Movarounnahrdagi savdo-sotiqni rivojlantirish va bozorda savdo muomalasida yuritilgan mis pullarni tartibga keltirish maqsadida 1428-1429 yillarda pul islohotini o‘tkazib, mis pullarni yangi ko‘rinishdagi shaklda zarb qildi.
O‘rta Osiyo hududidan topilgan juda ko‘p dafinalar (xazinalar)ni o‘rganish jarayonida shu narsa ayon bo‘ldiki, Ulug‘bek 1420 yillari birinchi marta pul islohoti o‘tkazib, zarb qilgan mis pullarning aversining burchak shaklida tasvirlangan yulduzcha o‘rtasiga: zarb Samarqand adliya - deb yozdirgan bo‘lsa, reversida esa ya’ni bu pullarning zarb qilingan 823/1420-yili arabcha so‘zlar bilan yozilgan.
823/1420 yillariSamarqandda zarbqilinganmispullar 1428-29 yillariBuxoroda zarbqilinganpullarbilanbirdafinada topilmaydiyokijuda kamdan-kamuchraydi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin: 1420 yillari Samarqandda zarb qilingan tangalar (mis pullar) 1428-29 yillari Buxoroda zarb qilingan pullar bilan almashtirilgan, ya’ni 1420 yillari Samarqandda zarb qilingan eski mis pullar yig‘ib olinib, o‘rniga yangi ko‘rinishdagi pullar muomalaga chiqarilgan.
1428-29 yillarda zarb qilingan tangalar aversining markaziy qismiga “zarbi Buxoro” deb yozilgan bo‘lib, uning chor atrofi turli gulsimon naqshlar bilan bezatilgan, orqa tomoniga esa bu pullarni zarb qilgan sanalar yozilgan: “Fi at tarix sanai isna salosina va sammia”, ya’ni 832/1428—29 yil - deb yozilgan. BundaymispullarfaqatBuxoroda emas, balkibutunO‘rta Osiyoda engko‘ptarqalgan. 832/1428-29 yillarda zarb qilingan pullarning bunday ko‘p topilishining asosiy sababi, bu pullar bu sana bilan zarb qilinibgina qolmasdan, balki undan keyingi yillarda chiqarilgan pullarga ham 1428 yil sanasi qo‘shib zarb qilinganidadir. Huddi shunday tangalar Movarounnahrdagi boshqa shaharlarda ham, Xuroson, Andigon (Andijon), Qarshi (Kesh), Termez, Samarqand va Shohruhiyada ham zarb qilingan bo‘lsa, keyinroq bunday pullarni zarb qilish asosan Buxoroga markazlashtirilgan. 832/1428-29 yillarizarbqilinganmispullar XV asrling oxiriva XVI asrningboshlarida hamsavdo muomalasida bo‘lgan. Lekinbupullarningustiga harbirshaharo‘ztamg‘asiniuribmuomalaga chiqargan.
Biz yuqorida Shohruh vafot etganidan so‘ng Hirot hukmronligi Shohruhning nabirasi (Boysunqurning o‘g‘li) Alouddavla qo‘liga o‘tganligini aytgan edik, Ulug‘bekning katta o‘g‘li Abdullatif Hirot hukmronligini o‘z qo‘liga olish uchun Alouddavlaga qarshi ko‘p kurashdi. Bu kurashda Allouddavla g‘olib chiqib, Abdullatif o‘z maqsadiga erisholmadi.
Ulug‘bek o‘ldirilgach, padarkush Abdullatif o‘z inisi Abdulazizni ham qatl etdi. Lekinko‘po‘tmay AbdullatifUlug‘bekning amirlaridanbiriBobo HusaynBahodirtomonidano‘ldirildi. Padarkushningjazosi ana uchununingboshiniUlug‘bekmadrasasiningpeshtoqiga osibqo‘ydilar. AbdullatifSamarqandsaltanatida 6 oyhukmronlikqilganbo‘lsa hamo‘znomidanpulchiqarishga ulgurdi. Bu tangalarga o‘z nomi bilan birga bobosi Shohruh nomini ham qo‘shib zarb qildirdi: As-Sulton al-a’zam Abdullatif bahodir ibn Shohruh bahodir ibn Temur Ko‘ragon.Samarqand,sanasi 853/1449). Abdullatif o‘ldirilgandan so‘ng Samarqand taxtini Ulug‘bekning jiyani (Mirzo Ibrohimning o‘g‘li) Mirzo Abdulla egalladi. USamarqandda bor-yo‘g‘ibiryilhukmronlikqildiva shuvaqtichida o‘znomidantanga pullarzarbqildi. Bupullarningaversiga odatdagidayQur’ondankalima va dastlabto‘rthalifaningnomiyozilganedi.
1451 yiliSamarqandhukmronliginio‘zini Mironshohningnabirasi, Sulton Muhammadningo‘g‘lidebyuritgan Mirzo Abusaidegalladi. AbusaidShoxruhvafotidankeyinparchalanibketgan Temuriylardavlatinibirmuncha tiklashga muvaffaqbo‘ldi. Uo‘znomidantangalarzarbqildi.
Abusaidvafotidanso‘ngo‘g‘liSulton Ahmad 1469 yiliSamarqandtaxtiga o‘tirdi. Sulton AhmadSamarqandda 1469-1494 yillarihukmronlikqilibo‘znomidantanga pullarzarbqildi. Butangalarningreversiga: As-Sulton al-a’zamSulton Axmad Ko‘ragon xaldollohta’olo mulikixuva sultonaxu, zarbSamarqand) debyozdirgan. 1495 yili uning ikkinchi o‘g‘li Boysunqur 18 yoshida Samarqand taxtiga ega bo‘ldi va 1497 yilga qadar hukmronlik qilib o‘z nomidan tanga pullar chiqardi. Boysunqurtangalariningreversiga:“As-Sulton al-a’zam xaldollohmulikixuva sultana-hu”debyozdirgan. Tanganingmarkaziyqismida yumaloqdoira ichiga “SultonBoysunqurg‘ozi, 901”/1495-96 - debyozilganbo‘lsa, tangalarningaversiga:
“Lo ilox illoloh Muhammad rasul Olloh, atrofiga esa avvalgi to‘rt halifaning nomi va sifatlari: Abu Bakr as-Siddiq, Umar al-Farrux, Usmon zul-nurayn, Ali al-Murtazoi” - deb yozilgan.
1495/1500 yillarda Movarounnahrda temuriylar (Boysunqur, Sulton Ali, mirzo Bobur) orasida tojutaxtuchunkurash avjiga chiqdi. Shayboniyxon fursatdan foydalanib, Samarqandni 1500 yili bosib oldi.
Sulton Husayn Boyqaro zamonida (1470-1506) Xurosonning Astrobod, Mashhad, Marv, Sabzavor shaharlarida oltin, kumush va misdan tangalar zarb qilinib, savdo muomalasida keng yuritildi.Quyida SultonHusayntomonidanzarbqilingantangalardan ayrimnamunalarkeltiramiz.