Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yordamchi tarix fanlari



Yüklə 5,12 Mb.
səhifə65/91
tarix20.09.2023
ölçüsü5,12 Mb.
#145931
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   91
erdamchi-tarih-fanlari

Amir Temurning pul-moliya tizimi.Yagona pul siyosatini o‘tkazishda Amir Temur to‘rt muhim tamoyilga amal qildi:
1. Pul siyosatiga, uning tomonidan davlatning iqtisodiy asosini muhim belgisi sifatida qaralgan. Yagona pul siyosati ichki savdoni rivojlantirib, yaxlit ichki bozor tashkil qildiki, u Amir Temur saltanatini bir butunligini ta’minladi.
2. Amir Temur pulni saltanat birligining muhim siyosiy vositasi sifatida ishlatgan. Misol uchun, Shemoxa va Hamadondagi Sulton Mahmud nomi bilan bitilgan yangi tanga turlarini joriy etishda, ularning namunasi sifatida bozorda mavjud bo‘lgan, ammo Amir Temurga bir necha marotaba xiyonat qilgan Jaloir Ahmad tangalari emas, balki 1381 yilda vafot etgan va Amir Temurga sodiq bo‘lgan uning akasi Jaloliddin Husayn tangalari olingan. Bu esa o‘z navbatida hamma joyda shuni bildirishi kerak ediki, Amir Temur Movarounnahrga qaytganidan so‘ng uning hukmdori va o‘rinbosari bo‘lib, bu еrda taxt vorisi qoladi.
3. Pulga, asosiy to‘lov vositasi sifatida, Amir Temur tomonidan tashqi savdoni rivojlantirishdagi asosiy omil sifatida qaralgan shuning bilan birga Sohibqiron ko‘pgina hunar turlarini rivojlantirishda va ularning ishlab chiqarish hajmlarini oshirishda aynan pul birligiga katta e’tibor bergan. Ushbu hol o‘z navbatida Amir Temur davlatining iqtisodiy qudratini oshirishga ta’sir etgan. Vizantiya, Venesiya, Genuya, Ispaniya va Fransiya kabi Yevropa davlatlari bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan Amir Temurning harakatlari uning pul muomalasi masalasida ko‘pni ko‘ra oladigan hukmdor sifatida ko‘rsatadi. Amir Temur davlatining ijtimoiy rivojlanishida saltanatning yirik shaharlari bo‘lgan Samarqand, Buxoro, Toshkent, Qashg‘ar, Dehli, Hirot, Isfaxon, Tabriz, Boku, Tiflis, Bag‘dod, Basra, Anqara, Konstantinopol va Damashqdan o‘tgan “Buyuk ipak yo‘li” qanday muhim o‘rin tutgan.
4. Pul zarb etishda turlicha o‘zboshimchaliklarni kamaytirish zarurligi, “pullarning buzilishi”ni istisno qilish, qaysiki haqiqiy bo‘lgan (zarb etilgan) pullar bilan muomala qilishdan chetlashtiradi. Amir Temur pul siyosatini o‘tkazishdan oldin savdogarlar o‘zining mahsulotini sotish o‘rniga, tilla va kumush tangalarini olib-sotish bilan shug‘ullanar edi. Ular tangalari yuqori sifatda bo‘lgan viloyatlardan tangalarni sotib olib, tangalari yomon sifatda bo‘lgan viloyatlarda sotishar edi. Bu esa o‘z navbatida davlat xo‘jaligini rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatar edi.
Davlatlar va xalqlar birligini bildiruvchi Amir Temur saltanati o‘zida ko‘p sonli mis, kumush va oltin tangalarni bosib chiqaruvchi pul zarb xonalarining mavjud bo‘lishiga sharoit yaratib berdi. Kumush tangalarning o‘zini 40 dan oshiq tanga chiqaradigan zarbxonalar bo‘lgan. Ular qatoriga Astrobot, Astara, Boku, Bag‘dod, Bashiyan, Hirot, Darband, Yazd, Isfaxon, Kushon, Kirmon, Qum, Mordin, Mahmudobod, Mashhad, Save, Samarqand, Sultoniya, Tabriz, Xorazm, Shabanqora, Sheroz, Shumoq, Shayx Abu Ishoq kabi yirik shaharlardagi pul zarbxonalari kiradi.

Yüklə 5,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin