Texnikaviy chizmachilik cdr


Aylanalarning yoy vositasida tashqi tutashuvi



Yüklə 7,53 Mb.
səhifə74/90
tarix12.10.2023
ölçüsü7,53 Mb.
#154374
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   90
24.Texnikaviy chizmachilik Rahmonova Sanobarcover

Aylanalarning yoy vositasida tashqi tutashuvi.


Agar ikki aylanani uchinchi aylana ularga tashqi tomonidan urinib o‘tgan holda tutashtirilsa bunday tutashma aylanalarning tashqi tutashmasi deyiladi.
5-shakl, b da O1 va O2 markazlardan mos ravishda R1 va R2 radiuslar bilan chizilgan ikki aylanani berilgan Rradius yordamida tashqi tutashtirish talab qilinsin. Vositachi aylananing markazi O berilgan aylanalardan R masofada joylashtirish kerak. Ma’lumki, aylanalardan nuqtaning uzoqligi radial chiziq bo‘yicha o‘lchanadi. Shuning uchun O1 markazdan R1+R radius bilan O2 markazdan esa R2+Rradius bilan yoylar chizamiz. Bu yoylarning kesishuv nuqtasi Otutashma markazi bo‘ladi. O markazni O1 va O2 lar bilan birlashtiramiz va
ularning aylanalarni kesgan nuqtalarini mos ravishda 11 va 21bilan belgilaymiz. 11va 21tutashish nuqtalari bo‘ladi. Endi ularni Omarkazdan Rradius bilan tutashtirib yasashlarni yakunlaymiz. Shunday qilib aylanalarning tashqi tutashmasida tutashmaning markazi Oberilgan aylanalarning radiuslariga tutashma radiusini qo‘shish orqali topiladi.
5-shakl

Ichki tutashma yasash.


Radiuslari tegishlicha R1 va R2 hamda markazlari O1 va O2 nuqtalarda joylashgan aylanalar Rradius bilan tutashtirilishi (5-shakl, a) va bunda tutashma yoyi aylanalarning har ikkisiga botiq, ya’ni ichki tomoni bilan urinishi talab qilinsin.
Tutashma radiusidan berilgan aylana radiusini ayirib hosil bo‘lgan R-R1 radius bilan O1 markazdan, shuningdek, R-R2 radius bilan O2 markazdan yoylar chizilsa Onuqtani hosil qiladi. Agar bu Omarkaz berilgan aylanalarning markazlari bilan birlashtirilsa, markaz chiziqlari OO1 va OO2 to‘g‘ri chiziqlarga ega bo‘linadi. Bu to‘g‘ri chiziqlarning davomi bilan berilgan aylanalar tegishlicha kesishib, tutashma (ichki urinma) 1 va 2 nuqtalarni beradi. So‘ngra Onuqtadan 1 va 2 nuqtalar Rradius bilan tutashtiriladi.
O‘z – o‘zini tekshirish uchun savollar.

  1. «Tutashmalar» deb nimaga aytiladi va ularning qaysi turlari mavjud?

  2. Qanday tutashmalar tashqi, ichki va aralash tutashmalar deb ataladi?

  3. Tutashma nuqtalari deb qaysi tutashma nuqtalariga aytiladi, tashqi tutashmada va ichki tutashmada ular qanday aniqlanadi?

  4. Sirkul yordamida chizilgan egri chiziqlardan qaysilarini bilasiz?

Yüklə 7,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin