Mavzu: TO‘G‘RI BURCHАKLI PROYEKSIYALАR Reja:
Markaziy va parallel proyeksiyalash.
O‘zaro perpendikular ikkita proyeksiya tekisliklarida tasvirlar yasash.
O‘zaro perpendikular bo‘lgan uchta proyeksiya tekisliklarida tasvirlar yasash Markaziy va parallel proyeksiyalash.
Yoritgich manbai sifatida chiroq (elektr lampochkasi) olinsa markziy proyeksiyalash hosil bo‘ladi (1-shakl, a). Bu yerda chiroq S nuqtaga almashtiriladi. Sorqali tekis shaklning SA, SB, SC, SDnurlar o‘tkazilsa, bu nurlar proyeksiyalar tekisligi H bilan kesishib, A', B', C', D'nuqtalarni beradi. Ular o‘zaro tutashtirilsa, ABCDshaklning Hdagi markaziy proyeksiyasi A'B'C'D'hosil bo‘ladi. Bu yerda ABCD- geometrik shakl (narsa), SA', SB', SC', SD'- proyeksiyalash nurlari, A'B'C'D'- narsaning H dagi proyeksiyasi deyiladi (1-shakl, b).
1-shakl
Yoritgich manbai sifatida Quyosh yoki Oy olinsa, parallel proyeksiyalash hosil qilish mumkin. Chunki yoritgich markazi bu yerda cheksizlikda bo‘lib, Quyosh va Oydan kelayotgan yoritish nurlari o‘zaro parallel bo‘ladi. Parallel proyeksiyalash o‘z navbatida ikki xil ko‘rinishda qiyshiq burchakli va to‘g‘ri burchakli bo‘ladi sproyeksiyalash nuri Hproyeksiyalar tekisligiga nisbatan o‘tkir burchak ostida berilgan bo‘lsa, unga parallel qilib shaklning ABCDnuqtalaridan yordamchi proyeksiyalovchi nurlar o‘tkaziladi. Natijada bu nurlar Hbilan kesishib ABCD ning qiyshiq burchakli A'B'C'D' proyeksiyasini hosil qiladi (2-shakl, a).
Agar s proyeksiyalash nuri H proyeksiyalar tekisligiga nisbatan perpendikular, ya’ni to‘g‘ri burchakda berilgan bo‘lsa, to‘g‘ri burchakli proyeksiyalash hosil bo‘ladi (2-shakl, b). bu erda ABCD – narsa, s – proyeksiyalash yo‘nalishi, H– proyeksiyalash teksiligi, A'B'C'D'- narsaning H dagi parallel proyeksiyasi, AA', BB', CC', DD'– proyeksiyalash nurlari deyiladi.
4.2-shakl To‘g‘ri burchakli parallel proyeksiyalashni ortogonal (yunoncha orto –
to‘g‘ri, gonal- burchak ya’ni to‘g‘ri burchakli) proyeksiyalash ham deyiladi. Endi, markaziy va parallel (qiyshiq va to‘g‘ri burchakli) proyeksiyalashni o‘zaro taqqoslab ko‘ramiz. Markaziy proyeksiyada narsaning proyeksiyasi o‘zidan katta. Demak, bu proyeksiyada detalning chizmasi orqali uning haqiqiy kattaligi to‘g‘risida fikr yuritish qiyin. Qiyshiq burchakli parallel proyeksiya olinsa, bu yerda narsaning burchaklari buzilib proyeksiyalanadi. Bunday proyeksiyalashda ham detalning haqiqiy ko‘rinishi chizmada to‘g‘ri tasvirlanmaydi. To‘g‘ri burchakli parallel proyeksiyada narsa va uning proyeksiyasi bir-biriga teng. Demak bunday proyeksiyalash turida detal chizmasiga qarab uning konstruksiyasi ya’ni tuzilishi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olish mumkin. Bundan keyin proyeksiyalashning bu turiga, ya’ni to‘g‘ri burchakli parallel
proyeksiyaashga asoslanib chizmalar chizamiz. Chunki har qanday chizmalar to‘g‘ri burchakli parallel proyeksiyalashga asoslanib chizmalar chizamiz. Chunki har qanday chizmalar to‘g‘ri burchakli parallel proyeksiyaga asoslanib chiziladi.
To‘g‘ri burchakli parallel proyeksiyalash o‘rniga qisqacha qilib proyeksiyalash deyiladi. Shunda to‘g‘ri burchakli parallel proyeksiyalash tushuniladi.
O‘zaro perpendikular ikkita proyeksiya tekisliklarida tasvirlar yasash. Ba’zi bir detallar o‘zining konstruksiyasi soda bo‘lishiga qaramay ikkita proyeksiyada tasvirlanishi talab qilinadi. Masalan 3-shaklda H– tekisligiga proyeksiyalanayotgan parallelepiped, uchburchakli prizma va silindrlarga nazar tashlasak, ularning hammasi bir hil to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda proyeksiyalanmoqda. Ularning bir-biridan farq Vdagi proyeksiyalari orqali aniqlasa bo‘ladi. Lekin parallelepipedni bitta proyeksiyada tasvirlab uning qalinligi ko‘rsatilsa kifoya (3-shakl, b). Silindrni ham bitta proyeksiyada uning diametrini ifodalovchi shartli belgidan foydalanilsa yetarli (3-shakl, c). Ammo uchburchakli prizmaning burchaklari o‘zaro qanday joylashganliklarini faqat ikkinchi tekislik kiritish orqali aniqlash mumkin (3-shakl, d).
shakl
Model gorizontal H proyeksiyalar teksiligiga perpendikular bo‘lgani uchun uning asosiy qismi kvadrat, ustidagi prizma to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak ko‘rinishida, (4-shakl, a) Vgaʓ shaklida proyeksiyalanmoqda. Modelni olib qo‘yib, Htekisligini pastga xo‘q atrofida frontal holatga kelguncha aylantirilsa, tekis chizma ya’ni epyur hosil bo‘ladi. (4-shakl, b). Proyeksiyalarini bog‘lovchi yordamchi chiziqlar va tekisliklarni chegaralovchi chiziqlar ham standartga muvofiq tasvirlanmasliklari mumkin (4-shakl, c). Bundan keyin narsalarning chizmasi chizilganda, ularning proyeksiyalarini bog‘lovchi chiziqlar tushirib qoldiriladi. Lekin proyeksiyalar chizilayotganda ularni bog‘lovchi chiziqlar bor deb faraz qilinadi. Lekin proyeksiyalarni har hil joyda tasvirlashga yo‘l qo‘ymaydi (4-shakl, d).
shakl
4-shakldagi detalning proyeksiyalariga e’tibor berilsa, gorizontal proyeksiyasida detalning o‘rtasidagi silindrik teshik aylana, V da ko‘rinmayotganligi uchun u ko‘rinmas kontur shtrix chiziqda chizilgan. Bunday keyin chizmada detalning ko‘rinmaydigan elementlari shtrix chiziqda tasvirlanadi.
O‘zaro perpendikular bo‘lgan uchta proyeksiya tekisliklarida tasvirlar yasash. Ba’zida detallarning ikkita proyeksiyasi orqali uni to‘liq tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa detalning ba’zi bir qsmlariga o‘lchamlar qo‘yishda qiynalish mumkin. Masalan 5-shakl, adagi yaqqol tasviri berilgan detal olinsa, uning tuzilishi ancha murakkab, ostki asosida silindrik teshik, ikki yondagi devorlari qiya qilib kesilgan. Bu devorlarning shakli faqat profil proyeksiyalar tekisligida aniq ko‘rinadi. Chunki ular o‘sha tekislikka parallel bo‘lib, unga o‘zining haqiqiy kattaligida proyeksiyalanadi. Bundan tashqari detalning shaklini uning yon va ostki asoslarining o‘zaro joylashishi to‘g‘ri burchakli ekanligi W tekisligida aniq ko‘rinadi.
5-shakl
Avvalgi H va V tekisliklariga nisbatan uchinchi Wproyeksiya tekisligi ularga perpendikular qilib kiritiladi (5.chizma, b). W tekislik profili proyeksiyalar tekisligi deyiladi. “ Profil” o‘zi fransuzcha bo‘lib yon tomoni degan so‘zga to‘g‘ri keladi.
Detalni H, V, Wproyeksiyalar uchchala tekisliklariga fazosiga qo‘yib uning proyeksiyalari tushiriladi (6-shakl, a). H tekislikni xo‘q atrofida pastga, W tekisligini zo‘qi atrofida o‘ngga aylantirib Vbilan bitta tekislik hosil qilinadi (6- shakl, b). Detalning profil proyeksiyasi bilan frontal proyeksiyasi gorizontal chiziqda bir-biri bilan bog‘langanligiga e’tibor berilsin.
Standart talabiga binoan detalning chizmasida proyeksiyalarni bog‘lovchi chiziqlar tushirib tasvirlanadi (6-shakl, c).
6-shakl
O‘z – o‘zini tekshirish uchun savollar.
.1. Qanday proyeksiyalash turlari mavjud?
Markaziy proyeksiya deb nimaga aytiladi? Parallel proyeksiyachi?
Proyeksiyaning o‘zi nima
Nima sababdan ba’zi detallarni ikkita proyeksiyada tasvirlash zarur? 5 Detal chizmasida uning ko‘rinmaydigan qismlari qanday chiziqda chiziladi?
Wproyeksiyalar tekisligi qanday nomlanadi?
Nima sababdan Wtekisligi kiritiladi?
Dostları ilə paylaş: |