1.Qirqimlar 2.Oddiy qirqimlar
3. Detаlgа oddiy qirqim berib tаsvirlаsh
Qirqimlar.
Buyumning ko‘zga ko‘rinmaydigan ichki tuzulishini aniqlash uchun qirqimlar qo‘llaniladi. Qirqimlar ham standartlashtirilgan bo‘lib, qirqim hosil qilish uchun chizmada buyumning ichki tuzilishi bitta yoki bir nechta tekislik bilan fikran kesib ko‘rsatiladi. Qirqim shartli tasvir hisoblanib, unda buyumning tekislik bilan kesilgan joyi va kesuvchi tekislik orqasida joylashgan va ko‘rinadigan qisimlari tasvirlanadi (10-shakl, a, b, c).
Bu yerda detal Ptekislik bilan qirqilib, ikkiga ajraladi va uning oldingi bo‘lagi olib qo‘yilgandan keyin, o‘rnida qolgan yarmining kesilgan joyi shtrixlanadi. Detalning chizmasida ham o‘sha qirqimga tushgan joy shtixlangan holda tasvirlanadi.
shakl
Qirqimlarda kesuvchi tekislik detalni teng ikkiga uning simmetriya o‘qi orqali ajratsa, kesuvchi tekislik izlari ko‘rsatilmaydi (10-shakl, c), boshqa hollarda, ya’ni kesuvchi tekislik detalning simmetriya o‘qidan boshqa joydan o‘tsa, qirqim hosil qiluvchi tekislik izi uzuq chiziq bilan ko‘rsatiladi va qirqim A-A kabi belgilanadi (11-shakl). Uzuq chiziqlarni tasvirlash 4.22-shaklda ko‘rsatiladi. Aharf yo‘nalish (ko‘rsatgich)larning detal konturiga nisbatan tashqi tomonlarida yoziladi (11-shakl, a). Yo‘nalishning shakli va o‘lchamlari 11-shakl, b da ko‘rsatildi.
shakl
Kesuvchi tekisliklarning proyeksiyalari tekisliklariga nisbatan egallagan vaziyatiga qarab qirqimlar uch hil: frontal, profil va gorizantal bo‘ladi. Bulardan tashqari qo‘shimcha tekisliklarda qiya qirqimlar ham bajariladi. Qirqimlarning turidan qat’iy nazar ular oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy qirqim. Detalning ichki
tuzilishini bitta tekislik orqali ko‘rsatish mumkin bo‘lsa, bunday qirqim oddiy hisoblanadi. 10-shaklda oddiy qirqim hosil qilish ko‘rsatilgan bo‘lib, P||V bo‘lgani uchun u frontal qirqim deyiladi.
shakl 13-shakl
Qirqim detalning chapdan ko‘rinishida bajarilsa, profil qirqimdeyiladi (12- shakl). Kesuvchi tekislik H proyeksiyalar tekisligi ga parallel o‘tkazilsa, gorizantal qirqimhosil bo‘ladi (13-shakl). Kesivchi tekislik proyeksiyalar tekisliklaridan biriga, masalan, Hga qiya o‘tkazilsa, qiya qirqim hosil bo‘ladi (14-shakl).
Simmitriya o‘qiga ega bo‘lgan detallarning chizmalarida qirqim ta’svirlanmoqchi bo‘lsa, ko‘rinishning yarmi bilan qirqimning yarmini birlashtirib tasvirlash mumkin (15-shakl). Ularni chizmada shtrix-punktir chiziq ajratib turadi. Shuningdek , detalning ko‘rinishi bilan qirqimni, butun detalni emas, balki uning bir qismini, agar bu qism aylanish sirti bo‘lsa, simmitrya o‘qi orqali ajratishga ruxsat etiladi (16-shakl).
paytlarda
14-shakl
Asosiy k o‘rinishda detal ko‘rinishining yarmi bilan qirqimning yarmi qo‘shib tasvirlangan bo‘lsa, chapdan ko‘rinishda ikkita qirqim A-Ava B-Blarning yarmini birlashtirib tasvirlash ham mumkin (17-shakl). Bunday hollarda ham ikkala qirqimni simmetriya o‘q chiziq – shtrix-punktir chiziq ajratadi.
Detalning ba’zi elementlari ko‘rinishning yarmi bilan qirqimning yarmini qo‘shib tasvirlashga imkon bermaydi yoki halaqit qiladi. Bunday
15-shakl 16-shakl
ko‘rinishning qismini qirqimning qismi bilan birlashtirib tasvirlashga to‘g‘ri keladi va ular to‘lqinsimon chiziq bilan ajratib ko‘rsatiladi (18-shakl, ava b).
17-shakl
18-shakl 19-shakl
Bu yerda birinchi holatda tashqi qirra saqlangan bo‘lsa, ikkinchi vaziyatda ichki qirra ochib ko‘rsatildi. Har ikkala holda ham ko‘rinish yoki qirqimning qisimlari qanchaligiga ahamiyat berilmaydi.
Bunday qirqimlar ko‘rinishning qismini qirqimning qismi bilan birlashtirib tasvirlangan deyiladi (18-shakl). Ba’zi hollarda ko‘rinishning qismi bilan qirqimning qismini 19-shakldagi kabi tasvirlashga to‘g‘ri keladi. Detalning biror qismidagi o‘yiq, teshik kabi joylarni aniqlash maqsadida mahalliy qirqim qo‘llaniladi (20-shakl). Mahalliy qirqim ingichka tutash to‘lqinsimon chiziq bilan
chegaralanib, tasvirning biror chizig‘i bilan qo‘shilib qolmasligi zarur ( 19, 20- shakllar ).
19-shakl 20-shakl
O‘z – o‘zini tekshirish uchun savollar. 1.Qirqim deganda nimani tushunasiz? 2..Oddiy qirqim nima?
3.Murakkab qirqim nima?
Mavzu Rezbаli vа pаrchinli birikmalarni tasvirlash
Reja:
Rezbalarni tasvirlash va ularni chizmalarda belgilash.
Rezba turlari. Silindrik metrik(GOST 8724 va GOST 9150-81) rezba Rezbalarni tasvirlash va ularni chizmalarda belgilash.
Mashinasozlikda rezbali birikmalar keng tarqalgan bo‘lib, o‘zining universalligi, yuqori mustahkamligi, katta yuklanishlarga chidamliligi bilan munosib o‘rin olgan.
Rezbalar yordamida detallar bir-biri bilan mustahkam biriktiriladi va osongina ajraydi. Yoki maxsus detallar yordamida (bolt, vint, shpilka kabilar) biriktiriladi va ajratiladi. Barcha birikmalar rezbalar yordamida amalga oshiriladi. Rezbalar tasnifi:
rezbalarni profiliga qarab ular uchburchakli, trapetsiyasimon, yumaloq, to‘g‘ri burchakli va boshqacha profillarga ajratiladi;
rezba o‘yilgan sirtiga qarab ular silindrik va konussimon rezbalarga ajratiladi;
rezbalarning sirtiga nisbatan joylashishiga qarab ular tashqi va ichki rezbalarga ajratiladi;
rezbalardan foydalanishga qarab ular biriktiruvchi (metrik), zichlab biriktiruvchi (konussimon), trubasimon, suriluvchi (tirakli trapetsiyasimon), maxsus va boshqalarga ajratiladi;
rezbaning vintli sirtining yo‘nalishiga qarab ular o‘ng va chap yo‘lli rezbalarga ajratiladi;
rezbalarning kirimi soniga qarab ular 1 kirimli yoki ko‘p kirimli (ikki kirimli, uch kirimli va hokazo) guruhlarga ajratiladi.
Asosiy termin va aniqlashlar.Standartlar tomonidan rezbalarning profiliga qarab ularning har biri uchun alohida standartlar mavjud:
rezbaning vint chizig‘i– silindr yoki konus sirtida nuqtaning aylanma va ilgarilama harakati natijasida chizilgan chiziq hisoblanadi
rezbaning vint sirti– vint chizig‘i bo‘yicha silindr yoki konus sirtida qirqilgan rezbaning sirti hisoblanadi;
silindrik va konussimon rezba – to‘g‘ri doirviy silindr va konus sirtlariga o‘yilgan rezbalari kiradi;
rezbaning o‘rami– nuqtaning sirt yuzasida bir marta aylanib chiqqan geometrik yo‘li hisoblanadi;
o‘ng va chap yo‘lli rezba– silindr yoki konus sirtida soat millari yo‘nalishi bo‘yicha qirqib hosil qilingan rezba o‘ng, soat yo‘nalishiga teskari harakat bo‘yicha o‘yilgan rezba chap yo‘lli rezba deyiladi;
bir kirimli va ko‘p kirimli rezba– bitta nuqta orqali chizilgan vint chizig‘i orqali qirqilgan rezba (Pn) ko‘p kirimli rezba deyiladi .
Rezbaning asosiy elementlari va parametrlari:
rezbaning o‘qi– vint hosil bo‘lgan sirtning o‘qi;
rezbaning profili– rezbaning o‘qi orqali o‘tgan kesuvchi tekislikda bo‘lgan kesimdagi tishning chiqqan qismi ;
rezbaning yuqori va ostki qismi– vintli rezba sirtining yuqori qismi va ichki, ya’ni rezba ariqchasining tubi qismi;
rezbaning tashqi diametri(d) – sirtiga o‘yilgan rezbaning tashqi (nominal) diametri (1-shakl, a), teshikka o‘yilgan rezbaning katta yuqori qismi sirti (2-shakl, b);
shakl 2-shakl
rezbaning ichki diametri(d 1) – sirtga o‘yilgan rezbaning ichki diametri (2-shakl, a), teshikka o‘yilgan rezbaning ustki ya’ni, tashqi deametri qismi sirti ((2-shakl, b).
rezbaning qadami(P) – rezbaning bir o‘rami, ya’ni silindr yoki konus sirtida nuqtaning bir marta aylanib chiqqandagi chizgan vint chizig‘iga teng masofa;
rezbaning sbegi– detalning silliq qismidan rezbaning to‘liq o‘yilgan joygacha bo‘lgan masofa (2-shakl).
konus rezbaning keltirilgan o‘rtacha diametri– tashqi yoki ichki konus rezbaning profilini chiziqli va burchak elementlarining o‘lchami bilan aniqlangan o‘rtacha nominal diametri.
Rezba turlari. Silindrik metrik(GOST 8724 va GOST 9150-81) rezba
(3-shakl). O‘zining burchak profili Į=60qbilan (profil-teng tomonli uchburchak) xarakterlanadi. Profilning nazariy balandligi +§0,86602P, xizmat balandligi H1§0,54126 Pga teng. 1 mmdan 600 mmgacha bo‘lgan silindrik metrik rezbalar
ko‘proq qo‘llaniladi. Metrik rezbalarni shartli ravishda belgilashda M harfi, nominal diametri, mayda yoki yirik qadamliligi, chap yo‘lli rezbalar uchun LHlar qatnashadi. Masalan, nominal diametri 24 mm, yirik qadamli metrik rezba – M24 deb belgilanadi. Shu o‘lchamdagi mayda P=1,5 mmqadamli rezba M24u1,5 ko‘rinishda, shu o‘lchamdagi yirik qadamli chap yo‘lli metrik rezba – M24 LH, mayda qadamli (P=1,5) rezba chap yo‘lli bo‘lsa, M24u1,5 LHdeb belgilanadi. Agar metrik rezba ko‘p kirimli bo‘lsa, qavs ichida Pning qiymati beriladi. M24u3(P1)– metrik rezbaning nominal diametri 24 mm, kirimi 3 mm, qadami 1 mm deb o‘qiladi. Shu o‘lchamdagi rezba chap yo‘lli bo‘lsa – 24u3(P1) LH ko‘rinishida yoziladi.
shakl
Konussimon metrik(GOST 25229-82) rezba(4-shakl). Konussimon metrik rezbalar 1:16 nisbatdagi konus sirtiga o‘yiladi. Ularning nominal diametri 6 mm dan 60 mmgacha bo‘lishi mumkin. Konussimon rezbalarni belgilashda MKharflar, nominal diametri o‘lchami, qadamining o‘lchami bo‘lishi lozim. MK 24u1,5o‘ng yo‘lli, MK 24u1,5 LH– chap yo‘lli.
shakl
Silindrik quvurli(GOST 6357-81) rezba(5-shakl). Quvurlarni bir-biri bilan ulashda qo‘llaniladi. Quvurli rezbalar dyumlarda Gharfi qo‘shib belgilanadi (1dyuym=25,4 mmga teng). Asinf aniqlikdagi 1½so‘lchamdagi silindrik quvurli rezbani belgilashga misol: G1 ½ -A. Shu o‘lchamdagi, B sinf aniqlikdagi, chap
yo‘lli quvurli rezba –G1 ½ LH-Bdeb belgilanadi. Tashqi va ichki rezbalarni biriktirishda ularning aniq sinflari bir xil bo‘lsa G1 ½ –A/A, har xil bo‘lsa – G1 ½- A/Bko‘rinishda belgilanadi.
shakl O‘z – o‘zini tekshirish uchun savollar.
Rezbalarni tasvirlash va ularni chizmalarda belgilashni tushuntirib bering
Rezba turlari. Silindrik metrik(GOST 8724 va GOST 9150-81) rezba haqida nima bilasiz