Texnikaviy chizmachilik cdr



Yüklə 7,53 Mb.
səhifə73/90
tarix12.10.2023
ölçüsü7,53 Mb.
#154374
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   90
24.Texnikaviy chizmachilik Rahmonova Sanobarcover

Mavzu: TUTАSHMАLАR YASАSH

Reja:


    1. Aylanalarning yoy vositasida tashqi tutashuvi

3. Ichki tutashma yasash.
Tutashmalar.
Ko‘pincha detallar va boshqa buyumlarda, ularni tashkil qiluvchi sirtlar o‘zaro silliq, ravon tutashgan bo‘ladi. Lekin detal va buyumlarning chizmalarini bajarganda ularning konturlari chiziladi. Shu sababdan sirtlar orasidagi birlashmalarni chiziqlar orasidagi tutashmalar sifatida ko‘ramiz (1-shakl).


1-shakl
Tutashma deb bir chiziqning ikkinchi bir chiziqqa bevosita yoki yoy vositasida silliq, ravon o‘tishiga aytiladi. 2-shakl, a da o‘zaro o‘tkir burchak hosil qiluvchi mva nto‘g‘ri chiziqlar berilgan. Ularni berilgan Rradiusda tutashtirilishi talab qilingan bo‘lsin. Buning uchun mva nto‘g‘ri chiziqlarga ulardan Rmasofada parallel to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazamiz. Ularning kesishuv nuqtasini Obilan belgilaymiz. Onuqta mva n to‘g‘ri chiziqlardan R mmmasofada joylashgan nuqta bo‘lib, u tutashma markazi deb ataladi. Onuqtadan mva nto‘g‘ri chiziqlarga perpendikular o‘tkazib, ularda 1 va 2 nuqtalarni belgilaymiz. 1 va 2 – tutashuv (o‘tish) nuqtalari deyiladi. Endi O markazdan sirkulda Rradius bilan 1 va 2 nuqtani birlashtiruvchi yoyni chizamiz. 2-shakl, b da shu jarayon o‘zaro o‘tmas burchak ABC hosil qiluvchi to‘g‘ri chiziqlari uchun bajarilgan. Yasashlar o‘zaro o‘tkir burchak hosil qiluvchi to‘g‘ri chiziqlar tutashmasidan farq qilmaydi. Bu yasashlarni o‘quvchining o‘ziga havola qilamiz.



  1. shakl, c da o‘zaro to‘g‘ri burchak ABChosil qilgan ikki to‘g‘ri chiziqlarni berilgan Rradius yoy bilan tutashtirish ko‘rsatilgan. Bu holda yuqorida ko‘rsatilgan usuldan farqli o‘laroq, tutashmani faqat sirkul yordamida amalga oshirish ham mumkin. Burchakning Buchidan tutashma radiusiga teng Rbilan yoy chizamiz va uning tomonlarini kesgan nuqtalarni 1 va 2 bilan belgilaymiz. Endi radiusni o‘zgartirmasdan 1 va 2 markazlardan yoylar chizamiz. Ularning kesishgan O nuqtasi tutashmaning markazi bo‘ladi. Omarkazdan Rradius bilan tutashma yoyini o‘tkazib yasashlarni yakunlaymiz (2-shakl, d).


2-shakl

  1. shaklda o‘zaro parallel to‘g‘ri chiziqlar orasidagi masofa Lga teng m va n to‘g‘ri chiziqlarni bitta aylana yoyi yordamida tutashtirish ko‘rsatilgan. Bunday holda mva nga perpendikular to‘g‘ri chiziq o‘tkazamiz. Uning to‘g‘ri chiziqlar bilan kesishgan nuqtasini Ava Bbilan belgilaymiz. ABnit eng ikkiga bo‘lib O tutashma markazini ayniqlaymiz. Omarkazdan R=AB:2radius bilan yoy chizib yasashlarni yakunlaymiz. Tutashtirilgan parallel to‘g‘ri chiziqlar ikki yoydan iborat bo‘lib (4- shakl), ulardan biri Bva Cnuqtalar orqali, ikkinchisi esa Cva Dnuqtalar orqali o‘tadi. Shunga ko‘ra BC va CDto‘g‘ri chiziq kesmalarini tegishlicha teng ikkiga bo‘luvchi va ularga perpendikular bo‘lgan 12 va 34 to‘g‘ri chiziqlar o‘tkaziladi. B va Dnuqtalardan shu mva nto‘g‘ri chiziqlarga perpendikular bo‘lgan chiziqlar chiqariladi. Bu to‘g‘ri chiziqlar tegishlicha o‘zaro kesishib, Ova O1nuqtalarni

hosil qiladi. Bu nuqtalar tutashmani tuzuvchi yoylarning markazlari bo‘ladi. O nuqtadan OBradius bilan birinchi yoy, O1 nuqtadan esa O1D radius bilan ikkinchi yoy chiziladi. Bu yoylarning har ikkalasi berilgan Cnuqta orqali o‘tadi. Agarda tutashma nuqtalari B va Dni birlashtiruvchi to‘g‘ri chiziq parallel to‘g‘ri chiziqlarga 45oburchak ostida qiya o‘tgan bo‘lsa, tutashma radiuslari yig‘indisi parallel to‘g‘ri chiziqlar orasidagi masofaga teng va tutashma yoyi aylananing choragini tashkil qiladi. Yasash usuli juda oson.

3-shakl 4-shakl



Yüklə 7,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin