Texnikaviy chizmachilik cdr


Mavzu: Mаshinаsozlik chizmаlаr Reja



Yüklə 7,53 Mb.
səhifə70/90
tarix12.10.2023
ölçüsü7,53 Mb.
#154374
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   90
24.Texnikaviy chizmachilik Rahmonova Sanobarcover

Mavzu: Mаshinаsozlik chizmаlаr Reja:


  1. Detallarning shaklini chizmalari oldida tahlil qilish.

Ko‘rinishlar.


Detalning ko‘rinishlarni hosil qilish maqsadida 1-shakl, adagi ichi bo‘sh kubning o‘rtasiga joylashtiriladi. Kubning oltita yoqlariga to‘g‘ri burchak ostida detal proyeksiyalanadi. Shunda detalning kub yoqlaridagi asosiy ko‘rinishlari (proyeksiyalari) hosil bo‘ladi (1-shakl, b). Kubning yoyilmasi bajariladi (1-shakl, ɫ) shunda detalning asosiy ko‘rinishlari o‘zaro qanday joylashganligi yaqqol ko‘rinadi: Vdagi olddan (bosh), Hdagi ustdan, Wchapdan, H1 dagi ostdan,
V1 dagi ortdan, W1 dagi o‘ngdan ko‘rinishlar deyiladi (1-shakl, d).
O‘zDST 2.305-97 ga muvofiq bundan keyin detalni proyeksiyalarini ko‘rinishlar deb yuritamiz. Chizmachilikda detalning shaklini to‘liq ifodalash maqsadida turli tasvirlar (ko‘rinish, qirqim, kesma)dan foydalaniladi. Oldin detalning ko‘rinishlari bilan tanishib o‘rganiladi. Kuzatuvchiga nisbatan detalning ko‘rinib turgan tomoni (sirti) ning tekislikdagi tasviri ko‘rinish deyiladi.
Bosh ko‘rinish. Chizmada V frontal proyeksiyalar
tekisligidagi tasvir asosiy
ya’ni bosh
ko‘rinishsifatida olinadi. Shunda detalni bu tekislikka nisbatan shunday joylashirish kerakki, detalning shakli va o‘lchamlari to‘g‘risida aniqroq tasavvur qilishga imkon yaratilsin. Shuning uchun ham detalning bunday tasviri bosh ko‘rinishi ham deyiladi. Demak detal to‘g‘risida eng ko‘p ma’lumot beradigan tasvir bosh ko‘rinish hisoblanar ekan.
Detal chizmasi chizilayotganda ko‘rnishlar soni eng kam bo‘lishiga, ammo undan detal to‘g‘risida to‘liq ma’lumot 1-shakl beradigan bo‘lishiga harakat qilinadi. Bunda standartlarda belgilangan shartli belgilar va yozuvlardan samarali foydalanish talab qilinadi.
Mahalliy ko‘rinish. Chizmada ko‘rinishlar sonini kamaytirish maqsdida detalning bir qismini alohida ko‘rsatish uchun mahalliy ko‘rinishlar tatbiq qilinadi. Mahalliy ko‘rinish ingichga to‘lqinsimon chiziq bilan chegaralanib qo‘yiladi ( 2- shakl ). Detalning chapdan ko‘rinishini to‘liq chizish o‘rniga uning kerakli qismi (2-shakldagi A va B) tasvirlanishi bilan detalning chapdan ko‘rinishini tasvirlashga hojat qolmaydi. Bunday qisman tasvirlashlar mahalliy ko‘rinishlar deyiladi.


    1. shakl 3-shakl


Yüklə 7,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin