Reja:
Payvand choklarini belgilash
Pаyvаnd choklаrini ustmа-ust biriktirilishi
Payvand choklarini belgilash. Payvand chokning old va orqa tomoni bo`ladi. Bir yoqlama chokning old tomoni qilib, payvandlanadigan tomoni qabul qilinadi, bu tomonining orqasi esa chokning ko`rinmas yoki orqa tomoni deyiladi. Qirralari simmetrik qilib tayyorlanmagan ikki yoqli chokning old tomoni qilib payvandlash bajariladigan tomoni qabul qilinadi. Qirralari simmetrik ravishda tayyorlanadigan ikki yoqlama chokning old tomoni qilib, xohlagan tomonini qabul qilish mumkin. Chokning shartli belgisi chok tasvirining old tomonidan chizilgan chetga chiqarish chizig`ining tokchasiga qo`yiladi. Bunda beliglar ko`rinadigan choklar uchun tokchaning ustiga, kurinmas choklar uchun esa tokchaning ostiga qo`yiladi. Chok belgisida quyidagi ma`lumotlar (bu ma`lumotlar shakldagi to`rt burchakliklar ichiga yoziladi) bulishi lozim: 1. Chokning yopik chizik buyicha joylashishini ifodalovchi belgi yoki montaj chokining belgisi (9- jadval). 2. Chokning turi (tipi) konstruktiv elementlarini ko`rsatuvchi standart belgisi. 3.Tegishli standart bo‘yicha chokning harfiy-sonli belgisi (8- jadval). Chokning darfiy-sonli belgisidagi harflar: G — uchma-uch chokni; U — burchakli chokni; T —tavr shaklidagi chokni. N — ustma-ust chokni bildiradi. Sonlar esa shu turdagi chok detallarining qanday ulanishini bildiradi. 4. Payvandlash usulining shartli belgisi. Standart bo‘yicha
chokning payvandlash usullari harflar bilan qo`yidagicha belgilanadi: A — avtomatik. P — yarimavtomatik R — elektr yoyi bilan qo`lda; K — kontaktlab elektrik, payvandlash; SH —elektr-shlak usulida;. E—elektrik parchinlash (masalan: EFZ —flyus ostida); IN—inert gazi shtirokida vol’fram elektrod bilan payvandlash materiali ishlatmay payvandlash. Payvandlash turi va metodining yana quyidagi sharfli belgilari mavjud: G — gazaviy; E — elektr yoyi bilan; F — flyus ostida elektr yoyi bilan; Z —himoya gazi muhitida elektr yoyi bilan; KT — kontaktlab; Uz —- ul’tra tovush bilan; Tr —ishkalanish bilan; X — yurgizish bilan; Pz — plazmali yoy bilan; el — elektron nurli; Df — diffuzion; Lz—lazer bilan; Bz — portlatish bilan; I — indukqion; Gp— gazaviy presslab; Tm —termit bilan. 5. Chok kateti belgisi va katet o`lchamlari. Bu belgi ingichka chiziqlar bilan chizilib, balandligi chok belgisidagi sonlarning balandligiga teng bo`lishi lozim. 6. Quyidagi o`lchamlari: a) uzuq-uzuq chok uchun payvandlanadigan joyining umumiy uzunligi (/ yoki Z belgi) va chok qadamining o`lchami; b) yakka payvand nuqtalari uchun nuqtaning hisoblab olingan diametrining o`lchami; g) kontaktlab nuqtaviy elektrik payvand yoki elektrik parchinlash choki uchun nuqtaning yoki parchinning hisobiy o`lchami; / belgi va qadamining o`lchami; g) kontaktlab rolikaviy elektrik payvand chok uchun chok enining xisobiy o`lchami; d) uzuq- uzuq kontaktlab rolikaviy elektrik payvand chok uchun chok enining xisobiy o`lchami, ko`paytirish belgisi, payvandlanadigan qism uzunligining o`lchami. / belgi VA qadamining o`lchami. 8-jadval
Ustma-ust birikmalar (2 -rasm: b). Bunday biriktirish usuli asosan, qalinligi ko’pi bilan 10 -12 mm bo’lgan po’latdan ishlangan qurilish konstruksyalarini yoy yordamida payvandlashda qo’llaniladi. Ustma-ust birikmalar olish uchun
payvandlashda uchma-uch payvandlashdagi singari payvandlanadigan joylarni qo’shimcha ravishda kertib unga ishlov berish talab etilmaydi.
O‘z – o‘zini tekshirish uchun savollar. 1.Chok belgilari qaysilar.
Ustma-ust birikmalar deb nimaga aytiladi.
Ustma-ust birikmalar tasvirlanishi ko`rsating
Mavzu: Pаyvаnd choklаrini burchаkli biriktirilishi
Reja:
Burchak
Pаyvаnd choklаrini burchakli biriktirilishi
Burchak konfiguratsiyasi standart, burchak metall qalinligiga bog'liq.
Burchak
Ular ikkita strukturaviy elementni ma'lum burchak ostida ulash uchun ishlatiladi. T-qo'shilishidan farqli o'laroq, bo'shliqning mavjudligi qabul qilinishi mumkin emas. Ishonchlilik burmalar va katta hajmli yo'nalishli metall bilan ta'minlanadi.
Burchak hosil qilgan birikmalar (2 -rasm: v). Bunday birikmalardan bir- biriga nisbatan to‘g‘ri yoki boshqa burchak ostida joylashgan listlarni chetlaribo‘yicha payvandlab biriktirishda foydalaniladi. Bunday birikmalar, asosan, gaz yoki suyuqlikning unchalik katta bo’lmagan ichki bosimi ta’sirida bo’ladigan idishlarda hosil qilinadi. Bunday birikmalarni olishda metallning chetlari muhim birikmalar olishdagina kertiladi). kertilmaydi.
O‘z – o‘zini tekshirish uchun savollar. 1.Burchak nima
2..Burchakli hosil qilingan birikmalar nima
Dostları ilə paylaş: |