Texnikaviy chizmachilik cdr



Yüklə 7,53 Mb.
səhifə82/90
tarix12.10.2023
ölçüsü7,53 Mb.
#154374
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   90
24.Texnikaviy chizmachilik Rahmonova Sanobarcover

v) g) 2-shakl





      1. bosqich. O‘lcham sonlarini qo‘yish

Detal elementlarini o‘lchov asboblari yordamida o‘lchab o‘lcham chiziqlari ustiga o‘lcham sonlari qo‘yiladi. Agar detal elementlarida rezba ochilgan bo‘lsa, uni parametrlari va rezbani belgilanishi qo‘yiladi (2-g-shakl).
      1. bosqich. Eskizni taxt qilish


Detalning eskizi chizilgandan so‘ng asosiy yozuv to‘ldiriladi. Kerak bo‘lgan hollarda o‘lchamlardagi chetga chiqishlar, sirtlarning shakli, joylashishi, texnik talablar hamda tushuntirish yozuvlari haqida ma’lumotlar beriladi. So‘ngra eskiz oxirgi marta ko‘zdan kechirilib tekshiriladi va kamchiliklari tuzatiladi.


O‘z – o‘zini tekshirish uchun savollar. 1.Eskiz deb nimaga aytiladi?





  1. Bosh ko‘rinish va boshqa kerakli tasvirlarni qanday aniqlanadi? 3.Eskizni bajarish bosqichlarini sanab o‘ting.



Mavzu: PАYVАND BIRIKMАLАRINING CHIZMАDА TАSVIRLАNISHI

Reja:


  1. Payvand birikmalar.

  2. Payvand birikma choklarining shartli tasvirlanishi

    1. Payvand birikmalar.

Ikki yoki undan ortiq detaldan payvandlash yo‘l i bilan hosil qilingan ajralmas birikma payvand birikma deb ataladi. Detallarning birikish joyida elektr yoyi yoki gaz alangasida suyuqlanib qotgan metall payvand chok hosil qiladi. Detallarning payvand birikmalari quyidagi ikki usulda: suyuqlantirib payvandlash
va bosim ostida payvandlash usullarida bajarilishi mumkin. Sanoatda suyuqlantirib payvandlash usulidan keng kulamda foydalaniladi. Suyuqlantirib payvandlash: elektr yoyi, elektr shlak, gaz, gaz-elektrik, elektronlar nuri va termik usulida payvandlash turlariga bo’linadi. Bulardan elektr yoyi bilan payvandlash usuli ko‘p qo’llanadi.



Payvandlanuvchi detallarning o’zaro vaziyatiga qarab, payvand birikmalar:


a) uchma-uch (1-shakl. a), burchakli (1-shakl, b), tavrsimon (1-shakl, v) va ustma- ust (1-shakl, g) turlarga bo’linadi. Bu choklarning harfiy-son belgilari 1-jadvalda keltirilgan. Payvand choklar uzunligiga qarab uzluksiz va nuqtali (1-shakl, d,ye), tashqi shakliga qarab esa qavariq, tekis va botiq bo’ladi. Payvand choklar bir yoqlama va ikki yoqlama qilib bajariladi.Payvandlashga tayyorlangan detallarning birikish joylari «Y» yoki «X» shaklida keltirilgan yohud kertilmagan bo’lishi mumkin. 2-jadvalda payvand birikma choklarining ayrim turlari, konstruktiv elementlari va harfiy belgilari keltirilgan.



    1. Payvand birikma choklarining shartli tasvirlanishi

Chizmada payvand birikma choklarini shartli tasvirlash usullari GOST 2,312-72 da ko’rsatilgan. Payvand birikma choklari ko’rinadigan choklar-asosiy tutash chiziqlar bilan (2-shakl); ko’rinmaydigan choklar – shtrix chiziqlar bilan (3- shakl) tasvirlanadi; ko’rinadigan nuqtali yakka payvand choklar “Q” belgi bilan tasvirlanadi (4-shakl ). Bu belgi asosiy tutash chiziq bilan chiziladi. Ko’rinmaydigan nuqtali choklar chizmada tasvirlanmaydi.Choklar ko’p qatorli bo’lishi mumkin. Ko’p katorli choklar kesimi tasvirida har bir qator kesimimning konturi alohida ajratib tasvirlanishi va ular alfavitining bosh harflari bilan belgilanishi zarur (5-shakl). Chizmada, nostandart chokning kundalang kesimi, uni zarur bo’lgan ulchamlari bilan tasvirlanadi (6-shakl). Chok asosiy tutash chiziqlar bilan chegaralanadi. Chok chegarasi ichidagi qirralarning konstruktiv elementlari esa ingichka tutash chiziqlar bilan chiziladi.





O‘z – o‘zini tekshirish uchun savollar. 1.Payvand birikmalar deganda nima tushunasiz 2.Payvand birikmalarini turlari sanab bering



    1. Payvand birikma choklarining shartli tasvirlanishi tushuntiring

Yüklə 7,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin