Termiz davlat universi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə7/19
tarix22.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#119711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
nnnnnnnnnnnnnnnnnnnnnn

5-rasm. Hindiston boygasi

Qorin tomoni oqish rangda, unda xollar yo‘q. Ikki yonidan qisilgan, ixcham va kelishgan gavdasining usti tangachalar bilan qoplangan, yag‘rinidagi tangachalari keng serbar, boshqa tangachalari esa kambar bo‘ladi.

14
Biologiyasi va ekologiyasi. O‘rta Osiyoda qumli va gilli sahrolarda,

chalacho‘llarda, daryo vodiylarida, jarliklarda, qurg‘oqchil o‘t-o‘simliklar butazorlarga ega tog'oldi hududlarida, bog‘larda, madaniy ekinlar yetishtiriladigan dalalar va aholi turar joylarida yashaydi. Kemiruvchilar inida, toshlar orasida va tuproqdagi kovaklar, teshiklarda hayot kechiradi. Tojikiston sharoitida martning birinchi kunlarida qishki uyqusidan uyg‘onadi. Yozgi davrda kechqurun va tunda ov qiladi, kunduz kunlari yashirinib yotadi. Qushlar va turli kaltakesaklar bilan oziqlanadi. O‘rta Osiyoda ko‘payish biologiyasi o‘rganilmagan. Hindiston sharoitida iyul yoki avgust oylarida kattaligi 30 mm keladigan 3-11 donagacha tuxum qo‘yadi. Bolalari sentabrda, oktabrda tuxumdan chiqadi. O‘ljasiga tashlanishdan oldin yoki ta’qib qilayotgan dushmaniga qarshi boshi bilan ko‘kragini ko‘tarib, kekkayib oladi. Shu holatda yon tomonlarga va oldinga hamda orqaga chayqalib turadi, dum va tanasini sakkiz raqamiga o‘xshash o‘rab, dumini tez silkitib turadi.


Tarqalishi. Sharqiy Eron, Pokiston, Afg‘oniston, Hindiston, Shri Lanka, janubiy Turkmanistonda, janubiy O‘zbekistonda, janubi-sharqiy Tojikistonda uchraydi.

Tur: A. blomhoffi Boie-Sharq qalqontumshuq iloni (Sharq bo‘shiloni)
Toshkent va Samardand viloyatidagi tog’larda va Qoraqalpog’istondagi tekisliklarda qalqontumshuq ilon yashaydi. Bu respublikamizda tarqalgan birdan-bir chinqiriq yoki shaqildoq ilondir. Bu oilaning ko'p vakillari Shimoliy va Markaziy Amerikada hamda Janubiy Amerikaning shimoliy rayonlarida yashaydi.
Tanasining uzunligi 68 sm gacha, dumi qisqa 4—8 sm bo'ladi. Ustida to'q rangli ko'ndalang dog’lari bor. Bu yo'llarning cheti o'rtasiga qaraganda ancha to'q rangli bo'ladi. Tanasining yonida ancha mayda va to'q rangli dog’lardan iborat uzunasiga ketgan yo'llari bor. Qorni och yoki to'q rangli mayda dog’li, ba'zan esa dog’siz bo'ladi.

15
Qalqontumshuqning tipik yashash joylari shimolda - gil tuproqli va qumli

cho'llardir. Janubda u baland tog’lardagi archazor o'rmonlarda va tosh uyumlari bo'ylab alp o'tloqlarigacha (3200 m va undan balandroq) uchraydi.


Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin