Sharq Uyg’onish davri madaniyati Reja



Yüklə 98 Kb.
səhifə1/5
tarix27.03.2023
ölçüsü98 Kb.
#90444
  1   2   3   4   5
1-mavzu sharq uyg\'onish davri madaniyati


Sharq Uyg’onish davri madaniyati

Reja:


  1. IX-XII asrlardagi Sharq Uyg’onish davri va uning asosiy omillari.

  2. Islom madaniyati.

  3. Sharq Uyg’onish davri allomalari ijodining jahon fani ravnaqidagi o’rni.




        1. IX-XII asrlardagi Sharq Uyg’onish davri va uning asosiy omillari

IX-XII asrlarda jahon sivilizatsiyasi tarixiy taraqqiyoti davomida birinchi bo’lib Sharq mo’’jizasi ro’y berdi. Huddi shu davrda qadimgi Sharq mintaqasiga mansub Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Хitoy, Markaziy Osiyo hududlari insoniyat sivilizatsiyasining ilk sarchashmalari sifatida shakllandi.


Bu jarayonda ko’p ming yillik tarixga ega bo’lgan, Sharqu g’arbni tutashtirgan, o’zaro madaniyat, dinu e’tiqod, urf-odat, udumu an’analar almashinuvini ta’minlagan Buyuk ipak yo’lining o’rni katta bo’ldi. Ko’xna Хitoy yurtidan boshlangan bu yo’l avvalo Sharq xalqlarini bir-biri bilan bog’lagan, ularning iqtisodiy, savdo-sotiq, madaniy-ma’naviy aloqalarini rivojlanishi, turmush tarzini boyishida sezilarli turtki bo’ldi. Sharq xalqlari, elatlarining tili, urf-odatlari, musiqasi, to’yu ma’rakalari, diniy rasm-rusumlaridagi o’xshashlik jihatlarining mavjudligi ham buni yaqqol isbot etadi.
Shuningdek, VII asrdan boshlab arab dunyosida islom bayrog’i ostida vujudga kelgan xalifalik davlati qisqa tarixiy davr ichida ko’pgina hududlarni egallab ularda nisbatan yagona iqtisodiy va madaniy-ma’naviy makon yaratishga muvaffaq bo’ldi. Bunday hollar Sharq Uyg’onish jarayoniga va ayniqsa arab dunyosi bilan tutashgan Markaziy Osiyo hududlariga ham jiddiy ta’sir ko’rsatdi.
IX-XII asrlar davomida xalifalik tasarrufidagi mamlakatlarda islomiy hamda dunyoviy madaniyatning yonma-yon rivojlanishiga keng yo’l ochildiki, bu hol oxir-oqibatda Sharq dunyosini ulkan o’zgarishlarga olib keldi.
Bu jarayonlarning kuchayishiga shu yurtlar hukmdorlarining o’z davrining donishmand, bilimdon, ilmparvar siymolari sifatida adolat, qonun ustuvorligiga amal qilib faoliyat yuritganligi ham ma’lum ma’noda turtki bergan. Buni xalifalik hukmdorlari sanalgan Хorun ar-Rashid, Ma’mun yoxud ona yurtimiz ma’rifatparvar hukmdorlari: Nasr, Ismoil Somoniylar, Mahmud G’aznaviy, Malikshox, Nizomulmulk, Jaloliddin Manguberdi, Amir Тemur, Mirzo Ulug’bek, Husayn Boyqaro, Bobur Mirzo va boshqalar timsolida aniq-ravshan ko’rishimiz mumkin.
Sharq Uyg’onish davri o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra quyidagi muhim omillar va hususiyatlari bilan yaqqol ajralib turadi:
1) madaniyatda dunyoviy bilimlar, islom axkomlari, aqidalarning rivojlanishi, ularning jamiyat va odamlar manfaatlari nuqtai nazaridan talqin etilishi;
2) turli davlatlar, xalqlarning (arab, eron, yunon, xind, turkiy va bosh.) madaniy meroslari, qadriyatlari, yutuqlari, ma’naviy boyliklaridan foydalanish zarurligi;
3) astronomiya, matematika, minerologiya, jug’rofiya, kimyo va boshqa tabiiy fanlar rivoji;
4) uslub (metodologiya)da ratsionalizm (oqilonalik), mantiqning ustuvorligi;
5) insoniy do’stlik, yuksak axloqiylik g’oyalarining targ’ib etilishi, komil inson shaxsini shakllantirib voyaga yetkazish;
6) falsafa va tarix fanlarining o’sishi;
7) adabiyot, musiqa, badiiy madaniyat, notiqlikning keng rivoj topishi;
8) bilimdonlik, donishmandlikning qomusiy tarzda keng e’tirof topishi va x.k.
Uyg’onish davrining bu asosiy omillari va xususiyatlari dunyoviy ilm-fanning rivojlanishi - bular, shubxasiz, bashariyat ma’naviyati yuksalishining muxim o’lchov mezonlari bo’lib xizmat qildi.
Sharq madaniy Uyg’onishining o’ziga xos muhim jihatlaridan biri shundaki, bu yuksalish jarayoni bir vao’tning o’zida xam xalifalik markazida va xamda uning Mag’ribu Mashriq tomonlarida (Ispaniya Andaluziyasi va Markaziy Osiyoda) birdek namoyon bo’ldi. Masalan: IX asr boshlarida xalifalik poytaxti Bag’dod bir vaqtning o’zida xam islomiy madaniyat va dunyoviy madaniyat, ilmu urfonning yirik markazlaridan biriga aylangandi. Хalifa Хorun ar-Rashid (766-809) davrida Bag’dodda tashkil etilgan “Bayt ul-Hikmat” (Donishmandlar uyi) – olimlarni birlashtirgan ilmiy muassasa xalifa Ma’mun (819-833) davrida yanada rivojlandi. Unda ko’p sonli qomusiy bilim soxiblari ilmu fanning turli-tuman soxalari bo’yicha yirik tadqiqotlar olib borganlar. Bu allomalarning talay qismi o’rta Osiyo namoyandalari bo’lganliklari esa biz uchun aloxida g’urur va e’tiborga arzirlidir.
Bu davr dunyoviy ilm-fanining yana bir muxim yutug’i shundaki, arab va ajam olimlarining katta sa’y-xarakatlari, izlanishlari tufayli yunon, lotin, misr, xind tillarida bitilgan son-sanoqsiz noyob ilmiy asarlar, qo’lyozmalar topilib, ular arab tiliga tarjima etildi va xayotga ijodiy tatbiq etila bordi.
Arab mag’ribi - Ispaniya Andaluziyasida ham Sharq Uyg’onishiga xos musulmon madaniyatining yuksak rivojlanganligi ko’zga tashlandi. Bu davr moddiy madaniyatining gultojisi - bu Grenada (Andaluziya poytaxti) tepaligida bunyod topgan Alxambra me’moriy obidalar majmuidir. Bu yerda qad rostlagan arku qasrlar, masjidlar, maqbaralar, inshootlar, ularning ichki va tashqi bezalishi, ularning peshtoqiga yuksak mahorat bilan bitilgan Qur’on surasiga oid xusnixat yozuvlari bu madaniyatning takrorlanmas namunalaridir. Amerikaning taniqli adibi Vashington Irving ham bu majmuidan olgan xayratini o’z asari «Algambra»da batafsil bayon etgani tasodifiy emasdir. Bu zamin hududlarining qulay jug’rofiy mintaqa, Buyuk ipak yo’lining muhim chorraxalarida joylashganligi, uning g’arb bilan Sharqni bog’lashdagi alohida o’rni, qolaversa, ulug’ ajdodlarimizning bunyodkorlik, yaratuvchilik salohiyati - bular uning bag’rida asta-sekin xayratlanarli moddiy va ma’naviy o’zgarishlarni yuzaga chiqara bordi. Bu narsa dastavval, shaharlar hayotining o’sishida, savdo-sotiq, hunarmandchilik rivojida, musulmon madaniyatiga oid mahobatli inshootlar, minoralar, maqbaralar, saroylar qurilishida, ipak yo’li chorrahalari bo’ylab ko’plab karvonsaroylar, rabotu sardobalar (ularning qoldiqlari Malik, Mirzacho’l va boshqa joylarda ham uchraydi) bunyod etilishida yaqqol ko’rindi. Masalan: birgina Хorazm vohasida X asrda 10 ta shahar mavjud bo’lgan bo’lsa, ХI asrga kelib ularning soni 40 taga yetadi. Buxoroning «qubbatul islom» - islom dinining gumbazi degan nomga, Samarqandning esa yer yuzining sayqali nomiga sazovor bo’lganligi fikrimiz dalilidir.
Тarixchi Abu Mansur As-Saolibiy (961-1038) ham Buxoro haqida mana bu so’zlarni bejiz aytmagan bo’lsa kerak: «Buxoro Somoniylar davridan boshlab, shon-shuxrat makoni, saltanat ka’basi va zamonasining ilg’or kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan hamda o’z davrining fozillari yig’ilgan joy edi».1
X asr ikkinchi yarmidan boshlab faoliyat yurita boshlagan Хorazm Ma’mun akademiyasi ham bu yurtning ilmu urfoni ravnaqida alohida o’rin tutdi.
Yurt obodonchiligi, mamlakat ravnaqi, qudratining yuksalishi davomida unda tabiiy ravishda ma’naviy madaniyat, ilm-fan rivoji xam jadal sur’atlar bilan ko’zga tashlanib bordiki, buning natijasida bu zamindan o’z elini shon-sharafga burkagan, dunyoga dovrug’ taratgan mashhur allomalar, ilm-fan yulduzlari yetishib chiqdilar.

Yüklə 98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin