Termiz davlat universi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə8/19
tarix22.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#119711
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
nnnnnnnnnnnnnnnnnnnnnn

6-rasm. Qalqontumshuq ilon – ancistrodon halys pall

Mirzacho'lda qishlagan qalqontumshuqlar fevralning oxiri — martning boshida qishlovdan chiqadi. Dastlabki kunlari ular o'zlari qishlab chiqqan kemiruvchilarning ini yonida isinadi. Issiq tushishi bilan tungi hayot tarziga o'tadi. Iyulning oxiri — avgustda urg’ochilari 160—190 mm li 1—20 ta bola tug’adi. Ular sekin o'sadi. Hayotining uchinchi yili jinsiy jihatdan voyaga yetadi. Belgilab qo'yilgan qalqontumshuqlar tabiatda 12—13 yildan keyin tutilgan edi. Balki ular bundan uzoq yashasa kerak.


Qalqontumshuqning chaqishi juda og’ritadi. Bunda odam shishib ketadi, issig’i ko'tariladi, ba'zan esa qorason kasalligi kuzatiladi. 10— 15 kundan keyin u tuzala boshlaydi.
Agar sizni zaharli ilon chaqsa, darhol jarohatni qo'lingiz bilan siqib chiqaring yoki og’zingiz bilan so'rib tashlang. Ilonning zahari so'lak ta'sirida qisman parchalanadi va odam og’zi orqali hech qachon, hatto buzilgan tishi bo'lgan taqdirda ham zaharlanishi mumkin emas. Qonni 5-8 minutdan ortiq so'rib yoki siqib chiqarish mumkin emas. Shundan keyin margansovka, sirka yoki sodali suvga ho'llangan bint yoki paxta bosish kerak. Jarohatlangan odam suv, limonad, sut, kofe ichishi, tarvuz yeyishi foydali. Jarohatni qizdirilgan temir bilan bosish

16
yoki kuchli spirtli ichimliklar ichish mumkin emas. Dastlabki chora-tadbirlar



ko'rilgandan keyin, iloji boricha tezroq zaharga qarshi zardob qabul qilish uchun vrachga borish lozim.
Zardob quyidagicha tayyorlanadi: ilonlardan olinadigan zahar maxsus pitomniklarda saqlanadi, quritiladi. Quruq cho'kma fiziologik eritmada eritiladi va otlarga yuboriladi. Bunda eritma dozasi oshirib boriladi. Hayvonda immunitet hosil qilinadi. Undan qon olinadi, qizil va oq qon tanachalari ajratiladi, plazma esa (shuning o'zi ilonga qarshi zardobdir) shisha ampulalarga solinadi. Ampulalarga solib kavsharlab qo'yilgan zardob ikki va undan ortiq yil saqlanishi mumkin. U ilon chaqqan odamning terisi ostiga yoki venasiga yuboriladi. O'z vaqtida yordam ko'rsatilganda ilon chaqqan odam ertasi kuniyoq tuzalib ketadi. O'zbekistonda tayyorlangan zardob boshqa shahar va qishloqlariga va chet el mamlakatlariga jo'natiladi. Sog’liqni saqlash ministrligiga qarashli Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy tekshirish instituti mamlakatimizdagi bu qimmatbaho preparatni yetkazib beruvchi yagona tashkilot bo'lib, har yili o'n minglab ampulalarda ilonga qarshi zardob jo'natadi.
Ilon zahari maxsus pitomniklar — serpentariylarda olinadi. Birinchi bunday tashkilot asrimizning boshida Braziliyadagi San-Paulu shahrida tashkil qilingan edi. Ilon zahari 1935-yili Toshkent hayvonot bog’ida B.V. Pestinskiy tashabbusi bilan ishlab chiqarila boshlangan edi. Birmuncha keyinroq Suxumida akademik E. N. Pavlovskiyning bevosita ishtiroki va rahbarligida serpentariy tashkil qilingan edi.
60-yillarning boshlarida ilon pitomniklari tashkil etish juda avj olgan edi. Zahardan faqat ilonga qarshi zardob va diagnostika preparatlari tayyorlashdagina foydalanib qolinmadi. Serpentariylar tarmoqlari va ularning mahsulotlari grammlar bilan emas, balki kilogrammlar bilan o'lchanadigan bo'ldi.
Zahar olish maqsadida Termizda, Uzoq Sharq qo'riqxonasida va boshqa joylarda ilonlar saqlanadigan bo'lindi.
Hozirgi vaqtda serpentariylar bir qator punktlarda ishlab turibdi. Shundan eng yirigi, yiliga bir necha kilogramm zahar beradigan Ozarbayjonning Apsheron

17
yarim orolida joylashgan bo'lib, Ozarbayjon Tabiatni qo'riqlash bo'yicha davlat



komitetiga qarashlidir. Unda bir necha mingta kavkaz kenja avlodining ko'lvor ilonlari bor. Ahamiyatiga ko'ra ikkinchi hisoblangan qo'riqxona Frunze shahrida joylashgan bo'lib, ovchilik boshqarmasining hayvonotchilik birlashmasiga bo'ysunadi. U yerda juda ko'p ilon turlari, ko'lvor ilon, kobra, oddiy qalqontumshuq, dasht qora iloni va boshqalar bor. hozirgi vaqtda serpentariy asosan oddiy qora ilondan zahar oladi. Moskva yaqinida shu birlashmaning o'ziga qarashli bitta pitomnigi bor, unda oddiy qora ilondan zahar olinadi. Toshkent atrofidagi pitomnikdan esa ko'lvor ilonning O'rta Osiyo kenja turkumidan zahar olinadi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin