Termiz davlat universi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə4/19
tarix22.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#119711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
nnnnnnnnnnnnnnnnnnnnnn

Morfologiyasi. Uzunligi 70-80 sm keladi. Urg‘ochilari erkaklaridan yirikroq bo‘ladi. Gavdasining usti to‘q kulrang bo‘lib, har xil shakldagi qoramtir xollar bilan qoplangan. Bo‘yiiming tepasida egri-bugri hoshiyasi mavjud. Tumshug‘ining chekkalari o‘tkirlashgan. Kamdan kam hollarda qora tusdagi individlari uchrab turadi.
Biologiyasi va ekologiyasi. Alp o‘tloqlarida, tog‘ va tog‘oldi hududlarda, dashtlarda, dengiz qirg‘oqlarida, butazorlarda, tog’larning qoyatoshlarida, o'tloqlarda, jarliklarda, sho‘ra o‘sib yotgan chalacho‘llarda yashaydi. Qalin o‘rmon va to‘qaylarda, botqoqliklarda umuman uchramaydi. Qozog‘istonning shuvoqlar o‘sib yotgan cho‘llarida 1 ga maydonda 12-18 ta individ uchrasa, Kavkazoldi hududlarida bu ko‘rsatkich 20-56 tani, Qora dengiz atrofi dashtlarida 50-60 tani tashkil qiladi. Ba’zan qishloq xo‘jalik ekinlari yetishtirilayotgan dalalar atrofidagi butazorlarda ham uchrab turadi. Qishki uyqusidan mart oxirlarida uyg‘onadi. Unga bahor erta kelgan yillari fevralning oxirlarida ham duch kelish mumkin. 0 ‘rta mintaqalarda aprelning ikkinchi yarmida qishki uyqudan uyg‘onadi. O‘zbekiston sharoitida bu ilon martda, hali havo uncha isimagan paytda, kunning ikkinchi yarmida, may oyida havo isiganda erta bilan, yozda kun qiziganda kechasi, kuzda esa tush vaqtida faol hayot kechiradi. Ochiq yerlarda qushlar kabi dushmanlaridan himoyalanish uchun pana joylarga yashirinadi. Cho‘l qora iloni yumronqoziq, qirsichqon kabi har xil kemiruvchilarning tashlandiq inlarida yashaydi. Kunduz kuni o‘tlar orasida yoki butalar orasida kulcha bo‘lib, ba’zan cho‘zilib yotadi. Ba’zan daladagi g‘aram qilingan o‘tlar ostiga kirib yotadi. Asosan kechasi ov qiladi. Chigirtkasimonlar, kaltakesaklar hamda sichqon, ko‘rsichqon, xomyak, dala sichqoni kabi kemiruvchilar, asosiy ozig'i hisoblansa-da, chug‘urchuq, dehqonchumchuq, to‘rg‘ay
kabi mayda qushlaming polaponlarini, baqa va sassiq baqalarni ham yeydi. Yosh bolalari o‘rgimchaksimonlar, chigirtkasimonlar, ba’zan mayda kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Mart va aprel oylarida juftlashadi. Bitta urg‘ochisi atrofida bir necha erkaklari to‘planishib,

11
o‘ziga xos «nikoh o‘yini» bo‘lib o‘tadi. Homiladorlik davri 90-130 kun davom



etadi. Iyulning oxirida va avgustning boshlarida 3 tadan to 17 tagacha tirik bola tug‘adi. Bu holat ayrim hududlarda avgustning boshlari va sentabr o‘rtalarida ham kuzatiladi. Yangi tug‘ilgan bolalarining uzunligi 130-145 mm, og‘irligi 3-3,5 gr keladi. Dasht qora iloni yoz davomida 4-5 marta tullaydi.


Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin