6 ma’ruza mavzu: mikroorganizmlar klassifikasiyasi. 1-bo’limning asosiy vakillari va xarakterli xususiyatlari reja



Yüklə 239,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix30.05.2022
ölçüsü239,39 Kb.
#60093
  1   2
6-maruza (1)



6 - MA’RUZA 
MAVZU: MIKROORGANIZMLAR KLASSIFIKASIYASI. 1-BO’LIMNING
ASOSIY VAKILLARI VA XARAKTERLI XUSUSIYATLARI 
REJA: 
1. Mikroorganizmlar sistematikasining asosiy prinsiplari 
2. Prokariotlar dunyosiga Bergi sistematikasi asosida umumiy xarakteristika berish 
3. Gracilicutas bo’limiga umumiy xarakteristika 
4. Scotobactrialarning xarakterli belgilarini bayon qilish. 
5 Anoxyphotobactcria sinfi va muhim vakillari. 
6. Fototrof purpursimon bakteriyalarga xarakteristika 
7. Yashil oltin bakteriyalar va uning muhim vakillari 
8. Sianobakterlarga umumiy xarakteristika va muhim vakillari 
TAYANCH IBORALAR: fiziologik, morfologik, ekologik kulturasi, 
Krasilnikov N.A., Leman, Neyman, Bergi, Sporaxema, aerob spiralsimon, 
grammanfiy, vergulsimon. azotobakter, tuganak bakteriyalar, shilimshiq 
bakteriyalar, ipsimon bakteriyalar, xlimidobakteriyalar, kurtaklanuvchi, 
rikketsiyalar, klamidiyalar. : purpursimon yashil bakteriyalar, fotosintez, 
kislorodsiz, bakterioxlorofill CO
2
, 2H
2
A, (CH
2
O), yashil oltin gugurt, 
sianobakter, peptidoglikan, xlorofill-a, fikosianin, fikoeritrin, Stoyner, nostok, 
anabena, geterosista, molekulyar azot, fiksasiya. 
Mikroorganizmlar yerdagi eng dastlabki tirik organizmlar bo’lib hisoblanadi. 
Bular 
yerda 
asosan 
bundan 

milliard 
yil 
oldin paydo bo’lgan. 
Mikroorganizmlarning kelib chiqishi va evolyusiyasi bu ancha murakkab 
tomondan biri hisoblanadi. Bu soxada ayrim ma’lumotlarga ko’ra 
mikroorganizmlar yerda birinchi paydo bo’lgan organizm hisoblansa, boshqalari 
esa mikroorganizmlar bu xujayrasiz, ya’ni arxebiontlar, fotobiontlar va 
protobiontlardan paydo bo’lgan deb tadqik qilinadi. Birinchi mikroorganizmlarni 
sistemaga solish bilan shug’ullangan davr bu morfologik davr bo’lib XVII-XVIII 


asrga to’g’ri keladi. Bunda faqat bir tomonlama solishtirib taqqoslab sistemaga 
sola boshlaganlar. Bunda mikroorganizmlar evolyusion nuqtai nazardan 
tekshirilmasdan ularning tashqi muhit faktorlarida o’zgarishini hisobga 
olmaganlar. 
XVIII asrlarda shved naturalisti Karl Linney mikroorganizmlarni ham 
sistemaga solishga kirishib u umumiy binar nomenklaturasiga binoan qushaloq 
nom bilan atashni tavsiya etadi. Ya’ni avlod va turning nomini birgalikda qo’shib 
aytish. Masalan,: sil kasalligini qo’zg’atuvchisi Mycobacterium tuberculosis. 
Keyinrok esa mikroorganizmlarni faqat morfologik belgilariga qarab emas, balki 
fiziologik, kultural belgilariga qarab sistemaga solish boshlandi. Shulardan 
S.N.Vinogradskiy, M.Beyerinkdir. N.A.Krasilnikov mikroorganizmlar gruppasini 
4 ta sinfga bo’lib o’rganadi: 
Actinoneycctes 
Bacterioc 
Myxobacterioc 
Sporochactoc 
Uning fikricha bu sinflarning har biri mazkur organizmlar evolyusion 
taraqqiyotining alohida etapi hisoblanadi. Boshqa tadqiqotchilar K.Leman, va 
R.Neymonlar 1896 yili dastlab ilmiy jihatdan asoslangan sistema ishlab chiqib 
barcha mikroblarni 3 ta oilaga ajratadi.
1. Coccaceae 
2. Bacteriaceae 
3. Spirillaceae 
Bu sistema ko’p vaqtlar mikrobiologiyada tan olinib keyinchalik o’z kuchini 
yo’qota borib, yangi sistema ishlab chiqarila boshlandi. Hozirgi vaktda barcha 
mikroorganizmlarni asosan 2 yunalish bilan o’rganiladi. 
1. Birinchi yo’nalishda barcha mikroorganizmlar bor umumiy filogenetik 
sistema asosida evolyusion nuqtai nazardan qon-qarindoshligini obyektiv 
hal qilishdan iborat 


2. Ikkinchi yunalish barcha mikroorganizmlarni praktik ahamiyati va 
moslashish belgilari va umum taksonomik birlikka ega bo’lishi kerak. 
Ancha haqiqatga yaqin sistematika bu amerikalik olimning, ya’ni 
D.X.Bergining 1923 yilda ishlab chiqqan sistematikasidir. Bu sistematikaning 
oxirgi nashrlari 1938-1974 yillar chiqib butun dunyo bakteriologlari tomonidan 
tasdiqlandi. Oxirgi sistematika bu nemis olimi Bergi D.X. (1984) ning tuzgan 9-
nashrida to’liq morfologik, fiziologik-biokimyoviy belgilariga qarab barcha 
mikroorganizmlar xujayra pustining to’qimasiga qarab 4 ta bo’limga o’rganadi. 
Asosan ularning hujayra qobig’ining tuzilishi hisobga olingan. 
Bo’lim Gracilicutos – yupqa po’stlilar 
Bo’lim Firmicutes –
Bo’lim Tenericutes – yumshoq 
Bo’lim Mendosicutes oshibochniy 
1. bo’lim Gracilicutos bo’limiga grammanfiy prokariotlar kirib yuqorida 
aytganimizdek bu bo’limning vakillarining xujayra tuzilishi yupqa bo’ladi va 
grammanfiy, qoq tayoqchasimon va ipsimon formalari bo’lib, bular oddiy 
bo’linish va kurtaklanib ko’payadi. Bu to’qima aerob, anaerob va fakultativ 
anaeroblari bo’lib, uning fototrof qiluvchi va fototrof qilmaydigan shakllari bor. 
Bu bo’lim 3 ta sinfga bo’linadi. 
1. Sinf Scotobacteria 
2. sinf Anoxyphotobacteria 
3. sinf Oxyphobacteria 
1 – sinf Scotobacteria – 10 ta gruppaga bo’lib o’rganiladi. 1- gruppa 
spiroxetalar. Bu gruppaga kiruvchi mikroorganizmlar 1 ta tartib va 2 ta oilaga 
ajratiladi. 1- tartib Spirochactales, 1 – oila Spirochacccoc. 2 – oila 
Zeptospiraccac. 
Spirochactaleslar 
tartibining 
vakillari 
tarqalgan 
joyi 
va 
oziqlanish 
xususiyatlariga qarab ham guruxlarga bo’linadi. Shuning uchun ham bular orasida 
erkin yashovchilari bo’lib, ko’lmak, sho’r suv, ayniqsa N 
2
S hayot kechiradilar. 
Ayrim vakillari esa turli xil dengiz hayvonlari, ya’ni mollyuskalarning oshqozon 


ichaklarida parazitlik qilib yashaydi. Ba’zilari o’rta patogen bo’lib, kishilarda 1. 
Qaytarlama tifni keltirib chiqaradi – Borrclla recurrcntis. 
3. Sifilis kasalini qo’zg’atuvchisidir – Trcponema pallidum. Sifilisni 
qo’zg’atuvchi spiroxetani oroxemani 1905 yilda Shaudin va Gofmonlar 
zaxm yarasidan topishgan.
2 gruppa aerob spiralsimon, grammanfiy vergulsimon bakteriyalar. 
Bu gruppaning bitta oilasi bor. Spirillaccoc bularning hammasi egilgan 
tayoqcha yoki spiralsimon bo’lib, hujayra pusti qattiq bo’lib u o’z shaklini 
o’zgartirmaydi. Buning harakatlanishi asosan hivchinlar yordamida bo’lib, uning 
tanasini anaerob va aerob va yarim aerob bo’lib, xemotrof, ya’ni turli xil oziqali 
muhitga joylashgan. Ba’zi xillari sintetik oziqali muhitda yashab tarkibida uglerod 
ammoniy va mineral modda ayrimlari murakkab oqsilli-peptonda o’sadi. Bu 
oilaning quyidagi avlodlari bor. 1. Aguaspirillus, 2. Spirillum, 3. Azopirillum, 4. 
Campylobactcr, 5. Bdcllovibrio. 
Aguaspirillus – azotfiksasiya qiladi 
Spirillum – bu avlodning vakillari saprofitlar bo’lib faqat iflos organik 
moddalarga boy bo’lgan suvlarda va o’simlik, hayvon chirindilarida hayot 
kechiradi. 
3. Azopirillum – avlodiga kiruvchi prokariotlarni birinchi marta 1963 yil 
G.Shtolp va M. Starr aniqlab uning vakili Bdcllovibrio bacteriovarus – yirtqich 
bakteriya deb nom beradi. Bu ancha qizio’ish uyg’otib bakteriyalarni xujayrasining 
ichida parazitlik qilib yashaydi. Bu grammanfiy mayda, egilgan tayoqcha 
shaklidagi kattaligi 0.25-0.4, 0.8-1.2 mkmdir. Bitta xivchindan iborat. Buning 
erkin yashovchi va paraziti bor. 
gruppa Grammanfiy aerob tayoqchasimon va kokksimon bakteriyalar.bu 
gruppaga kiruvchi bakteriyalarning 7 ta oilasi bo’lib, shundan 3 ta oila yerning 
unumdorligini oshirishda muhim rol o’ynadi. 1 oila Pscudomonodaccoc – 
bularning shakli bir xujayrali, egilgan tayoqchasimon, harakatchan bo’ladi. Tanada 
hivchinlar bor bo’lib shular yordamida harakatlanadi. Bu oilaning avlodi sifatida 
Pscudomonob – haqiqiy aerob bo’lib nuqul organik moddalar boy joylarda hayot 


kechiradi. Ayrim vakillari xemomitotrof bo’lib N va S ning oksidlanishidan shu 
hisobida ajralib chiqqan energiya hisobida oziqlanadi (faq. aerob). 
1. Pscudomonas deuirificans – nitratlarni tiklab undan N 
2
ni ajratib olib 
havoga chiqarib yuborishdir. Bu bakteriyalar bor joyda KNO
3
, NaNo
3
turlari kamayadi. 
2. Oila Asotobacteraccoc – yirik xujayrali mikroorganizmlar kirib hayotining 
turli fazalarida, ayniqsa ovqat kulturasi o’zgarganda o’z shaklini 
o’zgartiradi. 
1 – avlod. Azotobacter – sista hosil qiladi va molekulyar azotfiksasiya kila 
olish hususiyatiga ega bo’ladi. Bular mutloq aeroblar bo’lib, tuproqda, suvda va 
o’simliklarning tashqi yuzasida hayot kechiradi. Azotobakter 1-aerob 
mikroorganizmlardan biri bo’lib hisoblanadi va shuning uchun ham molekulyar 
azotni o’zlashtiradi. Azotobakterni laboratoriya sharoitida o’stirib qurilganda 
polimorfizmni ko’ramiz, ya’ni uning birinchi hujayrasida yadro molekulalarini 
yaxshi ko’rib hujayra tayoqchasimon, kok va shar shaklidagilarni ko’rish mumkin. 
Ayrimlarida xujayra bo’linganda ular bir-biridan ajralmay qo’shilib d-p – zanjir 
shakliga kiradi. Voyaga yetganlarida tinim davriga kelib usti sista bilan o’raladi, 
sista yo’g’on bo’lib makrokapsulasi bilan boshqalardan ajralib turadi. Buning eng 
muxim vakillaridan Azotobacter chcoococcum ni olish mumkin.
3 oila Rhizobiaccae – rizobiase.
Rhizobiaccae – oilasining vakillari ko’pincha psevdomonadalarga o’xshab ketadi, 
ammo bularga polimorfizm borligi bilan farqlanadi. Hamda o’simliklarni 
ildizlarida simbioz holda yashab u yerda o’simlik ildizini o’zgartirib turli hil 
shishlar va ildiz tuganaklarini hosil qiladi. Molekulyar azotni fiksasiya qilib shu 
yashaydigan o’simligiga to’plab boradi. Tuganak bakteriyalar o’simlik ildiziga 
asosan ildiz tuklari orqali yetib u yerda shiddat bilan ko’paya boshlaydi. Tuganak 
bakteriyalar avval hujayra tayoqchasimon tizimga ega bo’lib, kislorod bilan nafas 
oladi va molekulyar azotni shiddat bilan fiksasiya qila boshlaganda boshqa 
formaga o’tadi. Tuganak bakteriyalarning eng muhim harakterli xususiyatlaridan 
biri shuki ularning har birini alohida o’zi yashayotgan, ya’ni azotni fiksasiya 


qilayotgan o’z dukkakli o’simligi bo’ladi, bular o’rtasida kontakt bo’lib tuganak 
bakteriya o’simlikka azot yetkazib bersa, bakteriya o’simlikdan uglerodli 
birikmalar va mineral tuzlarni oladi. 
4 oila Entcrobacteriaccac harakatsiz va harakatchan, spora hosil qilmaydi, 
kislorodli 
ayrimlari 
yarim 
kislorodli 
nafas 
oluvchi 
tayoqchasimon 
mikroorganizmlar. Ayrim turlari tashqi tomondan kapsula hosil qiladi. Ba’zi turlari 
yashashi uchun ko’p ozuqali (kultura) muhit talab qilinadi. Energiya asosan nafas 
olishda yoki bijgishda olinadi. Bu oilaning vakillari asosan tabiatda erkin 
yashaydigan va patogen turlari mavjud. Saprofitlarning ichida yerda, ko’lmak
suvlarda va dengiz suvlarida turli hil hayvonlar va o’simliklarni chirishida 
qatnashadi. Patogenlari ko’pchilik hayvonlar - qushlar, baliqlar, sudralib 
yuruvchilar va odamning ichaklarida hayot kechiradi. Muhim ko’p o’rganilgan 
turlaridan biri bu Eschichia coli – bu bakteriya doimo hayvon va odamning 
ichaklaridan topish mumkin. Ko’pincha suvning iflosligi shu bilan o’lchanadi.
5 – oila Vibrionaccac – bular to’g’ri va egilgan tayoqcha shaklidagi bir xivchinli 
harakat bakteriyalar bo’lib, energiya manbai nafas olish va bijg’ish hizmat qiladi. 
Bundan keyin ohirgi ma’lumot turli hil kislotalar va gaz shaklidagi SO
2
, N 
2
ni 
hosil qiladi. Fakultativ anaeroblar bo’lib ko’lmak va dengiz suvlarida hayot 
kechiradi. Patogen vakillaridan Vibrio cholerac. 
5 – gruppa Grammanfiy anaerob, tayoqchasimon va spiralsimon bakteriyalar. Bu 
gruppa faqat bitta oila Bacteroidaccac si bo’lib u 3 ta avlodni birlashtiradi. 
Sem.Bacteroidacca – sporasiz tayoqchasimon nuqul kislorodsiz nafas oluvchi 
bakteriyalar kirib bular harakatsiz va harakatlanuvchi turlari uchraydi, bu oilaning 
3 ta avlodi bor. 
1 rod Bacteroidea 
2 rod Fusobacterium 
3 avlod Zcptotrichio 
Bu avlodlar bir-biri bilan bijg’ishda hosil bo’lgan ohirgi mahsuloti bilan 
xarakatlerlanadi. 


6 – gruppa Xemolitotrof grammanfiy bakteriyalar. Bu gruppaga kiruvchi 
bakteriyalar asosan energiyani tuproqdagi neorganik moddalar, ya’ni N, S, Fe, Mp 
ning oksidlanishi va qaytarilishi natijasida oladi. Bu organik moddalarni 
oksidlantirish xususiyatiga qarab guruxlarga bo’linadi.
7 – gruppa Shillikli bakteriyalar. Bu gruppa bakteriyalarga 2 ta tartib birlashadi. 1- 
tartib Myxobacteriales, 2-tartib Cytophagales. 
1 – tartib Myxobacteriales – bu meva tana hosil qilish bilan farqlanadi. Bular bir 
hujayrali bo’lib tashqi shilimshiqli modda bilan o’ralgan. Hujayra asosan o’rtadan 
to’siq bilan ajralib teng ikkiga bo’linib ko’payadi. Hujayra po’sti elastik bo’lib u 
tanani egib harakatga keltira oladi. Hamda sirg’ana oladi. Buning rivojlanish 
stadiyasida meva tana rangsiz aksincha yaxshi rangli bo’ladi. Bularning turli 
vakillarida ularning o’lchami va shakli har hil bo’ladi. Ana shu tana tinim davriga 
kiruvchi mikrospora hosil qiladi va mikrosistaga aylanadi. Ana shu mikrospora 
yoki mikrosista o’sib vegetativ tanaga aylanadi. Bularning xarakterli belgisi aktiv 
fermentlar ishlab chiqadi, bular mutloq aerob bo’lib, chirindilarda tuproq go’ng va 
o’simlik qoldiqlarini chiritadi. Xemoorganotrof. Buning yagona bitta avlodi 
Myxocaccus. 
1 – oila Cytophagales bu oilaning 6 ta avlodi bor. 
8 - gruppa Xlamidobakteriyalar. Buning tanasida qin yoki o’ram hosil qiladi. 
Bu gruppa ipsimon bakteriyalar kiradi va tashqi tomondan shilimshiq po’st bilan 
o’ralgan. Bular suvda erkin harakatlanadi yoki biror substartga o’rnashadi. Tashqi 
po’sti geteropolisaxarid yoki temir va marganesdan iborat bo’ladi. Hujayra ana shu 
po’sti ichida 2 ga bulina boshlaydi. Natijada ana shu shilimshiq po’st ichidan 
hivchinli bir hujayrali tayoqchasimon tana chiqadi. Tanadan chiqqan bir hujayrali 
tanada xivchinlar chiqarib shu hivchinlari yordamida harakatlanadi. Ayrim 
vakillarida hivchinlar bo’lmaydi va 1 ta hujayra aktiv harakat hosil qilmaydi. 
9 – gruppa Kurtaklanuvchi yoki qoya-tanali bakteriyalar. Bu gruppaning 17 
ta avlodi bor. Uning eng muhimlari Hephomicrobium, Pcdomicrobium, 
Caulobacter, Wallionclla va boshqalar. 


Fototrof bakteriyalar. Bu fototrof bakteriyalarga fotosintez qiluvchi bakteriyalar 
kirib bu bakteriyalarning hujayrasiga fotosintez pigmenti bakteriofill va 
karotinoidlar ishtirok etadi. Fotosintezda o’simliklardan kislorod ajralib chiqmaydi. 
Hozirgi vaqtda yorug’lik energiyasini kimyoviy energiyaga aylantirayotgan 5 
gruppa prokariotlar mavjud. Bu yorug’lik energiyasini kimyoviy energiyaga 
aylantirishda birdan bir modda bu hlorofill intensiv deb yuritilar edi. 1971 yildan 
boshlab ayrim galofil bakteriyalarda fotosintezda karotinoid pigmenti qatnashishi 
aniqlandi. Fotosintezda xlorofill ishtirok etishiga qarab 2-gruppaga bo’linadi. 
1. Fotosintezda molekulyar O
2
ajralib chiqadi – kislorodsiz fotosintez 
2. Fotosintezda kislorod ajralib chiqadi – kislorodli fotosintez. Shunday qilib 
kislorodsiz fotosintez qiluvchi bakteriyalar ham o’z navbatida 2 ta tartibga 
bo’linadi. 
1 – tartib Rhodospirillales – purpursimon bakteriyalar 
2 – tartib Chlorobialus – yashil bakteriyalar. 
1 – tartib Rhodospirillales o’z ichiga 2 ta oilani birlashtiradi 
1 – oila Rhodospirillacyeaye – oltingugurtsiz purpur bakteriyalar 
2 – oila Chomatiacyeaye – purpursimon oltingugurt bakteriyalar 
Purpursimon bakteriyalarning tuzilishi sferik, tayoqchasimon, egilgan va 
spiralsimon tuzilishga ega. Bular asosan 2 ga bo’linib ko’payadi yoki kurtaklanish 
yo’li bilan. Hujayra oltingugurt tomchilarini hosil qilish mumkin. Undan tashqari 
fototrof bakteriyalarda fotosintez pigmenti bakterioxlorofill va karotinoidlar 
bo’ladi. Fotosintezda SO
2
kattarishi uchun molekulyar vodorodni qabul qiladi uni 
asosan N
2
S dan oladi. Bular fotolitotrof bo’lib nuqul anaerob suv bakteriyalari 
hisoblanadi. Ularning kattaligi 1 mkm dan 20 mkm, diametri 0.3 dan 6 mkmni 
tashkil etadi. Purpursimon bakteriyalarning harakatlamaydigan va 
xarakatlanadigan vakillari mavjud. Harakatlanishi uchun bitta yoki bir nechta 
xivchinlar xizmat qiladi. Peritrixal tipdagi xivchinlarga Rhodomicrobium Vanniclli 
bularning ko’payishi asosan teng ikkiga bo’linib, kurtaklanadi. Bularning 
harakterli hususiyati shuki hujayra po’stida yaxshi taraqqiy etgan ichki 


sitoplazmatik fotosintetik membrana bo’lishi bilan ajralib turadi. Umuman bu 
bakteriyalarda fotosintez jarayonini quyidagi tenglama bilan ko’rsatish mumkin. 
SO
2
+ 2N
2
A - (SN
2
O) + N
2
O + 2 A 

2
A – ekzogen donor bunda turli xil organik moddalardan vodorodni oladi 
(SN
2
O) – SO
2
ning oksidlanishi natijasida hosil bo’lgan organik moddalarning 
xili. Bularning qo’yidagi turlari bor Rhodospirillum, Rhodomicrobium, 
Chromatium, Thiocapsa 
2 – tartib Chlorobiales yashil bakteriyalar bular o’ziga ikkita oilani birlashtiradi.
1 – oila Chlorobiacyeaye – yashil oltingugurt bakteriyalar 
2 – Chloroflczacyeaye
Ko’p vaqtlar davomida yashil bakteriyalarni yashil va ko’k suv o’simliklariga 
qo’shib o’rganilgan. Bularni bakteriyalar ekanligini birinchi marta 
S.N.Vinogradskiy, keyinchalik Kvan Nil ochib bergan. Ohirgi vaqtda bu 
bakteriyalarning ko’plab turlari topilgan. Bu bakteriyalar ham kislorodsiz 
fotosintez qilib CO
2
ning oksidlanishi uchun H
2
S va S xizmat qiladi. Nuqul 
anaerob. 
3 – sinf Oxyphotobactyeria bu sinfning vakillari asosan fotosintez qilganda 
molekulyar kislorod ajralib chiqadi. Bu sinf asosan 2 ta tartibga bo’linadi. 
1 – tartib Cyanobacteriales – sianobakteriyalar 
2 – tartib Prochlorales – proxlorofitlar 
Sianobakteriyalar (ko’k yashil suv o’simliklari) gramm manfiy prokariotli 
organizmlar bo’lib, bularning xujayra qobig’i ko’p qavatliligi bo’lishi bilan 
farqlanadi, hujayrasining po’sti ostida peptidoglikan qavatidan iborat. Bularning 
fotosintez pigmenti-xlorofill, allofikosianin, fikosianin va fikoeritrin. Hujayra bilan 
qoplangan bo’lib, shu yordamida sirg’anib harakatlanadi (hivchinsiz). 
Sianobakteriyalar bir hujayrali, ko’p hujayrali va koloniyali bo’ladi. 
Sianobakteriyalar oddiy bo’linish, kurtaklanish, ayrimlari geterosista hosil qilish 
yo’li bilan ko’payadi. Sianobakteriyalarning hozirgi vaqtda 1000 dan ortiq turi 
mavjud. Ko’plari nam yerlardagi, chuchuk suvlarda va boshqa substratga o’rnashib 
yashaydi 130 dan oshiq turi molekulyar azotni fiksasiya qiladi. 70 yillarda 


R.Steyner va uning ishchilari toksiligium sianobakterlar o’sishini ko’plab ishlab 
ularni 5 ta katta gruppaga va 20 dan ortiq avlodga bo’lib o’rganadi. 
1 – gruppaga kiruvchilar bir xujayrali sianobakterlar yoki xujayralari birikib 
koloniya shakliga kiradi. Bularning xarakterli belgisi shuki tashqi tomondan qin 
bilan o’ralgan va koloniyani tashkil etadi (Wlocobacter, Wlococapsa). Ayrimlari 
qin bilan o’ralmasdan xujayralar bitta bitta bo’linib joylashadi va oddiy bo’linib 
ko’payadi – Wbocobacter, Cyanobactcrium 
2 – gruppa bular ham bir hujayrali bo’lib, asosan hujayra ko’p 
bo’linadi.Hujayralar bo’linganda ular iplar bilan tutashib turadi. Bularning 
quyidagi turlari mavjud: 
1. Dermosarra 
2. Chroococcidiopsis 
3. Xenococcus 
4. Dermocarpclla 
5. Myxosarcina 
3 – gruppa oldingilaridan 3 va 5 gruppa shu bilan farq qiladiki bular ko’p 
xujayrali bo’lib, ipsimon formaga ega bo’lib unda tizim hosil bo’ladi. Ularning 
eng muhim vakillaridan Oscillariria va Pscudoanabacna limatica. 
4 – gruppaga kiruvchilar ipsimon bo’lib, bitta o’qda yotadi shoxlanmagan. 
Bularda geterosista hosil bo’lishi bilan harakterlanadi. Vakillaridan Anabacna, 
Nodularia va boshqalar. Ayrim vakillarida mahsus bo’linuvchi hujayralar 
gormogoniy hosil qilib ko’payadi. Nostos, Scytonema, Calothrix 
5 – gruppa vakili oldingisidan shu bilan farq qiladiki, buning hujayrasi 
interkolyar bo’linadi. Bular ham geterosista va gormogoniylar hosil qilib 
ko’payadi. Buning eng muhim vakillaridan Chlorogloeopsis, Ficshrella. 

Yüklə 239,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin