Termiz davlat universi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə15/19
tarix22.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#119711
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
nnnnnnnnnnnnnnnnnnnnnn

Tur: Vipera lebetina L.-Ko‘lvorilon

Ko'lvor ilon ancha yirik bo'ladi, yo'g’onligi odamning bilagidek keladi. Tanasining uzunligi 160 sm cha, dumi esa 20 sm dan ortiq emas. Eng og’ir ko'lvor ilonning massasi 3 kg cha keladi. Usti och yoki to'q kulrang, sarg’ish yoki jigarrang tusli. Naqshi xilma-xil cho'qqi-qirrasi bo'ylab yirikroq va gavdasining yon tomonlarida esa maydaroq dog’lari bo'ladi. Qorni och rangli bo'lib, ayrimlarida mayda nuqtalari bo'ladi.


O'zbekistonda Turkiston tog’ oldilarida (Xovos), Nurota, Zarafshon tizma tog’lari, Ko'hitang va Hisor tizma tog’lari etaklarida uchraydi. Bu ilon kobraga nisbatan ancha ko'p tarqalgan. Zarafshon tizma tog’i va Nurota tog’larining ba'zi joylarida bahorda kuniga beshtagacha, ba'zan esa undan ko'p ko'lvor ilonni uchratish mumkin.
Ko'lvor ilon tog’larda, tog’ oldilarida va tog’larning atroflaridagi vodiylarda yashaydi.
Qishloqlarda va tog’ etaklaridagi bog’larda, buloqlarning bo'yida, tog’lardagi tosh uyumlari orasida ko'p uchraydi.

9-rasm. Ko'lvor ilon - vipera lebetinal


Qiyaliklarning yoriqlari, toshlar orasidagi bo'sh joylar, kemiruvchilarning, tulki va qushlarning sog’ tuproqli jarliklardagi inlariga kirib yashirinadi.

27
Ko'lvor ilon qishlagandan keyin martda, baland tog’larda esa aprelda



chiqadi. Dastlabki kunlari ular kunduzi oftobda isinadi. Aprelning oxiri va mayning boshlarida quyosh botishi oldidan, bulutli kunlarda esa kunduzi ham ko'rinadi. Ko'lvor ilon may oyidan boshlab butun yoz bo'yi tunda aktiv hayot kechiradi.
Ozig’ini faqat yerda emas, balki daraxtlarda ham axtaradi. Asosan, mayda qushlar va kemiruvchilar, ba'zan kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Ko'lvor ilonlar ba'zan ancha yirik o'ljani ham tutib yeydi. Masalan, bitta ilonning qornidan ko'k kaptar topilgan, boshqasidan ikkita quyoncha, uchinchisidan kichik ko'lbuqa ham topilgan.
O'rta Osiyo respublikalarida ko'lvor ilon iyulda tuxum qo'yadi. Yosh ilonlar avgust-sentyabrda chiqadi. Uch yoshida jinsiy voyaga etadi. Tutqunlikda odatda uch yilcha yashaydi. Bir vaqtlar Riga hayvonot bog’ida ko'lvor ilon 17 yil yashagan.
Ilon odamga duch kelganda harakatsiz yotadi va ko'pincha uni oyoq yalang bosib oladilar. Ko'lvor ilonning chaqishi juda xavfli. Agar ilon chaqqan odamga o'z vaqtida meditsina yordami ko'rsatilmasa, u halok bo'lishi mumkin. Zahari qonga, jigarga ta'sir qiladi, shishirib yuboradi, terida binafsha rang qizil dog’lar ko'rinishida nuqtali qon quyilishi kuzatiladi. Ko'lvor ilonning zaharidan olinadigan zaharga qarshi zardob shu turkumga mansub boshqa ilonlar chaqqanda ishlatiladi.
Morfologiyasi. Yirik ilon bo‘lib, qorailonlar orasida eng kattasi hisoblanadi. Uzunligi 1,6 m, hatto 2 m keladigan vakillari ham uchraydi. Zahar tishlari 1,5 sm uzunlikda bo‘ladi. Boshi mayda tangachalar bilan qoplangan, naqshlari bo‘lmaydi. Gavdasining usti qizg‘ish, jigarrang yoki to‘q kulrang bo‘ladi. Ba’zan tanasi bir xil tusda bo‘lgan individlari uchrab turadi. Qorin tomoni oq rangda, unda juda ko‘p miqdorda mayda qora xalqachalari mavjud.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin