Inversiya metodi. Bu ijodiy vazifalarni yechimini izlab topishga
kutilmagan, yangi holatlarda g‘oyalarni yechimini topishga qaratilgan. Bu metod
muammolar yechimiga yangicha yondashish, eski qoliplardagi fikrlashlardan holi
ravishdagi insonni talab etadi. Yangicha sharoitda mantiqiy fikr yuritish. Yangicha
yechim topish, muammolar yechimini topishga, g‘oyalar tug‘ilishiga sabab bo‘ladi.
Eskicha fikr yuritishlarda muammo o‘z yechimini topmaydi. An’anaviy metod
muammoning yechimini topish vaziyatdan chiqishda tashqi tomondan qarashni
taqozo qiladi.
Inversiya metodi dualizm prinsipiga yoki qonuniyatiga asoslanadi. Fikr
yuritishda qarshi(to‘g‘ri va teskari) tomondan yondashuvni talab etadi. To‘g‘rirog‘i
ijodiy fikr yuritishni talab qiladi.
Tekshirilayotgan obyektga analiz va sintez, mantiqiy va intuitiv, sintetik va
dinamik xarakteristik tomondan, obyektga ichki va tashqi tomondan yondashuvni
talab etadi.Masala yechimiga konkret yoki abstrakt, real va fantastik, ajratib yoki
birlashtirib solishtirish orqali yechimlar topiladi.Ayrim masalalar, muammolar
yechimida quyidan yuqoriga qarab yechim qidirishga to‘g‘ri keladi.
Empotik metod. Empotiya (grekcha so‘z bo‘lib,
empateia - qayg‘urish )
ko‘pincha shaxsiy analog metodi ham deyiladi. Analog usulining o‘ziga xosligi
shundaki, bunda intuitiv va mantiqiy fikrlarning o‘zaro uchrashuvi (to‘qnashuvi)da
masala o‘z yechimini topadi. Analog keng ma’noni o‘z ichiga oladi. Analoglar o‘z
navbatida boshqa analoglarni aniqlashi mumkin, ular shakl, struktura, funksiya,
jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
Analoglarni aniqlashda yoki topishda ayrim hollarda giperbolitik usul
qo‘llaniladi. Masalan, o‘rganilayotgan obyektlarni, maktabni kattalashtirish yoki
kichiklashtirish, ularni qismlarga bo‘lish mumkin. Ijodiy vazifalar yechimini
topishda shaxsiy analogiyalar ancha qulay va yaxshi natijalar beradi. Uning
yechimida shaxsiy sezgirlik, his-tuyg‘ular jarayon yechimini tezlashtiradi. Demak,
empotik metod ijodiy faoliyatga suyanadi, o‘rganilayotgan obyektga nisbatan
shaxsiy qayg‘urish, ijodiy yondashish orqali muammo yechimini topishga olib
keladi. Ayniqsa, bu metod o‘quvchi-talabalar shaxsi tasavvurining rivojlanishiga
sabab bo‘ladi. Shu orqali ixtiro qilishga yoki ayrim holda o‘ziga xos original
yechimlar topishga olib keladi.