219
ta’limdan keyingi ta’lim to‘rtinchi
darajadagi, ya’ni ilmiy izlanish, stajor-
tadqiqotchilar tomonidan bilimni egallash va davom ettiriladi.Undan keyingi ta’lim
esa “beshikdan qabrgacha”, ya’ni “umr bo‘yi uzluksiz” ta’lim davom etadi.
Shuni yodda saqlash kerakki, ijodkor yaratuvchi shaxsni, malakali
mutaxassisni
tarbiyalash-fanga
ma’lum bo‘lgan bilimlarning o‘zinigina
o‘zlashtirish bilan kifoyalanmay, olingan bilimlar zamirida yangi bilimlarni kashf
etishlari bilan muhimdir. Bunga yorqin misol, ulug‘ allomalarimiz Muso al-
Xorazmiy matematika fanining asoschisi, al-Farg‘oniyning turli fanlarga tegishli
buyuk kashfiyotlari, al-Farobiyning (70 dan ortiq tillarda erkin so‘zlashgan) tovush
tezligi, chastotasi, moddiyat, issiqlik, harakat,
optikaga oid kashfiyotlari, Abu
Rayhon Beruniyning (qomusiy olim) mineralogiya, geodeziya, jo‘g‘rofiya,
falakiyot (astronomiya), tarix, tilshunoslik, falsafa va boshqa fanlar rivojiga
qo‘shgan katta hissasi, Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” va boshqa asrlari,
Ulug‘bekning “Zijji Ko‘ragoniy”, “Tarixi arba ulus” (To‘rt ulus tarixi) asarlari
hozirda ham mamlakatimizda va ko‘plab Yevropa mamlakatlarida o‘qib
o‘rganilmoqda. Ularning kashfiyotlari butun jahon xalqlarining umummulkiga
aylangan. Bu shundan darak beradiki, allomalarimiz o‘z davrida mavjud bilimlarni
chuqur va puxta o‘rganib, o‘zlashtirib qolmay, ular o‘z ishlariga izlanuvchanlik va
ijodkorlik bilan yondoshib, juda ko‘plab kashfiyotlar qilganlar. Shuning uchun
yangilangan didaktikaning vazifasi faqatgina fanga ma’lum bo‘lgan bilimlarning
o‘zini o‘rgatish, uni takrorlash bilan cheklanmay,
ularning ijodiy, tanqidiy va
yaratuvchanlikruhida ish yuritishlariga zamin yaratib bormoqdan iborat.
Hozirgi zamon ta’limining bosh va asosiy vazifasi o‘quvchi-talabalarning
intelektual
darajasini,
yaratuvchanligini,
ijodkorligini,
izlanuvchanligini
takomillashtirish orqali ularni yangi bilimlarni olish, yaratishga ruhlantirishga
qaratilmog`i kerak. Ma’lumotlarga qaraganda (yoshlar psixologiyasiga ko‘ra) olti
yoshgacha bo‘lgan bolalar 40% iste’dod potensialiga ega ekanlar. Bolalar eng
kichik yoshdanoq ijodkorlik, yaratuvchanlikka juda moyil bo‘lar ekan. Agar shu
davrda u bilan olib borilayotgan ta’lim jarayoniga faqat an’anaviy ta’lim asosida
yondoshilsa, undagi ijodkorlikka moyillik so‘nib boradi.
O‘quv-biluv ijodkorlikka yo‘naltirilsa-uning faolligi, yaratuvchanlik
qobiliyati oshib boradi. Masalan:
1.Ijodkorlik asosida ish yuritishda faqatgina ob’ektning o‘zi bilangina
cheklanmay, ya’ni sub’ekt (o‘quvchi- talaba)ning ijodkorligi, moyilligi, ehtiyojiga
qarab ish tutilsa, ijobiy natijalar beradi, ya’ni ijodkorlikka yoshlikdan o‘rgatish
mumkin va zarur.
2.Umuman ulug‘ kashfiyot namoyondalari
fikrlash algoritmini yaxshi
o‘zlashtirganlar, atroflicha bilimga ega bo‘lganlar. Ular, asosan, evristik metod va
usullarni yaratganlar, shular asosida ijodkorlik namunalarini namoyon qilganlar.
Create
lotincha so‘z bo‘lib-yaratuvchanlik, ijodkorlik degan ma’noni beradi.
Yaratuvchanlik va ijodkorlik metodlarini yaratishni, o‘rgatishni kreativ
pedagogika o‘rgatadi.
Agar ta’lim jarayoni o‘quvchi-talabalar faolligiga asoslangan muammoli,
dasturlangan, loyihalar jadallashtirilgan holda kechsa, u holda kreativ yo‘nalishga
220
ega bo‘lib, o‘quvchi-talabalarning faolligi tufayli u yangilik, ijodkorlik sari
yetaklaydi.
Ijodkorlik va madaniyatlilik o‘quv faoliyatida doimiy tizimli kechsa, u
ijodkorlik sari boradi. Shuning uchun ham o‘quv jarayonidan tashqari vaqtda
“ilmiy texnik ijodkorlik asoslari” yoki “ texnik loyihalash ijodiy asarlari” va
boshqa ilmiy izlanish yo‘nalishidagi to‘garaklar tashkil etilsa, o‘quvchi-
talabalarning loyihalash ijodkorligi oshib boradi. Shuning uchun ham o‘quvchi-
talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli va maqsadli yo‘naltirish, ularning kelgusida
kasbiy mahoratli, ijodkor bo‘lib yetishishiga sabab bo‘ladi. Tarixan ta’lim ikki
madaniyat yo‘nalishida rivojlangan, taraqqiy etgan. Birinchisi, gumanitar- badiiy
yo‘nalishda bo‘lsa, ikkinchisi ilmiy va texnika yo‘nalishi. Shu sababli texnik ijodiy
rivojlanish konsepsiyasida texnika ta’limini insonparvarlashtirish
va nazariy
muhitda rivojlanishning asosi qilib olingan. Aniq fanlarning ham rivojlanishini
texnika taraqqiyoti va axborot informatsion texnologiyalar bilan chambarchas
bog‘lash yaxshi natijalar bermoqda.Ta’lim bilan bog‘liq har qanday faoliyat
loyihalashtirish asosida kechsa:
3.Dizayn bilan bog‘lashda yaxshi natijalarga olib keladi. Shuning uchun kreativ
pedagogika shu loyihalashtirishga asoslangan bo‘ladi. Hozir texnik jihatdan katta
o‘sish, o‘zgarishlar davri.
4.O‘z navbatida, ta’lim jarayoni oldiga vazifalar qo‘ymoqda, ta’lim oluvchi olgan
bilimlarini o‘zlashtirib, ko‘paytirib borishdan tashqari, o‘quv-biluv jarayonida
qo‘shimcha bilimlar berish orqali ijodiy yondashuvga moyilliklari ortib boradi.
5.Ta’limni olib boruvchi- o‘quv jarayonini olib boruvchi, o‘quvchi- talabalar o‘quv
jarayonining faol ishtirokchisi o‘quv-biluv mas’uliyatini o‘z bo‘yniga oluvchi
hamdir.
6.Ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish, innovatsiyalar, ilg‘or texnologiyalar ,
yangi o‘quv obyektlari o‘quvchi-talabalarning tafakkurini abstrakt fikrlash, ijodiy
fikrlar yuritishga olib keladi.
7. O‘quv jarayonini algoritmlash, loyihalash, modullashtirish o‘quvchi-
talabalarning o‘quv jarayoniga bo‘lgan shaxsiy mas’uliyatini oshiradi.
Ularda motivatsiyaning kuchayishi orqali qo‘shimcha ma’lumotlar olish
asosida o‘z bilimini boyitib borish ehtiyojini tug‘diradi.
Xullas, o‘quv jarayonini kreativ yo‘naltirish uchun:
1.O‘quv jarayoni o‘quv materialini berib borish, boshqa qiziqarli qo‘shimcha
materiallarni taklif etish va o‘quvchi-talabalarni izlanishga, ijodkorlikka
yo‘naltiruvchi material asosida ularni o‘z ehtiyoji, xohishi bilan yangilik sari
yetaklash.
2.O‘quv jarayonini ham shunday o‘zgartirish kerakki, o‘quvchi-talabalar o‘quv
materiallarining yaratuvchisiga aylanib, berilgan o‘quv materiali o‘sha
yaratuvchilikka xizmat qiladi.
3. O‘quv materiallariga yangi qo‘shimchalar kiritish orqali evristik strategiya,
taktika, metod va usullar taklif etish orqali o‘quvchi-talabalarning ijodiy fikrlashga
bo‘lgan qiziqishini oshirish kerak.
221
Umuman, talabalar faoliyatida yaratuvchanlik, ijodiy fikrlar har qanday
muammoni,
vazifani, loyihani yechishda sermahsul jarayon hisoblanadi. Shunday
ekan, o‘quv jarayonida talabalar mustaqil ravishda masalaning yechimiga intilsa,
o‘qituvchi muammoli vaziyatni o‘z vaqtida tashkil etsa, talabalarda sekin-asta
ko‘nikma va malaka shakllana boradi.
Dostları ilə paylaş: