210
fan - texnika yutuqlariga asoslanib, ilmiy - texnik axborotlardan keng foydalangan
holda o‘quv dasturlarini muntazam yangilab borish taqozo etiladi.
2. O‘quv jarayonini qulaylashtirish lozim. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchining
kam kuch sarflab maqsadga erishuvi, o‘qitish uchun qulay sharoit yaratish ko‘zda
tutiladi.
3. O‘qitishda yangi vositalar,
faol usullar,ta’limiy materiallar ta’limning
ilmiyligini oshiradi va bu jarayon rivojlantirib, takomillashtirilib boriladi. Ilmiy
tadqiqotlarning natijalari amaliyotga joriy etib borilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
4. O‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro hamjihatligi ta’minlangan bo‘lishi
kerak. O‘qituvchi o‘quv jarayonida amaliyotchi konstruktor sifatida faoliyat
ko‘rsatishi, ta’lim
maqsadini aniq tasavvur etishi, dars mazmunini chuqur bilishi,
o‘qitish texnikasi va usullarini yaxshi egallagan, o‘qitish jarayoni uchun zaruriy
shart - sharoit yarata olgan bo‘lishi va uni amalga oshirishi lozim.
5. Ta’limda yangi pedagogik texnologiyalar, axborot va o‘qitish
vositalaridan
ayniqsa kompyuterdan, elektron aloqa, radio, televideniyadan
samarali foydalanish talab etiladi. Ular vositasida ta’limiy materiallar ishlab
chiqish yaxshi samara beradi.
6. O‘quv jarayonining samarasi uning moddiy texnika bazasiga bog‘liq
bo‘lib, maktab binosi hozirgi zamon talabiga javob berishi, shovqindan holi, iqlim
sharoiti hisobga olingan, yorug‘, zarur mebellar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
7. O‘quv tarbiya jarayonini sifatini baholash pedagogik texnologiyaning o‘z
oldiga qo‘ygan ijtimoiy maqsadidir. Baholashning
reyting - test tizimi,
o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini tekshirishda yangi avtomatlashtirilgan
nazorat vositalaridan foydalanish asosiy yo‘nalish bo‘lishi kerak.
Yangi pedagogik texnologiyani joriy etishda quyidagi uch omilni hisobga
olish lozim:
1. Ijtimoiy muhit, jamiyat, oila, maktab, ularning o‘quvchi
ongiga
intellektual ta’siri:
2. Pedagogik jamoaning pedagogik faoliyati, ularning saviyasini o‘rganish;
3. O‘quvchilarning individual xususiyatlarini o‘rganish, aqliy rivoji,
qobiliyati, moyilliklari, bilish jarayonining xususiyatlari, bilim saviyasi kabi ta’lim
samaradorligini aniqlovchi omillarni aniqlashda ham kompyuterlardan foydalanish
yaxshi samara beradi. Ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga
olish, o‘quv materialining qiyinchilik darajasini aniqlash o‘qitish usullarining eng
samaralisini tanlash imkonini beradi.