Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author


 Geografiya o‘qitishda masofaviy ta’lim metodi



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   149


 
8.9. Geografiya o‘qitishda masofaviy ta’lim metodi 
 
Masofaviy ta’lim mohiyati.
Zamonaviy sharoitda axborot-kommunikatsion 
texnologiyalarning tezkor rivojlanishi ta’lim jarayonida ularning imkoniyatlaridan 
foydalanish uchun qulay sharoitni vujudga keltirdi. Ayni paytda yetakchi xorijiy 


225 
mamlakatlar masofadan o‘qitish borasida boy tajriba to‘plagan. O‘zbekiston 
sharoitida mustaqillik yillarida ta’limning bu turini qo‘llashga jiddiy e’tibor 
qaratilmoqda. 
Manbalarda “masofaviy ta’lim” tushunchasiga berilgan ta’riflarga tayangan 
holda atamani quyidagicha ta’riflash mumkin: 
Masofaviy ta’lim texnologiyasi 1969-yilda Angliya premer-ministri 
G.Vilson tashabbusiga ko‘ra shakllantirilgan deb hisoblanadi. Ammo masofadan 
o‘qitish ancha oldinroq, ya’ni birinchi barqaror, muntazam pochta aloqasining 
shakllanish davrida yuzaga kelgan. 1858-yildan boshlab London universitetida 
barcha xohlovchilarga ularning mustaqil bilim olishlari, barcha ixtisosliklar va 
barcha sohalardagi akademik daraja uchun imtihon topshirishlariga ruxsat etilgan. 
1938-yildan buyon Sirtqi ta’lim bo‘yicha Xalqaro Kengash nomi bilan mashhur 
xalqaro ta’lim tashkilotlari sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. 
O‘tgan asrning 90-yillari o‘rtalarida Angliyada 40 ga yaqin ana shunday 
turdagi ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, ularga har yili 65 ming kishi 
o‘qish uchun ariza berishgan. Yangi pedagogik texnologiya ta’lim oluvchilarga 
qulay vaqtda o‘qishlari uchun katta imkoniyatlar yaratib berdi. 
Ochiq universitetlardagi o‘qish harajatlari an’anaviy institutlarda o‘qitishga 
qaraganda 8-10 marta arzon. Masalan, Angliyada turg‘un o‘qishga 3000, 
masofaviy o‘qitish orqali bilim olishga esa atigi 300 funt sterling to‘lanadi. 
Binolarga xizmat ko‘rsatish, jihozlar va laboratoriya uchun harajatlar, o‘qituvchi, 
ma’muriyatlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar shtati qisqaradi. Ta’lim 
oluvchilarga filiallar tarmog‘i, telestudiya va kompyuter tarmog‘i orqali 
maslahatlar beriladi. Angliyada o‘quvchilarni tayyorlash dasturi 130 ta kursni o‘z 
ichiga qamrab oladi, ularning ko‘plari fanlararo bog‘lanish xususiyatiga ega. 
AQShda shunga o‘xshash o‘qitish tizimi o‘tgan asrning 60-yillarning 
o‘rtalarida qo‘llanila boshlagan. O‘sha paytlarda yaqin joylashgan korporatsiya 
ishchilari uchun o‘quv kurslarini ba’zi muhandislik kollejlari televidenie orqali 
taqdim etgan. 1948 yildan boshlab, masofaviy ta’lim dasturlari Milliy texnologik 
universitet ta’limiga moslashtirilgan. Ko‘p yillar davomida “Edent” ta’lim 
tarmog‘idan foydalanib kelingan. Individual kompyuterlar orqali barcha darajadagi 
ta’lim muassasalari tarmog‘iga ulanish imkoniyati mavjud. Bugungi kunda 
AQShda masofadan o‘qitish dasturi bo‘yicha bir milliondan ortiq talaba ta’lim 
oladi. Ular o‘quv kurslarini Ommaviy teleeshittirish tizimi orqali qabul qiladilar. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin