Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author


Sinetik metod. Sinetika- (turli elementlarni birlashtirkvchi)



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   149


Sinetik metod. Sinetika- (turli elementlarni birlashtirkvchi)
metodi 
ijodkorlik faoliyatini rag‘batlantirish uchun alohida sharoit, muhit yaratadi, 


224 
kutilmaganda yangi analoglarning va assosatsiyachning tug‘ilishi yoki yaratilishiga 
sabab bo‘ladi. 
Sinetik metod ishtirokchilari muammo bilan tanishtiriladi va jamoa bo‘lib 
ijodiy yechim topish mexanizmi tushuntiriladi. Uning yechimi bo‘yicha o‘quv 
tashkil etiladi. Uni ko‘pincha “operatsiya mexanizmi” deb ham atashadi. Unga 
to‘g‘ridan to‘g‘ri, shaxsiy va simvolik analoglar kiradi. Intuitsiya: tasavvur etish, 
assotsiativ fikrlash, original metodlarni qo‘llash va o‘yinli elementlar 
tushuntiriladi, o‘qitiladi va ularda fikrlarni uyg‘otishga muhit tug‘diriladi. 
Sinetik metod qo‘llashda avvaldan muammoni aniq (ijodiy topshiriq) 
berishdan chekinishga to‘g‘ri keladi. Chunki bunday holda masalaning yechimi 
biroz neytrallashishi kuzatiladi. 
Shu sababli muammoning ayrim belgilari tahlil etilib, asosiy muammo 
yechimi tomon boriladi. Ya’ni muammoni qayta shakllantirib, qidirish, izlash, 
muammoning yechimiga kiritiladi. 
Muammoni hamkorlik asosida qayta shakllantirish yaxshi natijalar beradi. 
Ya’ni yechim uchun tanlanayotgan muammo va g‘oya ijodiy guruh 
rahbarining shaxsiy sifati va kasbiy mahoratiga bog‘liq. Rahbar, ya’ni o‘qituvchi 
savolni ustalik bilan ketma-ket bera olishi, replikalar qilishi, aniqliklar va 
tushunchalar berib borishi kerak. 
Qisqa qilib aytganda, o‘qituvchining vazifasi ishtirokchilarning faol 
qatnashishi, o‘ylashlariga, ularni qo‘zg‘ata olishga ijodiy, qulay sharoit yaratish. 
Evristik ta’lim metodini o‘quv jarayoniga tatbiq etish orqali dars sifati va 
samaradorligini oshirishda nimalarga erishish mumkin. 
-Evristika asosidagi ta’lim o‘quvchi talabalar shaxsiga yo‘naltirilgan, 
o‘quvchi-talabalarning o‘zini shaxsan izlanishi, o‘rganishi, o‘ylantirishiga 
asoslangan, unda qidirish orqali ongli o‘zlashtirishga olib keladi. 
-O‘quvchi-talabalarni ijodiy fikrlashga, muammolarni topish orqali 
intelektual salohiyatini oshirishga olib keladi. 
-O‘quv fanidagi tayyor ma’lumotlarni olib qolmay, uni individual ishlash 
orqali o‘quv materiali (mahsuloti)ni olish va o‘z kuchiga suyanib ish tutishini 
shakllantiradi. 
-Olayotgan bilimlari, tushuncha, malakalari darajasi yuqori sifatga ega 
bo‘ladi. Dastur va Davlat ta’lim standartlarini to‘la o‘zlashtirishi kafolatlanadi. 
-O‘quv jarayoni o‘quvchi –talabalarni shaxsan o‘zi qatnashish, o‘z kuchiga 
ishonch, o‘z-o‘zini realizatsiya qilish, o‘zini-o‘zi rivojlantirish, o‘z o‘quv 
faoliyatiga tanqidiy yondashishga o‘rgatadi. 
-Ilmiy izlanishga, mustaqil fikr yuritishga, o‘zining mustaqil pozitsiyasiga 
ega shaxs sifatida shakllanishga olib keladi. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin