Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   149


Masofaviy ta’lim 
– muayyan nuqtadan axborot-kommunikatsiya 
vositalari (video, audio, kompyuter, multimedia, radio, televidenie va b.) 
yordamida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, ta’limiy mahsulotlarni tarqatish 
yetkazib berishdan an’anaviy hamda innovatsion shakl, metod, vositalarga 
asoslangan holda ta’lim resurslaridan foydalanishga yo‘naltirilgan ta’lim. 


226 
O‘qish dasturlari fan, biznes va boshqarishning turli sohalari bo‘yicha kurslarni 
taqdim etadi. Bunda o‘quv kurslari Yerning sun’iy yo‘ldoshi orqali butun 
mamlakat bo‘ylab va boshqa davlatlarga ham to‘rtta o‘quv tarmog‘i (kanali) orqali 
uzatiladi. 
Yevropada masofadan o‘qitish XX asrning 70-yillar boshlarida jadal 
rivojlana boshlandi. Bu jarayon bir qator ochiq universitetlarning rivojlanishi bilan 
bog‘liq. Bugungi kunda Yevropaning har bir mamlakatida masofadan o‘qitishni 
joriy etgan ta’lim muassasalarining soni tobora ortib bormoqda. AQSh, Kanada, 
Angliya, Germaniya va Fransiya mamlakatlarining yetakchi oliy o‘quv yurtlari 
o‘zlarining telekommunikatsiya tizimi yoki kompyuter tarmog‘iga ega. Yangi 
axborot texnologiyalari mintaqaviy uyushmalarda ko‘proq qo‘llaniladi: ochiq 
universitetlarning Osiyo uyushmasi, masofadan o‘qitishni rivojlantirish bo‘yicha 
Lotin Amerika hamkorlik tarmog‘i, Ochiq universitetlarning Yevropa uyushmasi 
va boshqalar. 
Yetakchi xorijiy mamlakatlarda qo‘llanilayotgan masofaviy ta’lim 
metodlari.
Hozirda rivojlangan xorijiy mamlakatlarda masofaviy ta’limning 
quyidagi medellari (YUNESKO, 2000 yil) amal qilmoqda (rasm): 
 
9 chizma
. Masofaviy ta’limning yetakchi modellari. 
Quyidagi ushbu modellarning mohiyati ochib boriladi: 
1.
Birlamchi model
bu faqat masofaviy ta’limni tashkil etishga xizmat 
qiladi; unga ko‘ra ta’limning kunduzgi shakli zarur bo‘lmaydi; ta’lim barcha 
holatlarda masofadan tashkil etiladi; o‘qituvchi va ta’lim oluvchilar o‘quv 
faoliyatining shakl, metod va vositalarini erkinlik tanlash huquqiga ega; vaqt va 
Yetakchi modellar 
Birlamchi model 
Aralash model 
Franchayzing 
Uzoqlashtirilgan
auditoriyalar 
Ikkilamchi model 
Konsorsium 
Validatsiya 
Loyihalar 


227 
o‘quv jadvallariga qat’iy chegaralar qo‘yilmaydi, hududiy markazlar tashkil etilgan 
bo‘lib, ularda ta’lim oluvchilar o‘qituvchilardan maslahat olish, yakuniy 
imtihonlarni topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi; Buyuk Britaniyaning Ochiq 
universiteti (United Kingdom Open University) ana shu model asosida faoliyat 
ko‘rsatadi.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin