222
-xosila beruvchi jarayonlarni o‘rganish. Unda kechadigan o‘ziga xos psixologik
kechinmalarni o‘rganish va bilish. Insonning evristik faoliyati yoki elementlari
orqali real vaziyatni ajrata olish va uni xotirada saqlash;
-evristik faoliyatni yuritish uchun (model) sharoitini yaratish prinsiplarini
o‘rganish;
-evristik faoliyatni yuritish, tashkil etish uchun vaziyatni modellashtirish;
-evristik faoliyatni yuritish uchun maqsadga yo‘nalgan evristik tizimni,
qonuniyatlarni shakllantirish va yaratish;
-evristik faoliyatni joriy etish qonuniyatlarini amalga oshirish uchun texnik jihozlar
konstruksiyasini yaratish.
Evristika fani sifatida o‘z kotegoriyasi,
evristik faoliyat, evristik elementlar
apparati, evristik tizim, evristik strategiya, evristik metod,
evristik qoida, evristik
yo‘l kabilarni o‘z ichiga oladi.
Evristik metodlar va ulardan foydalanish yo‘nalishlari:
-ma’lum qonuniyat va prinsiplarga suyanadi.
-g‘oyani muammoligi va optimalligi (masalaning yechimidagi bosh, optimal
g‘oya);
-axborotni bo‘lim, bloklarga taqsimlash (maqsad, vazifalar yechimidagi ketma-ket
kichik yo‘nalishlarni yechishga yo‘naltirilganlik).
Bunday metodlarda tashkil etilgan mashg‘ulotlar shu bilan ajralib turadiki, u
istalgan muammoni yechishda shaxsni ijodiy yondashuvga, intuitiv fikrlashga olib
keladi. Lekin bu metod har doim ham g‘oyalar yechimida absolyut yutuqlarni olib
kelavermaydi.
Evristik metodlarning turlari quyidagilar:
Dostları ilə paylaş: