Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   149


VI bosqich. 
Bir vaqtda o‘rganiladigan modul (fan)lar sonidan kelib chiqqan 
holda o‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzish. Bunda asosiy e’tibor bir vaqtda 
o‘qitiladigan modul (fan)lar sonini inobatga olish asosida ular o‘rtasida o‘zaro 
izchillik, tizimlilik va uzviylikni ta’minlashga erishish nazarda tutiladi. Modul 
(fan)larni o‘qitishda ular uchun ajratilgan soatlarning o‘zaro qorishtirib yuborilishi 
maqsadga muvofiqdir. 
 
VII bosqich. 
Modul tizimi tamoyillari asosida o‘qitish jarayonini 
loyihalashtirish. Mazkur bosqichda modul ta’limi tamoyillari asosida o‘qitish 
jarayonini loyihalashtirish muhim sanaladi. Loyihalashtirish o‘quv rejasida 
belgilangan soatlar hajmidan kelib chiqqan holda modullar ularga tegishli 
mavzular bo‘yicha mualliflik (kichik hajmdagi) dastur, ma’ruza matni, tezis, 
referat, izohli lug‘at, mini ma’lumotnoma, texnologik model, texnologik xarita va 
b. kabilar asosida loyihalashtiriladi. 

chizma. Modul ta’limiga o‘tish bosqichlari
O‘quv modul (fan)larini ularga taalluqli mavzular bo‘yicha o‘quv 
jarayonining loyihalashtirilishi belgilangan ta’limiy maqsadga erishish yo‘lida 
Asosiy bosqichlar 
Har bir modulning 
o‘zlashtirilishini nazorat etish 
O‘quv maqsadlariga erishilishni 
baholash 
Makromodul 
fanlari o‘rtasidagi 
maqbul ketma-
ketlik va o‘rganish 
muddatlarini 
belgilash 
Makromodul 
fanlarining o‘quv 
dasturlari orasida 
o‘zaro bog‘liqlikni 
ta’minlash 
O‘quv rejasidagi 
fanlarni 
makromodullarga 
ajratish 
Modul mohiyatini 
yorituvchi didaktik 
materialni 
tayyorlash 
Modul ta’limi 
tamoyillari asosida 
o‘qitish 
Fan modullarini 
shakllantirish 


209 
amaliy harakatning tartibli, tizimli amalga oshirilishini ta’minlaydi. Yuqorida 
bayon etilgan fikrlarga tayanib aytish mumkinki, ta’lim muassasalarida modul 
ta’limiga o‘tish jarayonining umumiy mohiyati sxema asosida quyidagicha 
namoyon bo‘ladi. 
Shunday qilib, zamonaviy sharoitda ta’limning shaxsga yo‘naltirilishi, uning 
ichki imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishi muhim ahamiyat 
kasb etmoqda. Shu sababli so‘nggi asr mobaynida yetakchi xorijiy mamlakatlarda 
ta’lim mazmunining ana shunday xususiyat kasb etishiga alohida e’tibor qaratildi. 
Ana shu e’tibor natijasida bosqichma-bosqich, tizimli tarzda shaxsning ichki 
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqishiga yordam beradigan ta’lim turlari va ularning 
mohiyatini 
yoritishga 
yo‘naltirilgan 
texnologiyalar 
yaratildi. 
Shaxsga 
yo‘naltirilgan ta’limdan o‘ndan ortiq turi mavjud bo‘lib, ularning har bir o‘ziga xos 
amaliy-didaktik xarakterga ega. Ular orasida innovatsion ta’lim va uning 
mohiyatini 
yorituvchi 
texnologiyalar 
mavjud 
sharoitda 
ham 
ta’lim 
ishtirokchilarining 
e’tiborini tortmoqda. Binobarin, innovatsion ta’lim 
texnologiyalari ta’lim jarayonining alohida qismlarini ham qiziqarli, o‘ziga xos 
tashkil etilishini ta’minlaydi. Bu esa talabalarda o‘quv fani asoslarini 
o‘zlashtirishga rag‘batni yuzaga keltiradi, ularning o‘quv-bilish faoliyatini 
faollashtiradi. Natijada ta’limning sifati yaxshilanib, samaradorligi ortadi. Shu 
sababli mavjud sharoitda OTM bakalavr yo‘nalishida ta’lim jarayonining 
innovatsion xarakter kasb etishini ta’minlay olishlari maqsadga muvofiq sanaladi. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin