Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author


 Geografiya darslarida muammoli ta’lim metodi



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   149


8.6 Geografiya darslarida muammoli ta’lim metodi 
Ta’lim maqsad va vazifalariga ko‘ra muammoli va an’anaviy bo‘lishi 
mumkin. 
Agar ta’lim muasasasi o‘z oldiga talabalarning fikrlash qobiliyatlari
ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishni bosh maqsad qilib olsa,unda pedagogik 
jamoaning muammoli ta’lim metodi asosida faoliyat yuritishi va malakalarini 
shakllantirishi zarur. Shuningdek, o‘quv- tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, 
ta’lim jarayoniga va o‘quv-biluv jarayoniga “muammoli o‘qitish”didaktikasini 
joriy etib borish asosiy ish jarayoniga aylanmog‘i kerak. Muammoli ta’lim metodi 
ta’lim-tarbiya jarayonini faollashtirish talabalarning o‘quv-biluv jarayoniga 
ehtiyoji qiziqishi, xohishini orttirishga sabab bo‘ladi. Agar o‘qituvchi muammoli 
ta’lim metodining mazmun-mohiyatini yaxshi o‘zlashtirib olsa, o‘quv jarayonining 
shakli va metodlarini, texnik jihatdan jihozlanishni amalda qo‘llay olsa u o‘z-
o‘zidan muvaffaqiyat keltiradi. 
O‘qituvchining didaktik jihatdan yaxshi tayyorgarligi juda muhimdir. 
Chunki muammoli ta’lim metodining nazariy va amaliy jihatlarini atroflicha 
o‘rganish–o‘quv jarayonini san’at darajasiga olib chiqish demakdir, u o‘z 
navbatida talabalarning ta’lim mazmunini to‘la o‘zlashtirib olishiga kafolatdir. 
Muammoli ta’lim metodini muvaffaqiyatli kechish shartlari quyidagilardan 
iborat: 
1.O‘quv materialini muammolashtirish. 
2.Talabalarning faolligini tashkil etish. 
3.O‘qitishning talabalar hayoti, turmush tarzi, mehnati o‘yin bilan aloqasi. 
Muammoli vaziyatlarni yaratish usullari: 
1.O‘qituvchi talabalarni ziddiyat holatiga keltiradi va o‘zlaricha yechimini 
topishni taklif qiladi. 
2.Amaliy faoliyatdagi ziddiyatlar to‘qnashuvini vujudga keltiradi. 
3.Bir savolning o‘ziga har xil fikrlarni bildiradi. 
4.Hodisani har xil pozitsiyadan ko‘rib chiqishni taklif qiladi. 
5.Taqqoslashga, umumlashtirishga, xulosalar chiqarishga undaydi. 
6.Aniq savollar qo‘yadi, yechimini so‘raydi. 
7.Muammoli topshiriqlarni qo‘yib, yechimini so‘raydi. 
Muammoli ta’lim metodining nazariy asoslari shuni ko‘rsatadiki, ta’lim 
muasasalari oldida turgan bosh maqsad talabalarni har tomonlama barkamol avlod 
bo‘lib rivojlanishini ta’minlashdan iborat. Talaba shaxsini har tomonlama 
rivojlanishini ko‘rsatuvchi asosiy omil uning yuqori darajada mustaqil fikrlay 
olishida namoyon bo‘ladi. 
Agar muammoli ta’lim metodi talabalarni mustaqil fikr yurita olishga 
o‘rgatsa, unday ta’limni rivojlantirishga asoslangan o‘quv-biluv jarayoni deb qabul 
qilish mumkin. 


215 
Talabalarni mustaqil fikrlashga yo‘naltirilgan maxsus vositalarni qo‘llab, uni 
fanga qiziqtirish, erkin fikrlashga o‘rgatish, rivojlantirish tizimi yaratib borilsa, 
buni muammoli ta’lim deyish mumkin. Talabalarni faollashtirishda samarali 
metod, usullarni an’anaviy ta’limni amalga oshirishda didaktik yondashuv asosida 
olib borilishi deb tushuntiradilar. Talabalarning aqliy fikrlashlarini tayyor mavjud 
bo‘lgan yo‘llar bilan o‘stirish maqsadga erishishning oddiy usuli bo‘lib, u 
ijodkorlikka, izlanuvchanlikka olib kelmaydi. Muammoli ta’lim jarayonida 
o‘quvchi-talabalar tahlillar asosida qo‘llash, sintez qilish,umumlashtirish, faktik 
materialni aniqlashtirish, o‘zi mustaqil yangi axborotni oladi. Boshqacha aytganda 
, bu bilimni kengaytirish, chuqurlashtirishni ilgari olgan, o‘zlashtirgan bilimlari 
asosida o‘zlashtirish, qo‘llay bilishdan iborat. Olgan bilimlarini yangicha 
qo‘llashda o‘qituvchi qo‘llanma, darslikdan tayyor holda bermaydi, u o‘quvchi-
talabalar tomonidan mustaqil izlab topiladi. Mana shu holat izlanuvchanlik, 
sinchkovlik metodida ishlash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Aqliy izlanish- juda 
murakkab jarayon, u asosan muammoli vaziyat vujudga keltirilganda , aniq 
muammolar kuchaygandagina vujudga keladi. Agar o‘qituvchi topshiriq berib, uni 
qanday bajarish yo‘lini aytib, uni bajarishga undasa, bu muammoni yechishga 
kirmaydi. Bu o‘quvchi- talabalarni tanho yechimga o‘rgatadi, xolos. 
O‘quvchi-talabalarni haqiqiy faollashtirish, ularni muammoni mustaqil 
ftkrlash, nazariy, amaliy tomonlarini hisobga olish, tahlil orqali muammo 
yechimini o‘zi o‘ylagandek yakun toptirishga olib kelishi kerak. Muammoli ta’lim 
metodi an’anaviy ta’limdan o‘zining maqsad, prinsip,metodlari, vazifalari jihatdan 
keskin farq qiladi.An’anaviy ta’limning bosh maqsadi ilgaritdan fanga ma’lum 
bilimlarni o‘zlashtirish, o‘quvchi – talabalarni fan haqida ma’lum ma’lumot bilan 
qurollantirish, ularda tushuncha va malakalar hosil qilishdan iborat. 
Muammoli ta’lim metodi darajalari bosqichlari:
Birinchi bosqichda o‘qituvchi muammoni to‘liq yoritadi va uni yechimini 
topib beradi, qarshi savollar yordamida o‘quvchi-talabalarni fikrlashga ixtiyoriy 
majbur etadi. 
Ikkinchi bosqichda o‘qituvchi muammoni qo‘yib, uning mazmunini 
ifodalaydi. Keyin o‘quvchi-talabalarni muammo yechimini mustaqil izohlashga 
yo‘naltiradi. 
Uchinchi bosqichda o‘qituvchi muammoni bayon etmaydi, balki muammoli 
vaziyat yaratadi.O‘quvchi-talabalar mustaqil fikr yuritib, muammoli vaziyatdan 
chiqish yo‘llarini izlab topadilar. 
To‘rtinchi bosqichda o‘qituvchi izlanish sohasini belgilaydi, xolos, 
muammoga yaqinlashib boradi, lekin uning mazmuni va yechimini ko‘rsatmaydi. 
O‘quvchi-talabalar mustaqil faoliyatga yo‘naltiriladi. 
Muammoli ta’lim metodida o‘qituvchi o‘quvchi-talabalarni murakkab 
tushunchalar mazmuni bilan tanishtirish jarayonida sistemali ravishda muammolar 
qo‘yib boradi, o‘quvchi-talabalarga axborot beradi, o‘quvchi-talabalar mustaqil 
ravishda xulosalar chiqaradi, umumlashtiradi va o‘qituvchi yordamida ma’lum 
tushunchalar, qoidalar, xulosalar chiqaradilar. 


216 
O‘qitish shunday holatki, o‘qituvchi o‘z faoliyatida ta’lim mazmunini bayon 
qilishda qator muammoli vaziyatlarni yuzaga keltiradi. Bir vaqtda shu yangi 
bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida muammoni hal etishga undaydi. Muammo ilmiy 
bilishni rivojlantirish zarurligini ifodalashning subyektiv shaklidir. U muammoli 
vaziyatda, ya’ni jamiyat rivojlanish jarayonida bilish va bilmaslik o‘rtasida 
obyektiv ravishda vujudga keladigan vaziyat. Muammoli o‘qish o‘quvchi-talabalar 
o‘quv-biluv jarayonida muammoli vaziyatni tahlil etish, sintez qilish, 
umumlashtirish asosida uning yechimi bo‘yicha takliflar, gipotezalar keltiradilar, 
qarashlarning to‘g‘riligini isbotlashga harakat qiladilar. Muammoli vaziyat- bu 
insonning intelektual qiyinchilikda paydo bo‘lgan vaziyatdan chiqish jarayoni , 
bunda ma’lum va noma’lum faktlarga suyanib, maqsad sari intilish, vaziyatdan 
chiqa olishga intilish,qiziqishlar orqali ijodkorlikka, maxsulot olishga yo‘l ochadi. 
Psixologlar tomonidan muammoli vaziyatdan chiqishda sermaxsul ishlay 
olish, chiqa olish ketma-ketligi aniqlangan.U quyidagicha ko‘rinishga ega: 
Muammoli vaziyat-----------muammo--------uning yechimini izlab topish-----
-----muammoning yechimi. 
Muammoli vaziyatlardan aqliy harakat orqali chiqish ketma-ketligi bir 
qancha bosqichlardan iborat: 
-muammoning vujudga kelishi; 
-qiyinchilik nimadan iboratligini tushunib olish; 
-uning yechimi yo‘llarini qidirib topish, bunda yechim bo‘yicha fikr, 
takliflarni keltirish, isbotlash; 
-taxminlarni isbotlash; 
-muammo yechimining to‘g‘riligini tekshirish. 
Muammoli ta’limning umumfunksiyalari: 
-bilimlar tizimining o‘quvchi-talabalar tomonidan o‘zlashtirib olinishi va 
aqliy-amaliy, ijodiy yechimlar faoliyati; 
-mustaqil ravishda bilimga ega bo‘lgan qiziqishlarning ortishi , o‘quvchi-
talabalarning ijodiy qobiliyatlarining o‘sishi; 
-o‘quvchi-talabalarda dunyoqarashning shakllanishi va rivojlanishi. 
Muammoli ta’limning o‘ziga xos funksiyalari: 
-ta’lim oluvchilarning ijodiy fikrlashi orqali bilimlarni o‘zlashtirishi 
shakllanadi (ayrim mantiqiy va ijodiy fikrlash faoliyatlarining shakllanishi); 
-olgan bilim, malakalarini hayotda qo‘llay olishlari shakllanadi (olgan 
bilimlarini yangi sharoitda qo‘llay olishlari), o‘quv muammolariga mustaqil yo‘l 
ochish ko‘nikmalarihosil bo‘ladi. 
- ijodiy fikrlash tajribalari shakllanadi, ilmiy metodlar asosida izlanishga 
o‘rganadilar, ularni amalda qo‘llaydilar. 
Ilmiy izlanish tajriba-sinovlar, pedagogik amaliyotlar shuni ko‘rsatadiki, 
muammoli vaziyatlarni hamma o‘quv amaliyotlariga nisbatan quyidagi tiplarga 
bo‘lish mumkin: 
Birinchi tip. 


217 
Agar o‘quvchi-talabalar oldiga vazifalar qo‘yilib, qo‘yilgan masalalarga 
hayotdan o‘quv materiali asosida javob talab qilinsa, muammoli vaziyat kelib 
chiqadi. 
Ikkinchi tip. 
O‘quvchi-talabalar ilgarigi darslarda olgan bilimlarini yangi mavzuni 
o‘zlashtirish vaqtida qo‘llash zarurligiga uchrab qolsalar. Yangi mavzuning 
yechimi ilgarigi olgan bilimlarini o‘zlashtirganliklarini talab etib, vaziyatdan chiqa 
olmay qolsalar. 
Uchinchi tip. 
Muammoli vaziyatlarni shunday holatlarda ham uchratish mumkinki, 
o‘rganilgan nazariy bilimlar yechimida mavzuni o‘rganish amaliy yechimlarga 
mos kelmasa. 
To‘rtinchi tip. 
Muammoli vaziyat shunday hollarda ham uchrashi mumkinki, o‘quv 
topshirig‘ini amalda bajarish uchun o‘qituvchida isbot, nazariy asos bo‘lmasa. 
Muammoli o‘qitish metodlari: 
1.Mavzuni muammoli bayon etish jarayonida pedagog mustaqil ravishda 
muammoli vaziyatni vujudga keltiradi va uning mustaqil yechimini qidiradi, 
topadi. 
2. Pedagog mustaqil ravishda muammoni qo‘yadi, ammo uning yechimini 
o‘quvchi-talabalarni jalb qilgan holda hamkorlikda izlaydilar, yechimini topadilar, 
xulosalaydilar. 
3.Pedagog o‘quv jarayonida o‘quvchi-talabalar oldiga 
muammoni 
qo‘yadi.O‘quvchi-talabalar uni izlaydilar, axborot almashadilar, qayta ishlab, 
o‘zlarining ishtiroklaridagina yechimini topadilar. 
4. Muammoli vaziyat o‘quvchi-talabalarning o‘zlari tomonidan vujudga 
keltiriladi.Uning yechimini boshqa o‘quvchi-talabalar izlanish, yangicha fikrlash 
orqali topadilar, o‘zaro yechim qidiradilar.O‘qituvchi yo‘llanma, ma’qullash orqali 
passiv ishtirok etadi. 
Muammoli ta’lim sohasida ilmiy – tadqiqot olib borgan M.I.Maxmudov, 
M.N.Skatkin, A.M.Matyugikven, I.Ya.Lerner, J.Yo‘ldoshev kabi olimlarning 
xulosalariga ko‘ra quyidagi metodlarni keltirish mumkin: 
-
tushuntirish, namoyish etish; 
-
-reproduktiv; 
-
muammoli bayon etish; 
-
ilmiy izlanishli metodlari mavjud. 
Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, ta’lim sifati va 
samaradorligini oshirishda muammoli o‘qitish metodlari juda zarur va kerak. 
Chunki muammoli ta’lim metodi talabalarni izlanishga, ijodkorlikka, erkin 
fikrlashga o‘rgatadi. O‘quvchi-talabalarda bunday sifatlarning shakllanishi o‘quv –
biluv mas’uliyatini oshiradi, mustaqil bilim olish uning kundalik, odatiy holatiga 
aylanadi. Bu esa ta’lim mazmunini, yangi dastur va Davlat ta’lim standartlari 
(DTS)ni o‘zlashtirib olishga kafolat bo‘ladi. 


218 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin